Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

2016-yil 4-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (630kb, PDF)

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 1 yanvar holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1776,8 ming kishini tashkil qildi va yil boshidan 29961 kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi.

Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-dekabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:


Kishi

Har 1000 kishiga


2015 y.

2016 y.1)

o‘sish,
kamayish (-)

2015 y.

2016 y.1)







Tug‘ilganlar

39543

39254

-289

22,8

22,3

O‘lganlar

7855

8117

262

4,5

4,6

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

1000 tug‘ilgan bolalarga nisbatan

563

570

7

14.2

14,3

Tabiiy o‘sish

31688

31137

-551

18,3

17,7

Nikohlar

16192

14931

-1261

9,4

8,5

Ajralishlar

996

1153

157

0,6

0,7


1) dastlabki ma’lumot


Tug‘ilish darajasi. 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida tug‘ilganlar soni 39254 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (39543 kishi) nisbatan 289 taga kamaydi. Tug‘ilish koeffitsienti mos ravishda 22,3 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (22,8 promille) nisbatan 0,5 promillega kamaydi.

Tug‘ilish darajasining kamayishi viloyatning Bog‘ot tumanida (23,5 dan 22,6 promillega), Kushkupir  tumanida (23,8 dan 22,6 promillega), Xiva tumanida (23,9 dan 22,9 promillega) kamayish kuzatildi.

O‘lim darajasi. 2016 yilning yanvar-dekabrida o‘lganlar soni 8117 kishini tashkil qildi va 2015 yilning shu davriga (7855 kishi) nisbatan 262 taga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffitsienti 4,6 promilleni tashkil qildi (2015 yil yanvar-dekabrida  4,5 promille).

O‘lganlar sonining ko‘payishi Bog‘ot tumanida (4,2dan 4,8 promillega),  Gurlan  tumanida (4,2 dan 4,9 promillega), Shovot tumanida (4,0 dan 4,7 promillega) ko‘payish kuzatildi.

O‘lganlar umumiy sonidan 58,4 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 10,0 foizi - o‘sma kasalliklaridan, 5,2 foizi - ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan, 3,4 foizi - nafas olish organlari kasalliklaridan, 6,1 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan vafot etgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-dekabrida bir yoshga to‘lmagan 570 ta bolalar o‘limi kuzatildi. Bolalar o‘limi koeffitsienti 14,3 promilleni tashkil qildi (2015 yilning yanvar-dekabrida 14,2 promille).

Bir yoshgacha o‘lgan bolalarning umumiy sonidan 68,8 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 8,9 foizi – nafas olish organlari kasalliklaridan, 14,2 foizi – tug‘ma anomaliyalardan va 2,5 foizi infektsiya va parazitlar bilan kasallanganligi sababli vafot etgan.

Nikohlar va ajralishlar. 2016 yilning yanvar-dekabrida FHDYo organlarida 14931 ta nikohlar va 1153 ta ajralishlar ro‘yxatga olindi. Ming aholiga nisbatan 8,5 ta nikoh (2015 yilning tegishli davrida 9,4 ta) va 0,7 ta ajralishlar (2015 yilning tegishli davrida  0,6 ta) to‘g‘ri keladi.

Migratsiya. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida viloyat bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 6175 kishini, shu davr mobaynida ko‘chib ketganlar soni esa 7351 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig‘i minus 1176  kishiga (2015 yilning shu davrida - minus 433 kishi) teng bo‘ldi.

Eng katta minus qoldig‘lar Urganch shaxarda (minus 1247), Xazorasp tumanida ( minus 293 ), Bog‘ot tumanida (minus 119)  Gurlan tumanida (minus 122) kuzatildi.


 Aholining tabiiy harakati 2016 yil yanvar-dekabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:

  

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra,
2015 yilning yanvar-dekabr  oylariga nisbatan 101,8 foizga ko‘payib 987,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 55,5 foizini tashkil qildi.

Iqtisodiy faol aholi soni 728,2  ming kishini tashkil etdi va 2015 yilning shu davriga nisbatan 102,3  foizga ko‘paydi, shu jumladan 713,3  ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 97,9 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.

2016  yil yanvar-dekabr  oylarida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab  14,9 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2015 yilning shu davriga nisbatan  1,2 ming kishiga kamdir.

2016 yil yanvar-dekabrda bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab, 14,9 nafar fuqaro murojaat qildi. Ish qidirib murojaat etganlardan Urganch shaharda (2017 kishiga), Gurlan (1306 kishiga),Kushkupir (1338 kishiga), Xonqa (1705 kishiga) va Xiva (1714 kishiga), Shovot (1482 kishiga) to‘g‘ri keladi.

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlariga murojaat qilgan fuqarolardan 13707 nafari ishga joylashtirildi. Ayniqsa ushbu ko‘rsatkich Urganch shahrida (1810 kishiga), Qo‘shqo‘pir (1241 kishiga), Xonqa (1540 kishiga) va Shovot (1509 kishiga), tumanlarida yuqori darajada bo‘ldi.

Joriy yil mobaynida bandlikka ko‘maklashuvchi markazlarida ro‘yxatga olingan fuqarolardan 1501 nafari ishsizlik maqomini olgan.  

Bandlikka ko‘maklashuvchi markazlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi: