Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Kichik tadbirkorlik (biznes)

 2015-yil 3-kvartal statistik va tahliliy axborotlar  (804 kb)

2015 yil 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 10834 tani tashkil qildi. Joriy yilda yalpi xududiy mahsulotning 75,2 foizi kichik biznes sub’ektlari tomonidan (2014 yilning shu davrida 75,2 foiz)
Iqtisodiyotdagi jami ish bilan bandlarning 81,7 foizini (570,9 ming kishi) kichik tadbirkorlik sektorida band bo‘lganlar tashkil qildi. Kichik tadbirkorlikda band bo‘lganlarning 23,6 foizi (134,5 ming kishi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 113,7 foizga o‘sdi va 474949,2 mln. so‘mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining  31,4 (foizi) tashkil qildi.
Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy xajmining 54,6 foizi, qurilish ishlarining 79,5 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari yuk aylanmasi viloyat avtomobil transportida yuk tashishning 87,6 foizini, yo‘lovchi tashishning 93,1 foizini tashkil etdi.
Savdo aylanmasi umumiy hajmining 81,9 foizi yoki 1656300,1 mln. so‘mi (o‘sish 115,4 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish umumiy xajmining 50,9 foizi yoki 420593,4 mln. so‘mi (115,2 foizga o‘sgan) kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes sub’ektlari tashqi savdo aylanmasi viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmining 66,6 foizini tashkil qildi. Joriy yilda kichik biznes sub’ektlari tomonidan 48959,5 ming AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 52,4 foizi), miqdorida mahsulot eksport qilindi. Import 57366,4 ming AQSh dollari (umumiy importning 86,8 foizi)ni tashkil qildi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) umumiy xajmida, kichik tadbirkorlikning ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:


umumiy xajmga nisbatan foiz hisobida


2015 yilning yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiyot tarmoqlari mahsuloti (ish, xizmatlar) umumiy xajmida kichik tadbirkorlikning ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

Xo‘jalik yurituvchi
kichik tadbirkorlik sub’ektlari
mahsuloti (ish, xizmat) xajmi, mln.so‘m

Kichik tadbirkorlik mahsuloti
(ish, xizmat)
ulushi, % hisobida

 

 

 

Sanoat

474949,2

31,4

Qurilish

660060,6

79,5

Chakana savdo

1656300,1

81,9

Pullik xizmat

420593,4

50,9

Yuk tashish, mln. tn.

31,3

87,6

Yo‘lovchi tashish, mln. Kishi

286,6

93,1

Eksport, ming AQSH doll.

48959,5

52,4

Import, ming AQSH doll.

57366,4

86,8