Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 2015-yil 3-kvartal statistik va tahliliy axborotlar  (804 kb)

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 1 oktyabr  holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1736,9  ming kishini tashkil qilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 31,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi.

Aholining tabiiy harakati 2015 yilning yanvar-oktyabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:


 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2014y.

2015y9(*)

o‘sish,
kamayish (-)

2014y.

2015y.(*)

 

 

 

 

 

 

Tug‘ilganlar

27682

27101

-581

21,8

21,0

O‘lganlar

5543

5525

-18

4,4

4,3

Bir yoshgacha ulganlar

22139

21576

-563

17,4**

16,7**

Tabiiy o‘sish

423

391

-32

14,6

13,6

Nikohlar

11944

11606

-338

9,4

9,0

Ajralishlar

767

726

-41

0,6

0,6


 (kishi)

(*) Dastlabki ma’lumotlar

(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan

2015 yil yanvar-oktyabr oylari maboynida tug‘ilganlar soni 27101 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 21,8 promilledan 21,0 promillega kamaydi.

Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (21,0 dan 19,4 promillega), Xonqa tumanida (22,2 dan 20,9 promillega), Xiva tumanida (21,4 dan 20,7 promillega), Yangiarik tumanida (20,7 dan 19,0 promillega) kamayish kuzatildi.

2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 18 kishiga yoki 0,9 foizga kamaydi. O‘lganlar sonining kamayishi Bog‘ot tumanida (4,2 dan 3,9 promillega), Gurlan tumanida (4,5 dan 4,0 promillega), Xiva tumanida (4,3 dan 4,0 promillega), Shovot  tumanida (4,1 dan 3,7 promillega) kamayish kuzatildi.

2015 yilning yanvar- oktyabr oylari maboynida 11606 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 726 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 9,0 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-sentyabr oylarida mos ravishda 9,4 va 0,6).

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 101,5 foizga ko‘payib 965,9 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 55,9 foizini tashkil qildi.

Iqtisodiy faol aholi soni 711,9  ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1  foizga ko‘paydi, shu jumladan 699  ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,2 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.

2015  yil yanvar-sentyabr  oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 12,9 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan  2,7 ming kishiga kamdir.

Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:



   

Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2015 yil 1 oktyabr holatiga 222 kishini tashkil etadi.