Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 2015-yil 2-kvartal statistik va tahliliy axborotlar (875 kb) 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yilning 1 iyul  holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1726,6 ming kishini tashkil qilib, 2014 yilning shu davriga nisbatan 31,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. 

Aholining tabiiy harakati 2015 yilning yanvar-iyun oylarida quyidagicha ifodalanadi:


 

Kishi


Har 1000 kishiga

 

2014y.

2015y.(*)

o‘sish,
kamayish (-)

2014y.

2015y.(*)

Tug‘ilganlar

14844

14655

-189

17,7

17,2

O‘lganlar

3716

3495

-221

4,4

4,1

Bir yoshgacha ulganlar

238

210

-28

13,4**

11,1**

Tabiiy o‘sish

11128

11160

32

13,3

13,1

Nikohlar

8916

8581

-335

10,6

10,1

Ajralishlar

497

477

-20

0,6

0,6



2015 yil yanvar-iyun oylari maboynida tug‘ilganlar soni 14655 kishini tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi, tug‘ilish koeffitsienti 17,7 promilledan 17,2 promillega kamaydi.

Tug‘ilish darajasining kamayishi Urganch tumanida (19,4 dan 17,1 promillega), Xonka  tumanida  (19,0 dan 18,0 promillega), Xiva tumanida (14,9 dan 13,8 pro-millega), Yangibozor tumanida (18,8 dan 17,3 promillega) kamayish kuzatildi.
2014 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 221 kishiga yoki 0,9 foizga kamaydi. O‘lganlar sonining kamayishi Bog‘ot tumanida (4,3dan 3,8 promillega), Xazorasp tumanida (4,3 dan 4,1 promillega), Xiva tumanida (4,4 dan 3,6 promillega), Shovot  tumanida (4,1 dan 3,3 promillega) kamayish kuzatildi. 
2015 yilning yanvar-iyun oylari maboynida 8581 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 477 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan 10,1 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2014 yil yanvar-iyun oylarida mos ravishda  10,6 va 0,6).


(*) Dastlabki ma’lumotlar

(**) 1000 tug‘ilganlarga nisbatan

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 

2014  yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 101,5 foizga ko‘payib 964,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,0 foizini tashkil qildi. 

Iqtisodiy faol aholi soni 706,1  ming kishini tashkil etdi va 2014 yilning shu davriga nisbatan 102,1  foizga ko‘paydi, shu jumladan 698  ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 98,8 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.

2015  yil yanvar-iyun  oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 8,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2014 yilning shu davriga nisbatan  2,3 ming kishiga kamdir.

Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:

(kishi)


Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2015 yil 1 iyul  xolatiga   331  kishi yoki  4,1  foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.