Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligi


2015 yilning yanvar-mart oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 211206,1 mln. so‘mni va 2014 yilning shu davriga  nisbatan 105,1 foizni tashkil qildi. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chikarish xajmi 15272.2 mln. so‘mni (2014 yil yanvar-martga nisbatan 95,1 foiz), chorvachilik mahsulotlari- 195934,0 mln. so‘mni (105,9 foiz) tashkil etdi.  
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 7,2 foizni, chorvachilik mahsulotlari 92,8 foizni tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy hajmga nisbatan foiz hisobida 

Chorvachilik. 2015 yilning 1 aprel holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yirik shoxli qoramollar 10 ming boshga (1,3 foizga), shu jumladan sigirlar 9,4 ming boshga (3,2 foizga), qo‘y va echkilar 3,1 ming boshga (0,8 foizga), parrandalar 208,8 ming boshga (4,9 foizga) ko‘paydi. 
2015 yilning yanvar-mart oylariga barcha toifadagi xo‘jaliklarda 30,5 ming tonna tirik vaznda go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 5,8 foizga ko‘p), 170,1 ming tonna sut (6,2 foizga ko‘p), 89204 ming dona tuxum (9,9) foizga, 56 tonna jun (5,7 foizga ko‘p), 1230 dona qorako‘l teri (1,5 foizga ko‘p) ishlab chikarildi. 
Barcha hududlarda chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, sut, tuxum) ishlab chiqarishning o‘sishi asosan dehqon xo‘jaliklari hisobiga bo‘lib, go‘sht ishlab chikarish umumiy hajmida ularning ulushi 96,7 foizni, sut ishlab chiqarishda – 95,8 foizni, tuxum ishlab chiqarishda – 54,3 foizni tashkil etdi. 

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi quyidagicha ifodalanadi:
ishlab chiqarish umumiy hajmiga nisbatan foiz hisobida

Fermer xo‘jaliklari. 

Joriy yilning 1 aprel holatiga fermer xo‘jaliklarida 53,2 ming bosh yirik shoxli qoramol, shu jumladan 19,9 ming bosh sigir, 27,4 ming bosh qo‘y va echkilar, 1000,1 ming bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2014 yilning yanvar-martiga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 1,5 shu jumladan sigirlar soni 7,0 qo‘y va echkilar bosh soni 1,9 foizga, parrandalar soni 0,8 foizga o‘sgan. 
Fermer xo‘jaliklarida asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish quyidagicha ifodalanadi:



yanvar-mart

2014 yil yanvar-martga nisbatan foiz
xisobida

2014y.

2015y.

Tonna

2014

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

Tonna

2015

ishlab chiqarish umumiy hajmidagi ulushi, foiz

 

 

 

 

 

Go‘sht, tirik vaznda

796

2,7

855

2,8

107,4

Sut

6393

4,0

6621

3,9

103,6

Tuxum, ming dona

7709

9,4

8403

9,4

109,0

Jun, tonna

9

16,9

9

16,1

100,0

Qorako‘l, dona

107

8,8

112

9,1

104,7