Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Tovarlar va xizmatlar bozori

 2014-yil 3-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (1.68mb)

2014 yilning yanvar-sentyabr oylarida chakana tovar aylanmasi 1707262,5 mln. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan nisbatan 109,4 foizga oshdi. 

Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha chakana tovar aylanmasi quyidagicha ifodalanadi:


 

Mln. so‘m

2013yil
yanvar-sentyabriga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

 

 

 

 

Jami

1707262,5

109,4

100,0

Shu jumladan mulkchilik shakllari bo‘yicha:

 

 

 

Davlat mulki

239,8

104,5

0,01

Nodavlat mulki

1707022,7

109,4

99,99

Undan fuqarolarning xususiy mulki

247721,8

116,8

14,5


Savdo korxonalarining chakana savdo aylanmasi hajmi joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida 743015,5 mln. so‘mni tashkil qilib, 2013 yilning yan-var-sentyabr oylariga nisbatan 109,3 foizga oshgan. 
qishloq joylardagi savdo korxonalarining chakana savdo aylanmasi umumiy tovar aylanmasining 2,4 foizini tashkil qildi. 
Dehqon bozorlari tomonidan hisobot davrida qishloq xo‘jalik tovarlari va qoramol sotish hajmi 108,0 foizga oshdi va 699787,8 mln. so‘mga yetdi, uning tovar aylanmasi umumiy hajmidagi ulushi 41,0 foizni tashkil qildi.
Norasmiy sektorning (buyum bozorlari va ixtisoslashtirilgan bozorlar) to-var aylanmasi 264459,1 mln. so‘mni tashkil qildi yoki 2013 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 113,7 foizga oshgan. Tovar aylanmasining umumiy hajmida uning ulushi  15,5 foizni tashkil qildi.


Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida chakana savdo aylanmasi tarkibi quyidagicha ifodalanadi:


 

Mln. so‘m

2013 y.
yanvar-sentyabriga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

 

 

 

 

Chakana tovar aylanmasi

1707262,5

109,4

100,0

Shu jumladan:

 

 

 

savdo korxonalari

743015,5

109,3

43,5

bozorlar

964246,9

109,5

56,5

Ulardan:

 

 

 

buyum bozorlari va 
ixtisoslashtirilgan bozorlar

264459,1

113,7

15,5

dehqon (oziq-ovqat) 
bozorlari

699787,8

108,0

41,0


Umumiy ovqatlanish sohasining tovar aylanmasi 24101,2 mln. so‘mga yetdi yoki 2013 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 118,6 foizni tashkil kildi. 
2014 yilning 1 oktyabr holatiga chakana savdodagi tovar zahiralari 9799,8 mln. so‘mni yoki 6,0 savdo kunini tashkil qildi.
Aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlar hajmi 670146,5 mln. so‘mni, uning real o‘sishi esa 2014 yil yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 113,5 foizni tashkil qildi. 
Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatishning asosiy qismi rasmiy sektor tomonidan amalga oshirilib (55,0 foiz), bu sektorda xizmatlar hajmi amaldagi narxlarda 368306,9 mln. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 112,7 foizni tashkil qildi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 301839,6 mln. so‘mni, pullik xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi esa 45,0 foizni tashkil etdi. 
Nodavlat sektorida ko‘rsatilgan xizmatlarning ulushi 90,4 foiz bo‘lib 606094,0 mln. so‘mni tashkil qildi yoki o‘tgan yilga nisbatan 116,9 foizga oshdi.


Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mulkchilik shakllari bo‘yicha aholiga ko‘rsatgan xizmatlar hajmi quyidagicha ifodalanadi:

 

Mln. so‘m

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

2013 yil
yanvar-sentyabr oylari yakunga nisbatan foiz
hisobida

Jami

670146,5

100,0

113,5

Davlat mulki

64052,6

9,6

119,0

Nodavlat mulki

606094,0

90,4

116,9

Shundan:

 

 

 

fuqarolarning xususiy mulki

309821,1

46,2

120,9


Pullik xizmatlar umumiy hajmida maishiy xizmatlar 9,3 foizni yoki 62514,9 mln. so‘mni tashkil qildi. Ularning real hajmi 2013 yil yanvar-sentyabriga nisbatan 114,8 foizga oshdi. Maishiy xizmatlarning 90,1 foizi xususiy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilib, ushbu sektorning xizmatlar hajmi dastlabki baholanganda 56353,2 mln. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 117,2 foizni tashkil qildi.
Maishiy xizmatlar hajmining barcha hududlarda o‘sganligi kuzatildi. Ay-niqsa,  Urganch shahar (119,2 foiz), Qo‘shko‘pir tumani (115,8) Bog‘ot  (114,3 foiz), Gurlan (115,1 foiz), Xonqa (114,9 foiz) tumanlarida bu ko‘rsatkich yuqori bo‘ldi. 
2014 yil yanvar-sentyabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xiz-matlar hajmi 1710,3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, shu jumladan qishloq joylarida 710,4 mlrd. so‘m yoki umumiy ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining 41,5 foizini tash-kil qildi. 2013 yilning shu davriga nisbatan haqiqiy o‘sish 116,4 foizni tashkil etdi.
 
2014 yil yanvar-sentyabr oylari mobaynida xizmatlar ishlab chiqarish turla-ri bo‘yicha (haqiqiy baholarda) quyidagicha ifodalanadi:


 

Mln. so‘m

2013 yil
yanvar-sentyabriga nisbatan foiz
hisobida

Yakunga
nisbatan foiz
hisobida

Jami xizmatlar

1710328,7

116,4

100,0

shu jumladan asosiy turlari bo‘yicha:

 

 

 

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (mobil aloka, "Internet” tarmog‘iga kirishni ta’minlash, televizion kabel aloqa, pochta va elektraloqa xizmatlarini qo‘shgan xolda)

120144,4

120,5

7,0

Kompyuter dasturlash xizmatlari (maslahat berish xizmatlarini qo‘shgan holda)

457,4

120,5

0,0

Moliyaviy xizmatlar (bank, sug‘urta xizmatlarini, moliyaviy lizingni qo‘shgan holda)

150713,6

140,3

8,8

Transport xizmatlari (logistika xizmatlarini qo‘shgan holda)

307739,7

118,7

18,0

Qurilish xizmatlari (binoni ta’mirlash va muhandislik jixozlarini montaj qilish xizmatlarini qo‘shgan holda)

145372,1

109,7

8,5

Texnologik dastgoxlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari

3587,6

111,8

0,2

Qishloq xo‘jalik texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat qo‘rsatish xizmatlari

773,5

108,5

0

Turistik xizmatlar (mehmonxona xizmatlarini qo‘shgan holda)

7482,8

113,0

0,4

shu jumladan, turistik xizmatlari

844,3

107,9

0

mexmonxona xizmatlari

6638,5

113,8

0,4

Savdo va umumovqatlanish xizmatlari

441998,3

114,1

25,8

Maishiy xizmatlar

88969,8

115,0

5,2

Ta’lim xizmatlari

38696,6

104,4

2,3

Sog‘liqni saqlash xizmatlari

17742,9

124,7

1,0

Qishloq xo‘jaligi sohasidagi xizmatlar

18018,0

113,0

1,1

Boshqa xizmatlar

368632,0

111,3

21,6


Xizmat ko‘rsatishda eng katta ulush savdo va ovqatlanish (25,8 foizi), transport  (18,0 foiz) va moliyaviy (8,8 foiz) xizmatlarga to‘g‘ri keldi.