Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Kichik tadbirkorlik (biznes)

 2014-yil 3-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (1.68mb)

2014 yil 1 oktyabr holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik 
(biznes) sub’ektlarining soni 10445 tani tashkil qildi. Joriy yilda yalpi 
xududiy mahsulotning 75,2 foizi kichik biznes sub’ektlari tomonidan 
(2013 yilning shu davrida 75,2 foiz) ishlab chiqarildi.
Iqtisodiyotdagi jami ish bilan bandlarning 78,2 foizini (532,7 ming kishi) kichik tadbirkorlik sektorida band bo‘lganlar tashkil qildi. Kichik tadbirkor-likda band bo‘lganlarning 19,5 foizi (132,6 ming kishi) kichik korxona va mikro-firmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish           106,0 foizga o‘sdi va 383210,5 mln. so‘mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining 
35,8 foizi), qishloq xo‘jalik mahsuloti 105,7 foizga o‘sib, 1656732,1mln. so‘mni (qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 96,3 foizi) tashkil qildi.
Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy xajmining 34,7 foizi, qurilish ishlarining 80,8 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes sub’ektlari yuk aylanmasi viloyat avtomobil transporti 
umumiy yuk aylanmasining 78,3 foizini, umumiy yo‘lovchi aylanmasining 
91,9 foizini tashkil etdi.
Savdo aylanmasi umumiy xajmining 39,3 foizi yoki 671513,6 mln. so‘mi (o‘sish 111,0 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish umumiy xajmining 49,1 foizi yoki 329242,1 mln. so‘mi (113,3 foizga o‘sgan) kichik tadbirkorlik 
sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kichik biznes sub’ektlari tashqi savdo aylanmasi viloyat tashqi savdo 
aylanmasi hajmining 62,6 foizini tashkil qildi. Joriy yilda kichik biznes 
sub’ektlari tomonidan 37057,1ming AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 33,8 foizi), miqdorida mahsulot eksport qilindi. Import 101555,0 ming AQSh 
dollari (umumiy importning 90,7foizi)ni tashkil qildi.
Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) umumiy xajmida, kichik tadbirkorlikning ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy xajmga nisbatan foiz hisobida

Xususiy tadbirkorlik kichik biznesning asosiy qismini tashkil qiladi. 
2014 yilning yanvar-sentyabr kichik tadbirkorlikda yaratilgan mahsulot (ish, xizmatlar) umumiy xajmida xususiy tadbirkorlik (fuqarolar mulki) sub’ektlari mahsulotining ulushi quyidagicha ifodalanadi:



 

Xo‘jalik yurituvchi
kichik tadbirkorlik sub’ektlari
mahsuloti (ish, xizmat) xajmi, mln.so‘m

Kichik tadbirkorlik mahsuloti (ish,
xizmat) xajmida
xususiy sektor
ulushi, % hisobida

 

 

 

Sanoat

383210,5

35,8

Qurilish

614399,8

82,0

Chakana savdo

671513,6

39,3

Pullik xizmat

329242,1

49,1

Yuk tashish, mln. tn.

26,7

78,3

Yo‘lovchi tashish, mln. Kishi

269,6

91,9

Eksport, ming AQSh doll.

37057,1

33,8

Import, ming AQSh doll.

101555,0

90,7