Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 2014-yil 3-kvartal ctatistik va taxliliy axborotlar (1.68mb)

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning 1 oktyabr holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1705,5 ming kishini tashkil qilib, 2013 yilning shu davriga nisbatan 31,3 ming kishiga yoki 1,9 foizga ko‘paydi. 

Aholining tabiiy harakati 2014 yilning yanvar-sentyabr oylarida quyidagicha ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2013y.

2014y.*)

o‘sish,
kamayish (-)

2013y.

2014y.*)

 

 

 

 

 

 

Tug‘ilganlar

25664

27643

1979

20,6

21,8

O‘lganlar

5191

5545

354

4,2

4,4

Tabiiy o‘sish

20473

22098

1625

16,4

17,4

Nikohlar

12438

11945

-493

10,0

9,4

Ajralishlar

549

767

218

0,4

0,6


2014 yil yanvar-sentyabr oylari maboynida tug‘ilganlar soni 27643 kishini tashkil qildi va 2013 yilning shu davriga nisbatan 7,7 foizga ko‘paydi, tug‘ilish koeffitsienti 20,6 promilledan 21,8 promillega ko‘paydi.
Tug‘ilish darajasining ko‘payishi Gurlan tumanida (20,3 dan 21,3 promille-ga), Qo‘shko‘pir tumanida (20,3 dan 21,7 promillega), Xonqa tumanida (21,2 dan 22,2 promillega), Urganch shahrida (18,6 dan 20,9 promillega) ko‘payish kuzatildi.
2013 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 354 kishiga yoki 6,8 foizga ko‘paydi. O‘lganlar sonining ko‘payishi Bog‘ot tumanida (3,8 dan 4,4 promillega), Xazarasp tumanida (3,8 dan 4,2 promillega), Xonqa tumanida (3,6 dan 4,4 promille-ga), Yangibozor tumanida (4,0 dan 4,5 promillega) ko‘payish kuzatildi. 
2014 yilning yanvar-sentyabr oylari maboynida 11945 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 767 tani tashkil qildi. Ming aholiga nisbatan  9,4 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2013 yil yanvar-sentyabr oylarida mos ravishda 10,0 va 0,4).
Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2013 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 102,2 foizga ko‘payib 951,6 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,1 foizini tashkil qildi. 
Iqtisodiy faol aholi soni 697,6 ming kishini tashkil etdi va 2013 yilning  shu davriga nisbatan 100,6 foizga ko‘paydi, shu jumladan 681,5 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 97,7 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2014 yil yanvar-sentyabr oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 16,7 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2013 yilning shu davriga nisbatan  30,8  ming kishiga kamdir.
Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:
  (kishi)



Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2014 yil 1 oktyabr xolatiga 374 kishi yoki  2,3 foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.