Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Kichik tadbirkorlik (biznes)

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (45kb)

2014 yil 1 aprel holatiga ro‘yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 10473 tani tashkil qildi. Joriy yilda yalpi xududiy mahsulotning 60,1 foizi kichik biznes sub’ektlari tomonidan (2013 yilning shu davrida 59,2 foiz) ishlab chiqarildi.

Iqtisodiyotdagi jami ish bilan bandlarning 78,4 foizini (533,0 ming kishi) kichik tadbirkorlik sektorida band bo‘lganlar tashkil qildi. Kichik tadbirkorlikda band bo‘lganlarning 17,7 foizi (120,4 ming kishi) kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes sub’ektlari tomonidan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish 116,2 foizga o‘sdi va 94160,5 mln. so‘mni (viloyat sanoat ishlab chiqarishining 26,3 (foizi), qishloq xo‘jalik mahsuloti 105,0 foizga o‘sib, 179999,5 mln. so‘mni (qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 99,1 (foizi) tashkil qildi.

Viloyat iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar umumiy hajmining 32,0 foizi, qurilish ishlarining 80,1 foizi kichik biznes korxonalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes sub’ektlari yuk aylanmasi viloyat avtomobil transporti umumiy yuk aylanmasining 71,3 foizini, umumiy yo‘lovchi aylanmasining 92,2 foizini tashkil etdi.

Savdo aylanmasi umumiy hajmining 41,5 foizi yoki 212626,6 mln. so‘mi (o‘sish 117,4 foizni tashkil qildi) va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish umumiy hajmining 42,9 foizi yoki 89375,3 mln. so‘mi (114,4 foizga o‘sgan) kichik tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Kichik biznes sub’ektlari tashqi savdo aylanmasi viloyat tashqi savdo aylanmasi hajmining 30,1 foizini tashkil qildi. Joriy yilda kichik biznes sub’ektlari tomonidan 1064,5 ming AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 2,6 foizi), miqdorida mahsulot eksport qilindi. Import 20957,3 ming AQSh dollar (umumiy importning 65,5foizi)ni tashkil qildi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida yaratilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) umumiy xajmida, kichik tadbirkorlikning ulushining o‘zgarishi quyidagicha ifodalanadi:

umumiy xajmga nisbatan foiz hisobida Xususiy tadbirkorlik kichik biznesning asosiy qismini tashkil qiladi. 2014 yilning yanvar-mart oylarida kichik tadbirkorlikda yaratilgan mahsulot (ish, xizmatlar) umumiy xajmida xususiy tadbirkorlik (fuqarolar mulki) sub’ektlari mahsulotining ulushi quyidagicha ifodalanadi:

 

Xo‘jalik yurituvchi
kichik tadbirkorlik sub’ektlari
mahsuloti (ish, xizmat) xajmi, mln.so‘m

Kichik tadbirkorlik mahsuloti (ish,
xizmat) xajmida
xususiy sektor
ulushi, % hisobida

Sanoat

94160,5

26,3

Qurilish

269366,1

80,1

Chakana savdo

212626,6

41,5

Pullik xizmat

89375,3

42,9

Yuk tashish, mln. tn.

5151,4

71,3

Yo‘lovchi tashish, mln. kishi

80475,8

92,2

Eksport, ming AQSh doll.

1064,5

2,6

Import, ming AQSh doll.

20957,3

65,5