Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Demografiya va mehnat bozori

 Fayl ko'rinishida yuklab olish (58kb)
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2014 yilning 1 aprel holatiga viloyatda doimiy aholi soni 1688,7 ming kishini tashkil  va 2013 yilning shu davriga nisbatan 30,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. 
Aholining tabiiy harakati 2014 yilning yanvar-mart  oylarida quyidagicha ifodalanadi:

 

Kishi

Har 1000 kishiga

 

2013y.

2014y.

o‘sish,
kamayish (-)

2013y.

2014y.

Tug‘ilganlar

6224

6978

754

15,2

16,8

O‘lganlar

1672

1804

132

4,1

4,3

shu jumladan bir yoshgacha bolalar

74

102

28

0,1

0,1

Tabiiy o‘sish

4552

5174

622

11,1

12,5

Nikohlar

5782

5773

-9

14,2

13,9

Ajralishlar

156

247

91

0,4

0,6


2014 yil yanvar-mart oylari maboynida tug‘ilganlar soni 6978 kishini tashkil qildi va 2013 yilning shu davriga nisbatan 12,1 foizga ko‘paydi, tug‘ilish koeffitsienti 15,2 promilledan 16,8 promillega ko‘paydi.
Tug‘ilish darajasining ko‘payishi Bogot  tumanida (15,2 dan 16,0 promillega), Gurlan tumanida(16,5 dan 18,1 promillega),Urganch tumanida(16,4 dan 19,6 promillega), Xonka tumanida (15,0 dan 18,8 promillega), Urganch shaxrida (16,0 dan 18,1promillega) kupayish kuzatildi.

2013 yilning shu davriga nisbatan o‘lganlar soni 132 kishiga yoki 7,8 foizga kupaydi. O‘lganlar sonining kupayishi  Bogot  (3,5 dan 4,1 promillega), Xonqa 
(3,7 dan 4,7 promillega), Yangibozor (3,4 dan 4,1 promillegacha), Xazorasp (3,9 dan 
4,4 promillega), Urganch shaxrida(5,9 dan 6,9 promillega) kupayish  kuzatildi.

2014 yilning yanvar-mart oylari maboynida 5773 nikoh ro‘yxatga olindi, ajralishlar soni esa 247 tani tashkil qildi. Ming aholiga 13,9 nikoh va 0,6 ajralishlar to‘g‘ri kelmoqda (2013 yil yanvar-aprel oylarida mos ravishda 14,2 va 0,4).

Mehnat resurslarining soni, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 
2013  yilning yanvar-mart  oylariga nisbatan 102,1 foizga ko‘payib, 949,0 ming kishini yoki viloyat doimiy aholisining 56,2 foizini tashkil qildi. 
Iqtisodiy faol aholi soni 684,0 ming kishini tashkil etdi va 2013 yilning shu davriga nisbatan 102,1 foizga ko‘paydi, shu jumladan 679,9 ming kishi yoki iqtisodiy faol aholining 99,4 foizi iqtisodiyotda band bo‘ldi.
2014  yil yanvar-mart  oyida mehnat bo‘limlariga ishga joylashtirishda yordam berishni so‘rab 4,1 ming fuqaro murojaat qildi. Bu 2013 yilning shu davriga nisbatan  3,2  ming kishiga kamdir.
Mehnat bo‘limlari orqali ishga joylashtirilgan fuqarolar soni quyidagicha ifodalanadi:
(kishi)

Mehnat bo‘limlarida ro‘yxatga olingan ish bilan band bo‘lmagan fuqarolar  umumiy sonidan shu yilning 2014 yil 1 aprel xolatiga 379 kishi yoki  9,3 foizi ishsiz deb e’tirof etilgan.