Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Urganch shahar hokimi


rasmSapaev Odilbek Shonazarovich
Urganch sh. A.Baxodirxon ko‘chasi 186 uy, 220100
Tel: 0(362) 226-21-55
E-mail: info@urganchshahar.uz
Veb-sayt: urganchshahar.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning shanba kuni soat 10.00dan Urganch shahar hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1 qavat)
15.02.2014 y.
 

Urganch shahri haqida


Urganch shahri O‘zbekiston Respublikasining shimoliy g‘arbida joylashgan bo‘lib, 1938 yil 15 yanvarda tashkil topgan. Yer maydoni 0,029 ming kv km ni tashkil etadi va viloyat hududining 0,48 foizini egallaydi. Aholi soni 2014 yil 1 yanvar holatiga 137,4 ming kishi, zichligi 1 kv km ga 4675,8 kishini tashkil etadi. Urganch va Xonqa tumanlari bilan chegaradosh.

Shaharda 37 ta maxalla mavjud.
Shahar geografik o‘rniga ko‘ra 400-310 va 420 shimoliy kengliklar 600-620 sharqiy uzunliklar oralig‘ida joylashgan.

Shahar iqlimi keskin kontinental bo‘lib, maksimal va minimal haroratlar orasidagi farq 780 ga teng.

Shaharda 9 ta yirik sanoat korxonalari, 12 ta qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.