Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


UY-JOY VA KOMMUNAL XO‘JALIGIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta’minlash, raqobat muhitini yaratish maqsadida viloyatda  80 ta uy-joy mulqdorlari shirkatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tashkilotlar tomonidan 1011 ta ko‘p xonadonli uy-joylarga texnik xizmat ko‘rsatiladi. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining tasarrufida 22757 ta xonadon mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 1 iyundagi 280-sonli qaroriga asosan aholi xonadonlarini gaz o‘lchagichlar bilan jihozlanish darajasi 93,5 foizni, suv o‘lchagichlari bilan jihozlanish darajasi 77,7 foizni tashkil qildi.

2012 yil 1 aprel holatiga aholining tabiiy gaz bilan ta’minlanishi 94,9%ni , shu jumladan qishloq joylarida 93,4 %ni, aholining toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi 63,1 %ni  shu jumladan qishloq joylarida 51,7 %ni tashkil qiladi.

16.05.2012 y.