Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Qishloq xo‘jaligida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish

2012 yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi qishloq xo‘jalik mahsuloti  1486,8 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 108,5 foizni jumladan, chorvachilikda 741,6 mlrd.so‘m (105,6%) va dehkonchilikda 745,2 mlrd.so‘m (111,7%) tashkil etdi.
Paxtachilik va g‘allachilik bo‘yicha 2052 ta, sabzavotchilik va polizchilik bo‘yicha 24 ta, bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishi bo‘yicha 1351 ta, chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha 571 ta va boshqa yo‘nalishda 774 ta fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Viloyatda 2012 yil 1 yanvar holatiga jami yirik shoxli qoramollar bosh soni 724,1 ming boshni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 102,5 % ni, shundan sigirlar bosh soni 289,3 ming boshni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 102,0 %ni tashkil qildi.
Hisobot davrida barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan jami  106,4 ming tonna go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 105,9%), 711,4 ming tonna sut (105,6%), 277,7 mln.dona tuxum (111,4%) ishlab chiqarildi.
Barcha toifa xo‘jaliklarida 12,4 ming gektar mevali bog‘ va 2,6 ming gektar tok maydonlari mavjud bo‘lib, joriy yil xolatiga 136381 tonna meva va 30440 tonna uzum etishtirildi.
11.06.2013y.


QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISLOHOTLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH VA RIVOJLANTIRISH

2012 yilning yanvar-mart oylarida yalpi qishloq xo‘jalik mahsuloti 130,7 milliard so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 104,7 % ni jumladan, chorvachilikda 119,3 milliard va dehkonchilikda 11,4 milliard so‘mni tashkil etdi.

2012 yilning 1 aprel xolatiga viloyatda 4687 ta fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga ajratilgan jami er maydoni esa 233,5 ming gektarga etdi. Jumladan:

2012 yil g‘alla hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklar tomonidan 50,7 ming gektarga g‘alla ekilgan. 

Viloyatda 2012 yil 1 aprel holatiga jami yirik shoxli qoramollar bosh soni 715,0 mingni, o‘tgan yilga nisbatan 102,4 % ni, shundan sigirlar 285,1 ming boshni, o‘tgan yilga nisbatan 100,8 %ni tashkil qildi.

Hozirgi vaqtda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan jami 26,0 ming tonna go‘sht (o‘tgan yilga nisbatan 104,2 %), 140,1 ming tonna sut (o‘tgan yilga nisbatan 106,6%), 69,9 mln. dona tuxum (o‘tgan yilga nisbatan 122,2%) ishlab chiqarildi.

Barcha toifa xo‘jaliklarida 12,4 ming gektar mevali bog‘ va 2,6 ming gektar tok maydonlari mavjud bo‘lib, joriy yil xolatiga 15,0 tonna meva etishtirildi. 

Xorazm viloyatida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish

Viloyatda 2012 yil 1 aprel holatiga mavjud 12 ta agrofirmadan 9 tasida yoki 75 foizida qayta ishlash tsehlari mavjud.

Xorazm viloyatida 2012 - 2015 yillarda go‘sht, sut va meva sabzavot maxsulotlarini kayta ishlashga ixtisoslashgan yangi zamonaviy korxonalarni qurish xamda mavjudlarini modernizatsiya kilish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 7 apreldagi "2011-2015 yillar davrida meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashning moddiy texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 105-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyati tumanlarida 2012 yilda jami  2970 tonna sovutgichli sig‘imlarni qurish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilgan.

Joriy yilning 1 apreliga qadar 5 ta loyihada umumiy qiymati 1,5 mlrd.so‘mlik jami 900 tonnalik sovutkichli sig‘imlar yangidan va 1 ta loyihada 500 mln. so‘mlik investitsiya kiritish hisobiga 700 tonnalik sovutkich  modernizatsiya qilinib ishga tushirildi.



16.05.2012 y.