Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Makroiqtisodiy o‘zgarishlar


- Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan


2012 yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi hududiy mahsulot hajmi
2945,8 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 109,8 foizni (2011 yilning
12 oyida 108,4%), aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 1794,5 ming so‘mni tashkil qildi.
Viloyat YaHM tarkibida sanoat 9,1% (2011 yilning 12 oyida 9,2%), qurilish ishlari 8,4% (8,0%), qishloq xo‘jaligi 35,3% (35,3%), transport va aloqa 10,9% (10,8%), savda va umumiy ovkatlanish 8,8% (9,6%), va boshqalar 23,5% (23,2%)ni tashkil qildi.
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 111,4 foiz (prognoz 113,0%), xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi 112,5 foiz (116,1%), kapital qo‘yilmalar hajmi 106,3 foiz (108,9%), pudrat ishlari hajmi 115,2 foiz (112,5%) va jami xizmatlar hajmi 116,8 foiz (115,9%) o‘sishga erishildi.

2. Moliyaviy holat


2012 yil yanvar-dekabr oylarida byudjetga soliq va majburiy to‘lovlarning tushumi 369,6 mlrd.so‘mga (100,7 %) bajarildi.
Viloyatda mahalliy byudjetning daromadlar qismi joriy yilning yanvar-dekabr oylari mobaynida 349,4 mlrd.so‘mga (prognozga nisbatan 102,5%), xarajatlar qismi 658,5 mlrd.so‘mga (prognozga nisbatan 99,6%) teng bo‘ldi.
Kreditorlik qarzlarning asosiy qismi qurilish (6,7 mlrd.so‘m), sanoat (32,6 mlrd.so‘m), qishloq xo‘jaligi (529,2 mln.so‘m) va transport (3,1 mlrd.so‘m) sohalariga to‘g‘ri keladi.
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan o‘rtacha chakana savdo aylanmasi hajmi 950,7 ming so‘m, axoliga pullik xizmat ko‘rsatish 333,5 ming so‘m va jami xizmatlar 861,4 ming so‘mga teng bo‘ldi.

11.06.2013 y.

MAKROIQTISODIY O‘ZGARISHLAR

Asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlardan

2012 yilning yanvar-mart oylarida yalpi hududiy mahsulot hajmi 455,5 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 109,5 foizni, aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 279,2 ming so‘mni  tashkil qildi.

Viloyat YaHM tarkibida sanoat 14,3%, qurilish ishlari 9,0% , qishloq xo‘jaligi 11,6%, transport va aloqa 15,4%, savda va umumiy ovkatlanish 13,2%, va boshqalar 27,9% ni tashkil qildi.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 109,1 foizga, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hajmi 105,1 foizga kapital qo‘yilmalar hajmi 87,1 foizga, pudrat ishlari hajmi 100,7 foizga  va jami xizmatlar hajmi 106,5 foizga o‘sishga erishildi.

Moliyaviy holat

- Inflyatsiya sur’atlari

2012 yilning yanvar-mart oylarida inflyatsiya darajasini 0,9 foizdan oshirmaslik ko‘zlangan bo‘lib, amalda 0,57 foizni, iste’mol narxlari indeksi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,46 foizni tashkil qilgan.

- Byudjet-soliq siyosati
2012 yil yanvar-mart oylarida byudjetga soliq va majburiy to‘lovlarning tushumi 8,2 mlrd.so‘mga (122,9 %) bajarildi.
Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimanda qarzlar hisobot davrida 1,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

- Soliq va to‘lovlar tushumi

Viloyatda mahalliy byudjetning daromadlar qismi yanvar-mart oylari mobaynida 74,4 mlrd.so‘mga (prognozga nisbatan 100,0%), xarajatlar qismi 142,5 mlrd.so‘mga (93,2%) teng bo‘ldi.  

Viloyat mahalliy byudjetida subventsiya miqdori 69,6 mlrd.so‘m yoki mahalliy byudjet daromadlaridagi ulushi 48,8 foizga  teng bo‘ldi.

Hisobot davrida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlaridan mahalliy byudjetga 2,9 mlrd.so‘m pul tushumi tushirildi. 

-  Jami debitor va kreditor qarzdorlik

2012 yil 1 mart holatiga debitorlik qarzlar 315,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 mlrd.so‘mga ko‘paygan.

2012 yil 1 mart holatiga kreditorlik qarzlar 376,7 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 47,9 mlrd.so‘mga ko‘paygan.

- Zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar

2012 yil 1 mart holatiga zarar bilan ishlayotgan 8 ta korxona mavjud bo‘lib, zarar miqdori 1,3 mlrd.so‘mni tashkil qiladi.

- Iqtisodiyotga yo‘naltirilgan kredit qo‘yilmalari

Viloyatda joriy yilning yanvar-mart oylarida tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari hisobiga ajratilgan kreditlar mikdori 90,7 mlrd.so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 131,4 foizga o‘sgan.

Shu jumladan uzoq muddatli kreditlar mablag‘lari joriy yilda 54,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 135,0 foizga oshgan. 



16.05.2012 y.