Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH


Viloyatda 2012 yil 1 aprel holatiga 30552 ta kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan faoliyat  ko‘rsatib turgani 28601 tani yoki jami ro‘yxatdan o‘tgan sub’ektlarning 93,6 foizini tashkil qiladi. 2012 yil yanvar-mart oylarida 297 ta kichik  va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari yangidan tashkil qilindi.

Hozirgi vaqtda faoliyat ko‘rsatmayotgan tadbirkorlik sub’ektlari 1951 tani tashkil qiladi. Shuningdek 368 ta kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tugatilgan.

Iqtisodiyot tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik sub’ektlarida kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ulushi sanoatda 6,6% ni, qishloq xo‘jaligida 71% ni, transport va aloqada 1,3% ni, qurilishda 3,2% ni, xamda savdo va umumiy ovqatlanishda 12,1% ni tashkil qildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi – 29,8%  (61,1 mlrd.so‘m), yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotida – 97,6% (129,0 mlrd.so‘m), o‘zlashtirilgan investitsiya mablag‘larida – 55,8% (56,3 mlrd.so‘m), bajarilgan pudrat ishlari hajmida – 85,8% (73,5 mlrd.so‘m), chakana savdo tovar aylanmasida – 41,5% (143,8 mlrd.so‘m), xizmat ko‘rsatish sohasida – 57,1% (168,8 mlrd.so‘m)ga teng bo‘ldi.

Viloyat bo‘yicha har 1000 kishiga 18,7 ta kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari to‘g‘ri keladi. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 2956 ta  yangi ishchi o‘rni, shundan qishloq joylarda   2433 tasi yaratildi.

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish maqsadida hisobot davrida tijorat banklarining o‘z mablag‘idan va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan 155,5 mlrd.so‘mlik kreditlar ajratildi.

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashni rag‘batlantirish maqsadida hisobot davrida tijorat banklarining o‘z mablag‘idan va byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan 44,3 mlrd.so‘mlik kreditlar ajratildi.

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning 19 mlrd.so‘mi (43%) qisqa muddatli, 25,3 mlrd.so‘mi (57%) uzoq muddatli kreditlardir.

Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 996,9 mln.so‘mlik xorijiy kreditlar o‘zlashtirildi.


25.02.2012 y.