Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Investitsiya siyosati va real sektor tarmoqlari rivojlanishi

2012 yilning yanvar-dekabr oylarida 657,4 mlrd.so‘mlik kapital mablag‘lari o‘zlashtirilib, o‘sish sur’ati 2011 yilga nisbatan 106,3 % ni tashkil qildi.
2012 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarish sohasiga
274,9 mlrd.so‘mlik, shundan sanoat sohasiga 83,7 mlrd.so‘m, qishloq xo‘jaligi sohasiga 30,0 mlrd.so‘m, transport sohasiga 86,1 mlrd.so‘m, aloqa sohasiga
4,6 mlrd.so‘m, qurilish sohasiga 32,1 mlrd.so‘m, savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga 34,4 mlrd.so‘m va boshqa sohalarga 4,0 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Sanoat


 Umumiy holat

Iqtisodiyotning muhim sohalari tarkibidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 111,4 %, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 112,5 %, ga teng bo‘ldi.

Sanoat majmuasi faoliyatining tahlili.

2012 yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat mahsulotlari (ish-xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi harakatdagi narxlarda 796,6 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,4 foizga teng bo‘ldi.
Hisobot davrida nodavlat sektorda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 95,2 foizni tashkil qildi.
2012 yilning yanvar-dekabr oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning shu davriga nisbatan elektroenergetika sanoatida
153,3 foizga, yoqilg‘i sanoatida 107,7 foizga, ximiya va neft ximiyasi sanoatida 80,1 foizga, oynasozlik sanoatida 26,7 foizga, engil sanoat
3,1 foizga, oziq-ovqat sanoatida 10,3 foizga, un-krupa va kombikorma sanoatida 11,5 foizga o‘sdi.
Umumiy sanoat mahsulotlari hajmida engil sanoat ulushi 40,8 foizni, oziq-ovqat sanoati, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoati
41,4 foizni, elektroenergetika 4,9 foizni, yoqilgi sanoati 3,1 foizni, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati 4,0 foizni, qurilish materiallari sanoati 3,6 foizni tashkil qiladi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘sgan bir paytda 22 ta asosiy sanoat korxonalaridan 6 tasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,9 mlrd.so‘mlik mahsulot kam ishlab chiqarilgan.

Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish

2012 yilning yanvar-dekabr oylarida amaldagi narxlarda
445,9 mlrd.so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,5 foizga teng bo‘lgan.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida halq iste’mol mollari ishlab chiqarish 56 foizni tashkil qiladi. Halq iste’mol mollari umumiy hajmida oziq-ovqat mahsulotlari salmog‘i 73,4 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 26,6 foizni tashkil qiladi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha
23 ta loyiha amalga oshirilib, 28,9 mln.AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 323 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.

Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga asosan viloyatda 2012 yilning yanvar-dekabr oylarida jami xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari 116,8 foizni tashkil qildi.
Natijada, yalpi hududiy mahsulot hajmidagi sohaning ulushi
43,1 foizga etdi.
Bunga asosan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 133,9 foizga, kompyuterli programmalashtirish xizmatlari 115,0 foizga, moliya xizmatlari 113,9 foizga, transport xizmatlari 114,8 foizga, qurilish xizmatlari 137,9 foizga, texnologik uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 129,3 foizga, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlari 108,8 foizga, turistik xizmatlar (mexmonxona xizmatlari bilan birga) 116,3 foizga, savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari 116,2 foizga, maishiy xizmatlar
115,0 foizga, ta’lim xizmatlari 101,7 foizga, sog‘liqni saqlash xizmatlari 138,4 foizga va boshqa xizmatlar 109,8 foizga teng bo‘ldi.
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasinin rivojlantirish bo‘yicha joriy yilning yanvar-dekabr oylarida jami 694 ta (reja 674 ta) xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil qilindi.
Shundan 7 ta axoliga xizmat ko‘rsatish markazi, 205 ta chakana savdo,
38 ta umumiy ovqatlanish, 28 ta “Guzar” savdo kompleksi 4 ta mexmonxona, 
49 ta kiyim tikish shoxobchalari, 44 ta poyafzal ta’mirlash ustaxonalari,
69 ta sartaroshxona, 13 ta suratxona, 31 ta maishiy texnikalarni ta’mirlash ustaxonalari, 54 ta boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va 152 ta boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil qilindi.
Natijada, sohada 12401 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, belgilangan reja ko‘rsatkichi 100,4%ga  bajarildi.


11.06.2013 y.


INVESTITSIYA SIYOSATI VA REAL SEKTOR TARMOQLARI RIVOJLANISHI


- Investitsiya siyosati

2012 yilning yanvar-mart oylarida 103,2 mlrd.so‘mlik kapital mablag‘lari o‘zlashtirildi.


Joriy yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarish sohasiga 36,2 mlrd.so‘m, shundan sanoat sohasiga 11,2 mlrd.so‘m, qishloq xo‘jalik sohasiga 4,2 mlrd.so‘m, transport sohasiga 12,6 mlrd.so‘m, aloqa sohasiga 0,6 mlrd.so‘m, qurilish sohasiga 2,5 mlrd.so‘m, savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga 5,0 mlrd.so‘m, va boshqa sohalarga 0,2 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.


Noishlab chiqarish sohasiga 67,0 mlrd.so‘m, shundan uy-joy qurilishi sohasiga 55,6 mlrd.so‘m, kommunal sohasiga 1,8 mlrd.so‘m, aholiga maishiy xizmat sohasiga 1,0 mlrd.so‘m, sog‘liqni saqlash sohasiga 2,0 mlrd.so‘m, xalq ta’limi sohasiga 4,3 mlrd.so‘m va boshqa sohalarga 2,3 mlrd.so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.


Kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 4,3 foizini byudjet, 1,8 foizini erlarni meliorativ xolatini yaxshilash, 29,9 foizini korxona va mahalliy byudjet mablag‘lari, 41,4 foizini aholi mablag‘i,  9,1 foizini chet el investitsiya va kreditlari, 9,2 foizni bank kreditlari hamda 4,3 foizni byudjetdan tashqari mablag‘lar tashkil etadi.


Hozirgi vaqtda viloyat bo‘yicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar 9,4 mlrd.so‘mni tashkil qilib, shundan hukumat kafolati bilan beriladigan investitsiya va kreditlar 8,1 mlrd.so‘mni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlar 1,3 mlrd.so‘mni tashkil qildi.


2012 yilning yanvar-mart oylarida 133,6 ming kv.m. uy-joy, 1,6 km gaz tarmoqlari, 1 km suv tarmoqlari foydalanishga topshirildi.


2012 yilning yanvar-mart oylarida pudrat tashkilotlari tomonidan o‘z kuchlari bilan 85,7 mlrd.so‘mlik ish bajarildi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning  shu davriga nisbatan 100,7 % ni tashkil qildi.


2012 yilning yanvar-mart oylarida jami 318,8 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Byujetdan tashqari ta’lim va sog‘likni saqlash muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi hisobidan jami 33 ta ob’ekt qurilishi rejalashtirilgan.


Jumladan 22 ta ta’lim ob’ektlarda rekonstruktsiya va mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 5 ta maktab va 1 ta kasb-hunar kolleji rekonstruktsiya, 12 ta maktab va 4 ta kasb-hunar kollejlari kapital ta’mirlanishi rejalashtirilib, 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami 1494,5 mln.so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


11 ta sog‘liqni saqlash ob’ektlari, shundan 8 ta rekonstruktsiya, 2 ta kapital ta’mirlash va 1 ta Shovot tumanida yangi qishloq vrachlik punkti qurilishi rejalashtirilib, 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami 903,1 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Shuningdek, bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan viloyatda jami 8 ta ob’ektlarda yangidan qurish va rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilgan.Ular 1 ta suzish havzasi yildan yilga o‘tuvchi ob’ekt, 2 ta musiqa va san’at maktabi, 5 ta maktabdagi qo‘shimcha sport zallaridir. 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami 558,3 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga buyurtmachi «O‘zkommunxizmat» agentligi tamonidan viloyatda 5 ta, shundan «Pitnak shahar ichimlik suv tozalash inshoatidagi №1 – nasos stantsiyasini kayta qurish», «Pitnak shahar 1-suv ko‘tarish nasos stantsiyasini qayta qurish», «Urganch shahar suv taksimlash inshootidagi №1 – nasos stantsiyasini kayta kurish», «Kaparass nasos stantsiyasidan ulanish kamerasigacha bulgan 7,2 km uzunlikdagi d-1400 mm lik 2-nitka  vodovod liniyasini kurish, Urganch shaharlari okava suv tizimini kayta kurish ob’ektlari kurilishi va rekonstruktsiya qilinishi rejalashtirilib, 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami 1405,6 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Byujetdan tashqari oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan buyurtmachi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi xuzuridagi injiniring kompaniyasi tomonidan Urganch davlat universitetining jami 4 ta, shundan 1 ta yangi o‘quv bolki qurilishi hamda 3 ta blokda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilib, qurilish ishlari boshlab yuborilgan.


Respublika yo‘l jamg‘armasi hisobidan Investitsiya dasturiga ko‘ra 2 ta ob’ekt ya’ni A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau yo‘lining 440-553 kilometrlarini qayta qurish ishlari hamda Urganch-Cholish-Beruniy aylanma yo‘lidagi Amudaryo ko‘prigi qurilishi ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilib, 2012 yilning yanvar-mart oylarida bu ob’ektlarda jami 10,6 mlrd. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Dasturga asosan sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi hisobidan viloyatda 9 ta ob’ektda rekonstruktsiya ishlari rejalashtirilgan. 2012 yilning yanvar-mart oylarida erlarning meliorativ holatini yaxshilash yo‘lida 1862,7 mln. so‘mlik kapital mablag‘lar o‘zlashtirildi.


Shuningdek, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish bo‘yicha 2012 yil Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 3 ta yirik loyiha bo‘yicha mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish rejalashtirilgan.


1. Yiliga 5 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan «Shovot tekstil» MChJ qurilishida 2012 yilning yanvar-mart oylarida 8363 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirildi.


2. XII «Urganch yog‘» OAJda salamasdan glitserin va yog‘ kislotasi ishlab chiqarishni o‘zlashtirish ishlari  reja - grafikka asosan 2012 yilning aprel oyidan boshlangan.


O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 2012 yil 14 yanvardagi «2012 yilda qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish Dasturi to‘g‘risida»gi PK-1687-sonli qaroriga asosan 2012 yilda viloyatning 20 ta qishloq massivlarida namunaviy loyixalar asosida 650 ta uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, xozirgi kunda tender savdolari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.


Sanoat


Iqtisodiyotning muhim sohalari tarkibidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 109,1 %, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish 105,1 %, ga teng bo‘ldi.

Sanoat majmuasi faoliyatining tahlili

2012 yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari (ish-xizmatlar) ishlab chiqarish hajmi harakatdagi narxlarda 204,8 mlrd.so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 109,1 foizga teng bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda nodavlat sektorda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining ulushi 97 foizni tashkil qildi.

2012 yilning yanvar-mart oylarida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning shu davriga nisbatan elektroenergetika sanoatida 37,5 foizga, yoqilg‘i sanoatida 79,4 foizga, metallurgiya sanoati 97,3 foizga, qurilish materiallari sanoati 21,3 foizga, engil sanoat 6,4 foizga, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoatida 9,7 foizga o‘sdi.


Umumiy sanoat mahsulotlari hajmida engil sanoat ulushi 47,6 foizni, oziq-ovqat sanoati, un, yorma, makaron va omuxta em ishlab chiqarish sanoati 40,4 foizni, elektroenergetika 3,3 foizni, mashinasozlik va metallga ishlov berish sanoati 3,4 foizni, qurilish materiallari sanoati 3,0 foizni tashkil qiladi.


Xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish

2012 yilning yanvar-mart oylarida amaldagi narxlarda 103,2 mlrd.so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 105,1 foizga teng bo‘lgan.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning umumiy hajmida halq iste’moli mollarining ulushi 50,4 foizni tashkil qiladi. Halq iste’moli mollarining umumiy hajmida oziq-ovqat mahsulotlarining salmog‘i 72,8 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlarining hajmi 25,9 foizni tashkil qiladi.


Hozirgi vaqtda viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga 63,6 ming so‘mlik halq iste’mol mollari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103,3 foizni tashkil qildi.


2012 yilning yanvar-mart oylarida 19 ta asosiy sanoat korxonalaridan 2 tasi halq iste’moli mollarini ishlab chiqarish hajmini 2,4 mlrd so‘mga kamaytirgan.


Transport va aloqa sohasida

2012 yilning yanvar-mart oylarida iqtisodiyot tarmoqlarida transport orqali 6,6 million tonna yuk tashildi yoki ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 102,8 foizni tashkil qilgan. Yuk aylanmasi 146,2 million tonna - kilometrni yoki o‘tgan yilga nisbatan 100,6 foizni tashkil qildi.

2012 yilning yanvar-mart oylarida 75,9 million yo‘lovchi tashildi yoki bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 106,1 foizga teng bo‘ldi.


2012 yilning yanvar-mart oylarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va saqlab turishga ketgan harajatlar 784 mln.so‘mga teng bo‘ldi.


Respublika mahalliylashtirish dasturi (2011 yil 27 iyuldagi PQ-1590 sonli qarori)ga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27 iyuldagi «2011-2013 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1590-sonli qaroriga asosan mahalliylashtirish dasturiga yangidan yana 3 ta loyiha kiritildi.

Hozirgi vaqtda Respublika mahalliylashtirish dasturiga avval kiritilgan jami 8 ta loyihadan 7 tasi bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 1779,9 mln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Bu tadbir natijasida iqtisod qilingan valyuta miqdori 963,9 ming AQSh dollarni tashkil qildi. Maxalliylashtirish dasturi bo‘yicha viloyatimiz korxonalari tomonidan ichki bozorga 280,5 mln.so‘mlik mahsulot etkazib berilgan.


2012 yilda Mahalliylashtirish dasturini kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini ko‘paytirish va viloyatning belgilangan reja ko‘rsatkichini bajarilishini ta’minlash maqsadida dasturga yangidan “Urganch Baxmal” MChJda bumazin (flanel) ishlab chiqarish loyihasining Pasport hujjatlari 2012 yil 5 aprel kuni Respublika maxsus idoralararo komissiyasi kotibiyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim qilindi.


Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi

V-Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasida 2012 yil uchun tuzilgan shartnomalarning joriy yil 1 aprel holatiga bajarilish to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2011 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasinin tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011 yil 3 martdagi 59-son qarori hamda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi doimiy tashkiliy qo‘mitasining 2011 yil 6 sentyabrdagi 02/1-995-son yig‘ilish bayoni bajarilishini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-29 oktyabr kunlari Toshkent shahrida V Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yarmarkada viloyatimizdan qatnashgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xom-ashyo va tayyor mahsulotlar sotib olish uchun 6,4 mlrd.so‘mlik shartnomalar imzolandi. Shuning bilan birga o‘z mahsulotlari bilan qatnashgan tadbirkorlik sub’ektlari ichki bozorda sotish uchun 5,2 mlrd.so‘mlik, eksport bo‘yicha esa 2,2 million AQSh dollari miqdoridagi shartnomalar imzoladilar.


2012 yilning 1 aprel holatiga ko‘zda tutilgan  1,2 milliard so‘mlik o‘rniga 1,4 milliard so‘mlik mahsulotlar sotib olinib, reja 112 foizga bajarilgan.


2012 yilning 28-29 mart kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tgan hududiy sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi to‘g‘risida ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 28 fevraldagi “2012 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 55-sonli hamda viloyat hokimining 2012 yil 5 martdagi 67-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda joriy yilning 28-29 mart kunlari hududiy sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi o‘tkazildi.

Hududiy sanoat yarmarkasida viloyatdagi 162 ta korxona 350 dan ortiq turdagi o‘z mahsulotlari bilan qatnashib, 5,2 milliard so‘mlik 131 ta shartnoma imzolandi. Ko‘rgazmada 26 turdagi yangi mahsulotlar shu jumladan to‘rt turdagi mahalliylashtirish dasturi talablariga javob beradigan, 4 turdagi yangidan o‘zlashtirishi rejalashtirilayotgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan namoyish etildi.


Shuningdek, yarmarkada Toshkent shahridagi “Uzelektroapparat-Elektroщit” qo‘shma korxonasi vakillari ishtirok etishdi va viloyatimiz korxonalari bilan 1,6 milliard so‘mlik shartnomalar imzolandi.


Ko‘rgazmada 8 ta xorijiy korxonalar vakillari qatnashib, 1 million AQSh dollarlik  6 ta eksport shartnomasi ham imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009 yil 28 yanvardagi PQ-1050-sonli qarorining hududlardagi bajarilishi

Qaror doirasida 2012 yilning 1-choragida 26,7 mlrd.so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 105,7 foizni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasida sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 1442-sonli qaroriga asosan Xorazm viloyatida hududiy Dasturning bajarilishi to‘g‘risida.


Dasturga asosan jami 118 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi loyihalar amalga oshirilib, 114,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar kiritilishi rejalashtirilgan.


Shu davstur doirasida joriy yilning 1-choragida 9 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 1,2 million AQSh dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 43 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.


Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha joriy yilning 1-chorakida  4 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 288,1 ming AQSh dollarilik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 18 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.


Xorazm viloyatida 2011-2012 yillarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni kengaytirish, xizmat va servis sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi bo‘yicha 2012 yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.


Dasturga asosan 2012 yil 1-chorak yakuni bilan dastur doirasida 13 ta loyiha amalga oshirilib, umumiy qiymati 1,5 milliprd so‘m va 1226,3 ming AQSh dollari miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 111 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.


Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha 7 ta loyiha amalga oshirilib, 838,4 million so‘m va 805 ming AQSh dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan va 64 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilgan.


Xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish

Xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish dasturiga asosan viloyatda 2012 yilning yanvar-mart oylarida jami xizmatlar hajmining o‘sish sur’atlari 106,5 foizni tashkil qildi.

Natijada, yalpi hududiy mahsulot xajmidagi sohaning ulushi 56,5 foizga etdi. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasinin rivojlantirish bo‘yicha joriy yilning yanvar-mart oylarida jami 98 ta (prognoz 70 ta) xizmat ko‘rsatish shahobchalari tashkil qilindi.


Natijada, sohada 2715 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilib, belgilangan reja ko‘rsatkichi 103,5%ga  bajarildi.


Chakana savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-mart oylarida 346,7 mlrd.so‘mni yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,4 foizga o‘sishiga erishildi.


16.05.2012 y.

Xorazm viloyatini 2012 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot

Ishlab chiqilgan Dasturlar asosida 2012 yilda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha viloyatga jami 259 ta loyiha bo‘yicha umumiy hisobda 140,8 mlrd.so‘m. O‘z mablag‘i hisobiga 44,1 mlrd.so‘m va 8,1 mln.AQSh dollari va bank krediti hisobidan (53,2 mlrd so‘m, 12,4 mln.AQSh dollari) o‘zlashtirib 2882 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 139 ta loyiha hisobiga 1312 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha 120 ta loyiha amalga oshirilib 1570 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Bundan tashqari, 2012 yilda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yillik 3 foiz stavkalarda 1 mlrd. so‘m, tadbirkor ayollarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida yillik 3 foiz stavkalarda 1 mlrd. so‘m miqdoridagi kreditlar ajratilishi belgilandi.

2012 yilda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash bo‘yicha gaz quvurlarini qurish, mukammal ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish ishlariga 3456,5 mln.so‘mlik mablag‘lar sarflanadi. 30,62 km gaz quvurlari tortiladi.

Elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha jami 294,14 km uzunlikdagi 0,4-6-10 kVli xavo liniyalarini, 107 dona 6-10/0,4 kVli TP va 1 dona 35-110 kVli PSlarni o‘rnatish uchun jami 12,74 mlrd.so‘mlik mablag‘lari sarflanadi.

Ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha jami 186,8 km quvurlar tortishga 3640,2 mln.so‘m, 4759 ming.AQSh dollari sarflanadi.

Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2012 yilda Urganch shahridagi 14,4 km uzunlikdagi yo‘llarni ta’mirlash uchun jami 3,6 mlrd.so‘m sarflanadi.

Viloyatdagi mahalliy ahamiyatdagi ichki xo‘jalik yo‘llaridan 303,5 km yo‘l ta’mirlanadi va 20,4 mlrd.so‘mlik mablag‘lar sarflanadi.

Xorazm viloyatida 2012 yilda manziliy ro‘yxatiga kiritilgan meliorativ ob’ektlarni tizimli ta’mirlash va tiklash ishlarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha jami (910,5 km) 8,7 mlrd.so‘m mablag‘o‘zlashtiriladi.

Viloyatdagi suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi kanal va kollektorlarga 23 dona transformator, 15,8 km. uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari quriladi.

“O‘ztransgaz” AK tomonidan Urganch shahrida qish mavsumida gaz tanqisligini yuzaga kelishini oldini olish, shaharning gaz ta’minoti xavfsizligini hamda shahar aholisini uzluksiz gaz bilan ta’minlash maqsadida texnologik jarayonga ta’sir qilmagan holda shaharga yaqin bo‘lgan gaz taqsimlash stantsiyalaridan zahira (rezerv) gaz quvurlarini tortib keltiriladi.

2012 yilda viloyatga 150 ta “Isuzu” rusumli avtobusi olib keltiriladi.

02.05.2012 y.