Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Ekologiya

Xorazm viloyati O‘zbekiston Respublikasining shimoliy-g‘arbiy qismida, Amudaryoning quyi oqimining chap sohilidagi tekislikda joylashgan, shimol va shimoliy sharqdan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, janubdan va janubiy-g‘arbdan Turkmaniston Respublikasi bilan chegaralanadi. Iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, qor kam yog‘adi, harorat -300s gacha pasayadi, yozi quruq va issiq, harorat + 450s gacha qiziydi.

Amudaryo viloyatining ichimlik va qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish manbai hisoblanadi, undan o‘nlab suv tarmoqlari, jumladan, Polvon, G‘ozovot, Shovot, R-8, Qulovot kabi umumiy uzunligi 1000 km.ga yaqin bo‘lgan kanallar chiqarilgan.

Azaldan Xorazm vohasining tuprog‘i har xil darajada sho‘rlanib kelingan. Lekin Amudaryo suvi bilan keladigan loyqa suv orqali vohaning hamma maydoniga taralib, tuproq sho‘rligini normallashtirish bilan bir qatorda, tuproq strukturasini yaxshilagan, tiklagan, daryo tomondan loyqa bilan kelgan turli mikromineral moddalar tuproq ozuqaligini boyitgan. Shu sababli, Xorazm vohasining tuprog‘i ming-ming yillar davomida yuqori hosil bergan, shirin va mazali qovun-tarvuzlar, olma-uzumlar etishtirgan.

Tuproq sho‘rligiga va sho‘rlanish darajasini pasaytirishga qarshi davlatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Erlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga binoan 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan melioratsiya sohasida Davlat dasturini ishlab chiqish, ularni moliyalashtirishning aniq manbalarini shakllantirish, melioratsiya tadbirlarini kompleks olib borish ko‘zda tutilgan.

Bu yuzadan viloyatda 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan melioratsiya tadbirlari dasturi ishlab chiqilib, Hukumat komissiyasiga taqdim qilindi. Tadbirga muvoffiq viloyatda 2008-2012 yillarda 16506 km uzunlikda kollektor zovur tarmoqlarini tozalash rejalashtirilgan.

Viloyatda yer osti suvlarini pasaytirish va kerakli muvozanatda ushlab turish maqsadida «tabiiy drenaj»lardan keng foydalanilmoqda. Bunda har bir kontur ekin maydonlari atroflari bo‘ylab qatorlab tut daraxtlari ekish va sharoitga mos boshqa o‘simlik turlaridan foydalanish ancha samara bermoqda. Tutlar nafaqat ipakchilik ozuqa bazasi bo‘lib, shuningdek erlarni shamol eroziyasidan, qaqrab qolishdan saqlaydi va «tabiiy drenaj» vazifasini ham o‘taydi.

Xorazm viloyati o‘zining o‘simlik va hayvonot olamining turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Amudaryoning viloyat chegarasi bo‘ylab o‘tganligi daryo bo‘yida o‘ziga xos to‘qayzorlarni vujudga kelishiga asos bo‘lgan. Daryo qayiridagi jiydalar, yulg‘unlar, va turong‘ilar hosil qilgan o‘ramlar, chakalakzorlar, to‘qayzorlar yovvoyi cho‘chqa, to‘qay mushugi, bo‘rsiq, chiyabo‘ri kabi qator sut emizuvchilar, qirg‘ovul, qizilishton, zarg‘aldoq, haqqush kabi qushlar va har xil sudralib yuruvchilarning sevimli maskaniga aylanib qolgan.

Viloyatning janubiy chegarasi Qoraqum qumliklaridan o‘tganligi ham bu hududlarda tamomila boshqacha manzara hosil qilgan. Qumlikdagi saksovul, yulg‘unlar, quyonsuyak va qandimlar hamma joyda bir xil tarqalgan emas. Viloyatning tabiiy ko‘llari atrofida va ko‘lga yaqin erlarida qamish, qo‘g‘a, yantoq, shuvoq, bug‘doyiq, yaltirbosh, qumarjiq kabi o‘t o‘lanlar o‘sadi. Bu zonada umurtqali hayvonlardan toloy tovushqoni, tulki, qum mushugi, chiyabo‘ri, har xil kemiruvchilarni, shuningdek, to‘rg‘aylar, qorabovur, yovvoyi kaptar va boshqalarni uchratish mumkin.

Viloyat o‘rmon fondi yerlarining  umumiy yer maydoni 78412 gektarni tashkil qiladi, shundan o‘rmon bilan qoplangan yerlar 42000 gektardir.

Ekologik karta 



Ekologik xavfsizlik


Viloyatda keyingi yillarda ekologik xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Buning natijasida ichimlik suv sifatini yaxshilandi, shuningdek sanoat korxonalaridagi atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqaruvchi muqim manbalardagi chang va gaz tozalash uskunalari jihozlandi, qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi biologik kurash choralarini ko‘paytirish hisobiga  kimyoviy preparatlar qo‘llash ko‘lamini keskin kamaytirildi.

Jumladan, Honka tumanida paxta tozalash zavodi aholi punktidan ko‘chirildi, Eronning «Shimbar» firmasi tomonidan sutkasiga 100 ming kub metr suv tozalash inshoati ishga tushirildi, qishloq xo‘jaligi sohasida 120 ta biolaboratoriya faoliyat olib bormoqda. 

2006 yilda viloyat hokimligi tomonidan 2006-2010 yillarga  mo‘ljallangan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish xududiy Dasturi tasdiqlanib unga 22 ta tadbir kiritildi. Shundan, suv manbalarni muhofaza qilish bo‘yicha 8 ta tadbir, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha 3 ta tadbir, er resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha 7 ta tadbir, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha 4 ta tadbir. Hozirgi paytga ushbu tadbirlarni bajarish uchun 1880288,0 ming so‘m miqdorida mablag‘lar sarflandi va Tuyamo‘yin suv omborining 4,14 km uzunlikdagi dambalari ta’mirlandi, burg‘ulash va beton ishlari olib borildi.

Hozirgi kunda viloyatda 1978 yilda ishga tushirilgan Urganch shahar oqava suv inshootini tozalash samaradorligini oshirish muhim bo‘lib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Dasturda 2009 yildan boshlab Urganch shahar oqova suv tozalash inshooti bo‘yicha quyidagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

1. Urganch shahri uchun oqova suv tozalash inshooti qurilishi, quvvati sutkasiga 60 ming kubometr.
2.Urganch shahridagi o‘zi oqar va bosimli kanalizatsiya tarmoqlarini qayta tiklash, uzunligi 9,8 km.
3.Urganch shahridagi 4 ta okova suvlarni haydash stantsiyasini qayta tiklash. Xar birining quvvati sutkasiga 30 ming kubometrni tashkil qiladi.
4.Urganch shahridagi o‘zi oqar oqova suv tarmoqlarini qurish, uzunligi 11,2 km.
5.Urganch shahri 5-son oqova suv xaydash stantsiyasidan tozalash inshoatigacha bo‘lgan uzunligi 11,4 km bosimli quvurni qurish.

Ekologik loyihalar

Xorazm viloyatida 2002 yildan boshlab yer va suvdan foydalanishning iqtisodiy va ekologik tuzilishini o‘rganish maqsadida olmon-o‘zbek ilmiy loyihasi hamkorlikda ish boshladi. Loyihaning asosiy vazifasi Xorazm viloyat qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samara va ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash maqsadida aniq takliflarni ishlab chiqish hamda loyihada O‘zbekistonda yosh mutaxassis va olimlarni o‘qitish, qayta tayyorlash ko‘zda tutilgan. Loyiha tomonidan hozirgi vaqtda viloyatning qishloq xo‘jalik sektorining iqtisodiy rivojlanish qo‘rsatkichlar dinamikasini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan tadqiqot guruhi faoliyat olib bormoqda.