Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Viloyat davlat soliq boshqarmasi: murojaat, ijro, nazorat, natija
12.05.2018

Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi natijasida ushbu soha vakillarining yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga noqonuniy harakatlar bilan o‘z daromadini oshirishni niyat qilgan «g‘irrom tadbirkor» lar ham afsuski uchrab turadi.

Quyida hududiy Xorazm viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

«Ishonch telefon»lari eshitadi...

Hozirda viloyat davlat soliq xizmati organlarida faoliyat ko‘rsatayotgan «Ishonch telefon»lariga bo‘layotgan murojaatlar o‘z vaqtida qabul qilinib, izchil o‘rganib, tahlil etib borilmoqda. Xususan, «Ishonch telefon»lari orqali 2018 yil aprel oyida jami 21 nafar jismoniy shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Ushbu murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Huquqbuzarlik uchun jazo muqarrar 

2018 yil aprel oyi davomida  amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 38 nafar shaxsga nisbatan 6,5 million so‘m ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Shu jumladan:

- uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 16 nafar;

         -daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishdan bo‘yin tovlagan deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etmagan yoki unda atayin noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etgan 22 nafar;

          Viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, ochiq muloqot va murojaatlar echimiga qaratilayotgan e’tibor soliq sohasining ochiq va oshkoraligini ta’minlashda, aholini soliq qonunchiligiga oid huquqiy bilimlarini oshirishda hamda tadbirkorlik sub’ektlarini qonuniy faoliyat yuritishi orqali sohadagi imtiyoz va preferentsiyalardan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 


Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi