Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



"VATANPARVAR” TASHKILOTI TASHKIL TOPGAN KUN KENG NISHONLANDI
25.11.2017

 

"VATANPARVAR” TASHKILOTI TASHKIL TOPGAN KUN KENG NISHONLANDI

Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan mamlakatimiz mudofaasini kuchaytirish masalasi davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Buning natijasida, yurtimiz xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday g‘arazli urinishlarning oldini olishga qodir bo‘lgan, ixcham, tezkor, tashkiliy jihatdan mukammal, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan milliy armiyamiz shakllandi.

Quvonarlisi, hozirda milliy armiyamizda xizmat qilish aholimiz, xususan, yoshlarimiz uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki insoniylik tamoyillariga xos orzu-niyatga aylandi. E’tiborli tomoni yana shundaki, diyorimizda harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlarning har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishi uchun etarli shart-sharoit va imkoniyat yaratib berilayotir.

Xususan, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi yurtimiz kelajagi sanalgan yoshlarimizni elimizga sadoqatli, xalqimizga mehr-muruvvatli, jismonan baquvvat va sog‘lom ruhda voyaga etkazishdek xayrli ishlarda faollik ko‘rsatyapti. Mazkur tashkilot tizimidagi idoralarda Vatanimiz Qurolli Kuchlari va xalq xo‘jaligiga har yili yuzlab ommaviy kasbdagi hamda texnik mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda. Shuningdek, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilayotir.

Mamlakatimizda soha xodimlari har yili 23-noyabr kuni - "Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganligini keng nishonlashadi. Tabiiyki, joriy yil ham bundan mustasno bo‘lmadi. Joylarda qutlug‘ sana munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi. O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati kengashi tasarrufidagi tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari uyushtirildi. Jumladan, viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, Urganch birlashgan texnika maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirlar chog‘ida tizimda ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, o‘zining fidoyiligi bilan hamkasblari mehrini qozongan ishchi-xodimlar, shuningdek, mehnat faxriylari faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Ikrom XUDOYBERGANOV