Xorazm viloyati hokimligi rasmiy sayti
Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



VATANIMGA XIZMAT QILAMAN
01.02.2018

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida islohotlar amalga oshirildi va u tashkiliy hamda tarkibiy jihatdan zamon talablari darajasida takomillashdi.
Tuzilmalarning harakatchanligi, jangovar qobiliyati, tayyorgarligi oshdi. Qism va bo‘linmalar zamonaviy texnika bilan ta’minlandi. Qurolli Kuchlar safida chuqur bilimli, tajribaga, mahoratga ega bo‘lgan yigitlar sadoqat bilan xizmat qilmoqda. Harbiy kadrlar tayyorlash sohasida tizimli ravishda amaliy ishlar olib borilayotir.
Shimoliy-G‘arbiy harbiy okrugining Serjantlar tayyorlash maktabida ham yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta  e’tibor qaratilmoqda. Yaqinda ushbu maktabni tamomlagan navbatdagi bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Viloyat markazidagi "Yoshlik" sport majmuasida ana shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimligi, qator boshqarmalar,   tashkilotlarning mas’ul xodimlari, yoshlar, faxriylar, bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda viloyat hokimi I.Sabirov qatnashdi va so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish yigitlarimiz uchun shon-sharaf ishiga, faxrli burchga aylanib, ular  yuksak mas’uliyatni his qilgan tarzda xizmat qilmoqdalar.
- Bugun-men uchun quvonchli kun. Orzu qilgan kasbim egasiman. Serjantlar tayyorlash maktabida chuqur bilim olishimiz, malakali  mutaxassis bo‘lib etishishimiz uchun barcha  sharoitlar yaratildi. Mashg‘ulotlarda, shuningdek, axborot-resurs markazida bilimlarimiz yanada mustahkamlandi. Bugun qo‘limga sertifikatni olar ekanman, yana bir bora biz kursantlarga yuksak darajada bilim bergan ustozlarga, murabbiylarga rahmatlar    aytamiz, ona Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyorman, - deydi Alijon Ergashev.
Tadbirda qatnashgan bitiruvchilarning onalari, ustozlari o‘z quvonchlarini mamnunlik bilan izhor etishdi.
Tadbir taniqli san’atkorlar, yosh iste’dod egalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan yakunlandi.