Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



“Uz-Kadr” – kadrlar to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlar banki
16.07.2015

Kompyuter asri deb nomlagan bugungi davrni axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilish  qiyin. Ish samaradorligini oshirishni, vaqtdan unumli foydalanishni istagan har qanday shaxs yoki tashkilot borki, u, albatta, AKTga murojaat qiladi.  Shunday ekan, bu sohadagi bilim va tajribalarni doimiy oshirib borish, foydalanuvchilar uchun yanada qulay texnologiyalarni joriy qilishni davrning o‘zi talab qilmoqda. 
Viloyat kompyuterlashtirish markazining faoliyati ham mazkur sohada izlanishlar olib borishga, bugungi kun  ehtiyojlariga mos yangiliklar qilishga qaratilgan.
Markaz tomonidan ishlab chiqilgan “Uz-Kadr” axborot tizimini yaratishda ham ayni shu maqsadlar ko‘zda tutilgan.
Xo‘sh,  “Uz-Kadr” o‘zi qanday tizim? Unga bo‘lgan ehtiyoj qay darajada? Foydalanuvchilar uchun qanday imkoniyat va qulayliklarga ega?
Tizimga bir so‘z bilan “Uz-Kadr” – kadrlar to‘g‘risidagi to‘liq va aniq ma’lumotlar banki, deya ta’rif berish mumkin. Yanada aniqroq qilib aytganda, xudud bo‘yicha kadrlar hisobini yuritish  va tashkilotlarda kadrlar hisobi bo‘yicha ishchi o‘rinlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona axborot tizimidir.
Sir emaski, bugungi kunda viloyatda kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni boshqarish va ularni tahlil qilishda kamchilik va muammolar talaygina. Oddiy misol: viloyatda kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona va yaxlit bazasi yo‘q yoki yuqori tashkilotlarning xududiy bo‘limlari  va  xududlar  bo‘yicha kadrlar hisobini yuritish imkoni mavjud emas. Shuningdek, tashkilotlarda kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritishda  qog‘oz va soha uchun mo‘ljallanmagan turli xil dastur (Microsoft Word, Microsoft Excel va h.z.) lardan foydalanish soha xodimlarining ish unumdorligining ancha pasayishiga olib kelayotganligini ham bemalol o‘z yechimini kutayotgan muammo sifatida ko‘rsatish mumkin. 
Faraz qilaylik, qaysidir ishlab chiqarish tashkiloti kadrlar saviyasining pastligi, ularning o‘z sohalari bo‘yicha ko‘nikmaga ega emasligi natijasida inqirozga yuz tutdi. Korxonani zudlik bilan “oyoqqa tiklash” kerak. Buning uchun mazkur korxonaga, eng avvalo, qobiliyatli  rahbar va tajribali ishchi-xodimlar zarur. Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak? Tanish-bilishlar, ularning qandaydir asosli yoki asossiz takliflari orqali masalani qaysidir ma’noda hal qilish  mumkindir. Biroq bu Sizdan qanchalik vaqt talab qiladi yoki qay darajada natijador bo‘ladi, degan savolga javob berish ancha qiyin. Ana shunday paytda viloyat bo‘yicha shakllangan yaxlit kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasiga ehtiyoj tug‘iladi. 
Yoki qaysidir yuqori tashkilotdan tashkilot va uning hududiy bo‘limlaridan munosib bir kadrni davlat mukofotiga nomzod sifatida  ko‘rsatish so‘ralgan bo‘lishi mumkin. Tabiiyki, har qanday mukofotning o‘z mezonlari bor. Bu paytda mazkur yuqori tashkilotda uning quyi tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan kadrlar to‘g‘risida aniq va to‘liq ma’lumotning yo‘qligi birinchi muammoni yuzaga keltiradi. Xo‘p, ma’lumotlar ham topildi, deylik. Endi 100-200, kerak bo‘lsa 1000 xodim ichidan mukofot talablariga javob beradigan munosib nomzodni qanday tanlaymiz? Ular haqidagi ma’lumotnomalarni bir-bir titkilash orqalimi? Ungacha mukofot o‘z egasini topib ketishi hech gap emas. Agar Siz rahbar sifatida o‘zim yaxshi bilgan bir kadrning nomzodini ko‘rsatib qo‘yaverardim, deya javob bersangiz, bu Sizning kadrlar borasida adolatsiz qaror qabul qilishiningizdan dalolat beradi va xodimlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Shu va shu kabi muammolarga duch kelganingizda “Uz-Kadr” axborot tizimi imkoniyatlaridan foydalanish Sizning kadrlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tez va aniq ko‘rinishda olishingiz va xolis qaror qabul qila olishingiz uchun yaxshi tanlov bo‘la oladi. Chunki tizim orqali Siz har bir kadrning umumiy ma’lumotlari, pasport ma’lumotlari, mehnat faoliyati, ilmiy unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan birga uning attestatsiya natijalari, xattoki, rag‘bat va jazolarigacha xabardor bo‘lishingiz mumkin. 
Bundan tashqari, tizim Sizga kadrlar bo‘yicha turli xil statistik hisobotlarni shakllantirish; xodimlarning tug‘ilgan kunlarini, pasport, mehnat shartnomalari  muddatlarining tugayotganligini eslatib turish; xodimlar ma’lumotlarini internet tarmog‘i orqali himoyalangan bosh serverga jo‘natish; internet mavjud bo‘lmagan hududlarda ham on-line, ham off-line rejimda  ishlash; tashkilot kadrlarining yo‘qotilgan yoki shikastlangan ma’lumotlarini internet tarmog‘i orqali bosh serverdan qayta tiklash kabi bir qator imkoniyatlarni ham taqdim qiladi.
Tizimning iqtisodiy taraflariga to‘xtaladigan bo‘lsak, foydalanuvchilar uchun bu borada bir qator qulayliklar mavjud. Eng avvalo, internet trafigini kam sarflaydi, tez ishlaydi. Shuningdek, boshqa shu turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan dastur narxining ancha pastligi bilan ajralib turadi.
Xulosa sifatida aytganda, “Uz-Kadr” axborot tizimi Sizning vaqtingiz va mablag‘ingizni tejab, faoliyatingiz samaradorligining oshishiga, kadrlar bilan  bog‘liq har qanday muammoni tez va oson yechishingizga yordam beradi.


Viloyat hokimligining Axborot xizmati