Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



UYUSHMAGAN YOSHLAR VA AYOLLAR MUAMMOLARI KUN TARTIBIDA
01.08.2017

UYUSHMAGAN YOSHLAR VA AYOLLAR MUAMMOLARI KUN TARTIBIDA

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o‘zining Oliy Majlis Palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasida siyosiy partiyalarning uyushmagan yoshlar bilan ishlashga e’tibor qaratmayotganliklarini tanqid qilgan edi. Ushbu tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqargan O‘zMTDP faollari deputatlarimiz bilan birgalikda joylarda uyushmagan yoshlar bilan muloqot qilishga, ularning muammolarini o‘rganishga astoydil kirishdilar.

 

Xorazm viloyatida ham partiya "Yoshlar qanoti” va "Ayollar qanoti” faollari va deputatlik korpusi vakillari shahar va qishloqlarda xonadonma-xonadon yurib hech qaerda o‘qimaydigan va ishlamaydigan yoshlar bilan dildan suhbatlashib, ularning dardiga quloq tutdilar, muammolarini hal qilish chora-tadbirlarini ko‘rdilar.

Chunonchi, O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Gurlan tuman Kengashi "Yoshlar qanoti” hamda "Ayollar qanoti” etakchilari hamda xalq deputatlari Gurlan tuman kengashi deputati Shavkat Rajabov bilan birgalikda 21-iyul kuni Gurlan tumanidagi Ma’rifat va Navbahor mahallalarida yashovchi uyushmagan yoshlar va xotin-qizlarning uylariga tashrif buyurib ularning muammolarini o‘rgandilar.

"Navbahor” mahallasi Qadriyat ko‘chasi 10-uyda yashovchi Mahmudjon Soliyev va uning qo‘shnisi Qadriyat ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi Alibek O‘rozmetovlar hozirgi kunda ishga joylasha olmayotganliklarini aytib deputatdan ishga joylashishda yordam berishini so‘radilar. Ular tumanda mavjud barcha ish o‘rinlari ro‘yxati bilan tanishtirildi. Bundan tashqari, shu mahallada yashovchi Sevara Egamova tuman tibbiyot birlashmasining xotin-qizlar sog‘ligini muhofaza qilish borasida patronaj hamshiralar o‘z faoliyatida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotganliklarini aytib ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Sevara Egamovaning takliflari tuman tibbiyot birlashmasiga etkazildi.

Muloqotlar chog‘ida hududlardagi qator dolzarb muammolar ham yuzaga chiqmoqda. Xonqa tumani Qoraqosh qishlog‘i Nurobod mahallasida yashovchi Yulduzxon Satliqova hamda Charosxon Quromboyevalar Nurobod mahallasida maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligini va, agar, bolalar bog‘chasi bo‘lsa uyida bola tarbiyasi bilan mashg‘ul ko‘pchilik ayollarda ishga kirish imkoniyati paydo bo‘lishini aytib, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ro‘zika Bobojonovadan bu borada amaliy yordam berishini so‘radilar. Deputatimiz mazkur murojaat asosida tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limiga deputatlik so‘rovi yubordi.

– O‘quvchi va talaba yoshlar ta’lim muassasalari e’tiborida bo‘lishadi, – dedi biz bilan suhbatda partiya viloyat kengashi devoni rahbari G‘ofurjon Yusupov. – Oliygohga o‘qishga kirolmagan, ishga joylasholmagan, bandligi ta’minlanmagan yoshlarimiz esa jamoatchilik, xususan, siyosiy partiyalar e’tiboridan chetda qolib kelganligi achchiq haqiqat. Shu boisdan ham joylarda uyushmagan yoshlarga hayotda o‘z o‘rnini topishda yaqindan yordam berish, ayollarimizning ijtimoiy faolligini oshirish masalasini o‘z oldimizga dolzarb qilib qo‘ydik. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashkilotlari bu yuzadan tizimli ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqmoqda. Deputatlarimizning yoshlar bilan o‘tkazayotgan muloqotlari shu keng qamrovli ishlarning bir qismidir.

Bu kabi muloqot tadbirlari joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal qilinishi bilan birgalikda O‘zMTDPning siyosiy kuch sifatidagi nufuzi oshishiga ham xizmat qiladi.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP Xorazm viloyat Kengashi devoni yetakchi mutaxassisi.