Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



USTOZ SAN’ATKOR TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RIK-TANLOVNING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI
03.05.2017

USTOZ SAN’ATKOR TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RIK-TANLOVNING VILOYAT BOSQICHI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov Xorazm lazgisi, maqom va suvoralari, doston va xalq qo‘shiqlarining mohir ijrochisi, o‘zbek milliy mumtoz qo‘shiqchilik san’atida o‘ziga xos ijrochilik maktabini yaratdi, betakror ijrochilik yo‘li va yaratgan qo‘shiqlari bilan milliy san’atimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shdi.

Ustoz san’atkor bastakor sifatida ham ko‘plab g‘azal va muhammaslarga kuy bastalab, o‘zbek mumtoz ashulachilik san’ati uchun boy meros qoldirgan san’atkorlar sirasiga kiradi. Uning jozibali va kuchli ovozi har bir asar talqinida hamohangligi bilan ajralib turgan.

Ayni damda, respublika miqyosida K. Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazilayotir. O‘tgan shanba, 28-aprel kuni Urganch shahridagi Xorazm viloyati musiqali drama teatrida ana shu tanlovning viloyat bosqichi tashkil qilindi. Viloyat hokimligi, madaniyat boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan mazkur tadbirda shahar va tumanlar bosqichida yuqori natijaga erishgan 70 nafardan ziyod qatnashchi o‘z ijrochilik mahoratini O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gavhar Ibodullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Matyoqubov, shuningdek, vohaning san’at sohasidagi taniqli mutaxassislaridan iborat bo‘lgan hakamlar hay’ati e’tiboriga havola etdi.

Hakamlar hay’atining yakuniy sarhisoblariga ko‘ra, Urganch shahridan Artur Ozodov, qo‘shko‘pirlik Jalil Masharipov, shovotlik Nabijon Xudoyberganov, xivalik Bektosh Xudoyberganov va Jasurbek Qurbonovlar Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan respublika ko‘rik-tanlovining Xorazm viloyati bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, ko‘plab san’atkorlar sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

Endilikda, viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari ko‘rik-tanlovning joriy yilning may oyida Shovot tumanidagi Komiljon Otaniyozov nomli istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida sinovdan o‘tadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV