Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



USTOZ HOFIZ – YUKSAK E’ZOZDA
22.07.2017

USTOZ HOFIZ – YUKSAK E’ZOZDA

O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining yuz yilligi munosabati bilan boshlangan yubiley tantanalari viloyatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

O‘zbek milliy musiqa san’ati va madaniyati rivojiga betakror hissa qo‘shgan, umrini ana shu qutlug‘ va ezgu ishga baxshiyda qilgan O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tantanalari munosabat bilan mamlakatimizning barcha viloyatlaridan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, boshqa qardosh davlatlardan ko‘plab aziz mehmonlar, san’atkor ijodi muxlislari, keng jamoatchilik vakillari ushbu qutlug‘ shodiyona quvonchlarini birgalikda baham ko‘rdilar.

Azaldan ilm-fan, madaniyat, san’at va adabiyot ravnaq topgan, tuprog‘i tillolarga qiyos vohamiz bamisli katta to‘yxonaga aylandi. So‘z va sozning qudrati ayni mana shu muborak tantanalar boshlangan lahzalardanoq yana bir bor namoyon bo‘ldi. Yuksak iste’dod sohibi, o‘z davrida xalqimizga fidoyi xizmat qilib, o‘zidan boy musiqiy meros qoldirgan Komiljon Otaniyozovning betakror san’ati mustaqillik baxsh etgan beqiyos imkoniyatlar tufayli yana bir bor qadr-qimmat topganligi, e’zozu e’tiborga, yuksak ehtiromga sazovor bo‘lganligi tantanalar davomida yana bir bor yoqqol namoyon bo‘ldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev milliy qadriyatlarimizga, o‘zbek san’atiga bo‘lgan ulkan e’tibori, buyuk hofiz Komiljon Otaniyozov xotirasini yodlash, ulug‘lash, abadiylashtirishga qaratilgan yubley tantanalarining har lahzasida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Ustoz hofiz ulug‘yoshining bunday yuksak ehtirom ramzi sifatida nishonlanayotganligi uchun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevga san’atsevar xalqimiz tomonidan chuqur minnatdorchilik tuyg‘ulari bildirilmoqda.

Darhaqiqat, Prezidentimizning qimmatli ko‘rsatmalari Komiljon Otaniyozov yubileyining munosib kutib olinishiga, ko‘plab xayrli va ezgu ishlarning amalga oshirilishiga mustahkam zamin hozirladi. Viloyat hokimi P.Bobojonov boshchiligida qisqa muddatlarda havas va hayratga loyiq bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirildi.

Yubley munosabati bilan tayyorlangan maxsus dastur asosida adabiy-badiy kechalar, tanlovlar, kechalar, soz-suhbat davralari aynan yubley kunlarida ham qizg‘in davom etmoqda.

Tashkil etilayotgan tadbirlarda Komiljon Otaniyozov hayoti faoliyatining milliy san’atimizning yuqori pog‘onalarga ko‘tarilishidagi o‘rni, buyuk hofizning Vatan, el-yurt oldidagi sadoqatli xizmatlari yanada keng, chuqur tadqiq va targ‘ib qilinmoqda.

...20 iyul kuni ertalab mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari, adabiyot va san’at namoyondalari, muxlislar, nuroniylar, yoshlar Urganch tumanidagi Chotko‘pir qishlog‘idagi Komiljon Otaniyozov va uning avlodlari qabrini ziyorat qilishdi.Qabr boshida qur’on tilovat qilindi. Bu erda olib borilgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yangidan barpo etilgan me’moriy obida, ziyoratchilar uchun yaratilgan shart-sharoit barchada unitilmas taassurot qoldirdi.

Shundan so‘ng Komiljon Otaniyozovning Urganch shahridagi o‘zi yashagan va ijod qilgan hovlisidagi uy-muzeyining ochilishi tantanasi bo‘ldi. Ishtirokchilar buyuk hofizning qutlug‘ qadamlari tekkan uyida uning qanday yashaganligi, ijod jarayoni qanday bo‘lganligi, boy kutubxonasi, shaxsiy hujjatlari va buyumlari, o‘zbek san’at sohasi rivojiga qo‘shgan betakror hissasi bilan bog‘liq ma’lumotlar, suratlar bilan yaqindan tanishdilar.

- Men asli Komiljon Otaniyozov tug‘ilgan Shovot tumani Bo‘yrachi qishlog‘idanman, dedi mehnat faxriysi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi a’lochisi Erkin Ollamov. - Komiljon aka bilan bir mahallada yashaganmiz. Ko‘p hamsuhbat bo‘lganman. Uning merosini targ‘ib qilish bilan qirq yildan ziyod shug‘ullanib kelyapman. O‘zimning shaxsiy arxivimdan Komiljon Otaniyozov faoliyati bilan bog‘liq ayrim hujjatlar, suratlar, tabarruk buyumlarni muzeyga sovg‘aqildim. Bu muqaddas dargohda katta-yu yoshga ustoz san’atkor ruhi yor bo‘ladi, aziz siymosi ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Bunday imkon uchun behad shodmiz, minnatdormiz.

Komiljon Otaniyozov nomidagi Ijod markazi va boqqa tashrif buyurganqatnashchilar qalbiquvonchlarga to‘ldi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taklifi bo‘yicha bu erda qisqa muddatda barpo etilgan Ijod markazi binosi mahobati bilan hayrat va havas uyg‘otib, barchaning diqqatinio‘ziga jalb etdi. Ijod markazi binosi oldida hofiz yodgorligining ochilishi tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, mohir haykaltarosh Otaxon Olloberganov tomonidan yaratilgan buyuk san’atkor siymosi xalq amaliy san’ati durdonasi sifatida baholandi. Ana, o‘z hayotini, umrini san’atga baxshiyda qilgan ulug‘ hofiz qo‘lda tori bilan hamon el xizmatiga kamarbasta bo‘layotganday eldoshlariga minnatdor boqib turibdi. Xalqi oldidagi xizmatlari bu qadar yuksak qadr topayotganidan minnatdor bo‘lib, dil rozlarini baralla kuylayotganday: "...Shu voyaga etkazgan rahmatim ko‘p Vatanga!"

Bu so‘lim maskan yurtdoshlarimizning miriqib, mazmunli dam olishlariga xizmat qiladigan fayzli, tabarruk go‘shaga aylanadi. San’atga ixlosmand yosh iste’dodlarni kashf etishda katta ahamiyat kasb etadi. Urganch tumanidagi 11-son bolalar musiqa va san’at maktabi rahbari R. Rahimov dil izhorlarini bildirdi:

- Ustoz Komiljon Otaniyozov nomi bilan bog‘liq so‘lim bog‘, Ijod markazi bizning bilim maskanimiz bilan yonma-yon joylashganligi, ayniqsa, jamoamiz, yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi. Ochiqdarsmashg‘ulotlarini, turli tadbirlarni Ijod markazi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazamiz. Majmua tarkibidagi amfiteatrda esa viloyat, Respublika miqyosidagi nufuzli anjumanlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bayram tomoshalari o‘tkazilishini eshitib juda xursand bo‘ldik. Bu butun voha ahli, hammamiz uchun faxr, g‘urur, quvonch...

20 iyul kuni Xorazm musiqali drama teatrida ulug‘ hofiz xotirasiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yillik bayrami qatnashchilariga tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi H.Sultonov o‘qib eshittirdi.

Tadbirda Tojikiston xalq artisti Jo‘rabek Murodov, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Yoqub Ahmedov so‘zga chiqdilar.

Tantanali tadbirda so‘zga chiqqan viloyat hokimi P.Bobojonov ulug‘ hofizning hayoti va ijodiy faoliyatiga keng to‘xtaldi.

Komiljon Otaniyozov nomidagi uymuzey rahbari R.Otaniyozova ko‘rsatilgan beqiyos ehtirom uchun chuqur minnatdorligini izhor etdi.

Tadbir qatnashchilari O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov qalamiga mansub "Uch bo‘ston bulbuli" spektaklini katta e’tibor bilan tomosha qildilar.

Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda gazetamizning navbatdagi sonida batafsil yoritiladi.

Abdulla SAFOYEV.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 22 iyul №58