Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Urganchda “Do‘stlik va NNTlar uyi” ochildi
06.09.2018

“Do‘stlik va NNTlar uyi”ning birinchi bo‘lib Urganchda ochilishi viloyatda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillarini behad quvontirdi. Bu erda milliy madaniy markazlarning yanada samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Urganch shahri markazida foydalanilmay turgan inshoot jami 1 milliard 300 million so‘m evaziga to‘liq rekonstruksiya qilinib, ta’mirdan chiqarildi. Ayni paytda ushbu binoda viloyatda faoliyat olib borayotgan tatar, koreys, rus va qozoq milliy madaniy markazlari hamda 20 ga yaqin nodavlat notijorat tashkilotlari ish boshladi. Shuningdek, binoda turli madaniy tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan zal, til o‘rgatish markazlari, raqs xonasi, kompyuter to‘garagi xonasi, tibbiyot va dam olish xonalari hamda koreys milliy madaniy markazi tomonidan tashkil etilgan muzey joylashgan. Bugungi kunda Xorazm viloyatida 30 ga yaqin millat vakillari ahil-inoq istiqomat qilmoqda. Milliy madaniy markazlar millatlararo do‘stlik va hamjihatlik, o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida jamoat tashkilotlari faolligini oshirish, ularning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida nodavlat notijorat tashkilotlari yordamida ba’zi yo‘nalishlarda kuzatilgan muammolar joyida hal etilmoqda, xalqimiz turmush sharoiti yaxshilanishiga hissa qo‘shayotir. Tadbir doirasida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tanlovida g‘olib bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati NNTlariga sertifikatlar topshirildi.