Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Urganch xalqaro aeroportida “Yashil”va “Qizil” yo‘laklar tizimi ishga tushurildi.
03.01.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktyabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

Qaror ijrosi doirasida "Urganch” xalqaro aeroportida 2018 yil
1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslar uchun bojxona hududiga kirib kelish va uni tark etish bo‘yicha "yashil” va "qizil” yo‘lak tizimini amaliyotga tatbiq etildi. 2021 yilning 1 yanvaridan boshlab esa, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtomobil va temir yo‘l o‘tkazish punktlarida kuchga kiradi.

Joriy qilingan qulayliklar fuqarolarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, nazoratning samarali usullarini qo‘llashga olib keladi. Eng muhimi, respublikamizda turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.

Yashil yo‘lakdan jismoniy shaxslar notijorat maqsadlardagi qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarini bojxona chegarasidan yozma ravishda deklaratsiyalamasdan turib olib o‘tishlari mumkin.

Ya’ni, jismoniy shasxning "yashil” yo‘lakdan o‘tishi bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovar va belgilangan me’yordan ortiq naqd valyutalari yo‘qligini ma’lum qilish sifatida qaraladi. Bu esa jismoniy shaxsni bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etmaydi.

Qizil yo‘lakdan jismoniy shaxslar qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozma ravishda ma’lum qilib, o‘tishadi. Bojxona organlari "qizil” yo‘lakda bojxona nazoratining tegishli shakllarini qo‘llashadi.

Agar jismoniy shaxslar ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotgan bo‘lsa, ushbu tovarlarga nisbatan ham bojxona rasmiylashtiruvining qonun hujjatlarida belgilangan umumiy qoidalari qo‘llaniladi.

Shuni mamnuniyat bilan aytish mumkinki, yo‘lovchilarning yaratilgan tizimga munosabati juda yaxshi bo‘lmoqda.

 

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi

OAV bilan aloqalar guruhi katta inspektori

Ikrom Matniyozov