Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



URGANCH SURATLAR GALEREYASIDA AN’ANAVIY FESTIVAL BO‘LIB O‘TDI
24.04.2017

URGANCH SURATLAR GALEREYASIDA AN’ANAVIY FESTIVAL BO‘LIB O‘TDI

Joriy yilning 19-22-aprel kunlari Urganch Suratlar galereyasida Xorazm viloyati hokimligi madaniyat boshqarmasi, Urganch Suratlar galereyasi va O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida an’anaviy "Tasviriy va amaliy san’at festivali” o‘tkazildi.

Tegishli idora va tashkilotlar vakillari, vohaning taniqli ijodkorlari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan festivalning ochilish marosimida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi o‘rinbosari Farhod Toshmuhammedov, taniqli haykaltarosh Shavkat Usmonov va boshqalar "Tasviriy va amaliy san’at festivalining ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritishdi.

Binobarin, festival ko‘rgazmasi ekspozitsiyasidan Xorazm vohasida tasviriy va amaliy san’atning qator yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan ustoz hunarmandlar, haykaltarosh va rassomlar qatorida, yosh ijodkorlarning jami 650 dan ziyod ijodiy ishlari o‘rin oldi. O‘z navbatida betakror va maftunkor bu asarlarni san’atsevar hamyurtlarimiz, xususan, ta’lim muassasalarining talaba va o‘quvchilari zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan tomosha qilishdi.

Kezi kelganda aytib o‘tish joizki, mazkur tadbir doirasida viloyatimizning taniqli musavvirlari ishtirokida mahorat darslari, uchrashuv va davra suhbatlari uyushtirildi. Festival yakunida esa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi.

Ikrom XUDOYBERGANOV.