Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



URGANCH SHAHRIDAGI “AVESTO” BOF-MAJMUASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 24 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN BAYRAM TANTANALARI BO‘LIB O‘TDI.
02.09.2015

Urganch ko‘chalari bo‘ylab bayramga oshiqayotgan eldoshlarimiz, aziz mehmonlarning chehralarida tabassum, qalblarida quvonch balqiydi. Betakror va yagona ona Vatanimiz sarxadlarida kezayotgan istiqlol shukuhi, bayram nafasi “Avesto” bog‘-majmuasiga ham ajib tarovat, nafosat bag‘ishlagan. 
Ana shunday ko‘tarinki kayfiyatda ishlab chiqarish peshqadamlari, madaniyat, san’at namoyandalari, O‘zbekiston Qaxramonlari, fidoyi tadbirkorlar-u fermerlar, mehnat faxriylari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari bayram tantanasiga tashrif buyurdilar.
Bayram arafasi bir guruh eldoshlarimizning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lganligi qalblarga yanada shodlik bag‘ishlaydi. 
Viloyat xokimi P.Bobojonov yurtdoshlarimizni, mehmonlarni eng ulug‘, eng aziz bayram bilan qutladi.
Mustaqillik yillarida vohamizda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, xalq xo‘jaligining barcha sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, istiqbolli loyixalarning hayotga izchillik  bilan tatbiq etilishi samaralari, qadim qadriyatlarimizning ulug‘lanishi, “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan faxriylarimizga ko‘rsatilayotgan cheksiz ehtirom, g‘amxurlikni, bu boradagi ezgu ishlarni alohida qayd etdi. Voha markazining bugungi kamoli va kelajagi, viloyatimizda sanoat dadil qadamlar bilan rivojlanayotganligi, Urganch shaxrida gidravlik ekskavator, Pitnakda “Damas” va “Orlando” avtomobillari, Xivada muzlatkich va sovutkichlar, Qo‘shko‘pirda velosiped ishlab chiqarilayotganligi, Shovot, Bog‘ot, Xazorasp tumanlarida maxalliy xom ashyodan ip-kalava tayyorlash korxonalari faoliyat ko‘rsatayotganligi, umuman viloyatimizda yigirmadan oshiq aholi extiyoji uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligini alohida ta’kidladi.
Prezidentimizning Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish, Urganch shahri bosh rejasini amalga oshirish, obodonlashtirish ishlarini va viloyat aholisini ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, shuningdek, turizm soxasini rivojlantirish Dasturlari to‘g‘risidagi, tadbirkorlikni yanada ravnaq toptirish borasidagi qarorlari ijrosi amalda o‘z ifodasini topayotganligi, bunga eldoshlarimiz o‘zlarining bilim, kuch-quvvati, ish tajribalarini to‘la safarbar etayotganliklarini mamnuniyat bilan ta’kidladi. Kelajakda viloyatimiz shahar, tumanlarida, mahallalar bag‘rida, hatto eng chekka hududlarda ham yaratuvchilik ishlari izchil va jadal davom ettirilishi, bugungi kunda sanoat, qurilish, transport va boshqa sohayu tarmoqlarda, xususan, qishloq xo‘jaligi ravnaqi asosi bo‘lgan dolzarb mavsum-paxta yig‘im-terimini muvaffaqiyatli o‘tkazish haqida gapirib, barchani qutlug‘ ayyom bilan yana bir bora muborakbod etdi.
Maydon uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.
Shundan keyin bayramning musiqali dasturi tantanalari boshlanadi. Taniqli san’atkorlar bilan birga yosh xonanda, raqqosalar, shuningdek, Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatri, Urganch shahridagi bolalar musiqa va san’at hamda 24-son maktablarning, kollejlar, qozoq, turkman, tatar, rus va koreys viloyat milliy madaniy markazlari jamoalari badiiy xavaskorlari bayramga zavq va shukuh bag‘ishladilar. Dastur davomida Erkin Samandarning vatanparvarlik mavzuidagi “Jaloliddin Manguberdi” spektaklidan lavha, Osiyo va jahon sport maydonlarida sovrindor bo‘lgan g‘olib sportchilar mahorati ham namoyish etildi.
    Bayram qatnashchilari o‘z taassurotlarini mamnuniyat bilan izhor qildilar.
Vera PAK, O‘zbekiston Qahramoni, Xivadagi 20-son “Mehribonlik uyi” direktori:
- Yayrab-yashnab raqsga tushayotgan, jonajon Vatani haqida to‘lib-toshib kuylayotgan balajonlar chiqishlarini ko‘rib qalbim quvonchlarga to‘ldi. Ular ozod va obod yurtimizning bolalari, mustaqillik farzandlari, kelajagimiz egalari...
Sharifboy RAJABOV, Bog‘ot tumanidagi “Bog‘ot” fermer xo‘jaligi rahbari, O‘zbekistoi Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi:
- Bayram biz qishloq xo‘jaligi xodimlariga, bobodehqonlarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Millatimiz iftihori bo‘lgan paxta yig‘im-terimi mana shu ajoyib tantana ilxomi, kayfiyati bilan boshlanib, muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonchim komil. Eldoshlarimni qizg‘in tabriklab, ishlarida omadlar tilayman.
Farog‘at SA’DULLAYEVA, “Urganch milliy tikuvchilik” oilaviy korxonasi rahbari:
- Yurtboshimiz tomonidan biz tadbirkorlarga katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning uchun tashakkurimiz cheksiz. Qator ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, g‘olib bo‘ldim. Bayramni bizning oilaviy korxona a’zolari ham munosib kutib oldilar.
Sahnaga chiqqan raqqosa qizlarning atlas kuylaklarini biz tikkanligimizdan, qolaversa o‘zim bayram tashkiliy guruhida liboslar bo‘yicha dizayner bo‘lib qatnashganligimdan fahrlanib o‘tirdim. Yurtimizda to‘y ustiga to‘ylar, mana shunday serzavq bayramlar bo‘laversin. Biz tadbirkorlar xolisona xizmatda bo‘laveraylik!
...Maydon uzra istiqlol va istiqbolni madx etuvchi Vatan xaqidagi taronalar yangraydi. Yuraklarni to‘lqinlantiruvchi qo‘shiq sadolari ostida osmon-u falak uzra ko‘zlarni qamashtirguvchi, ko‘ngillarga farah va ilhom, hayajon bag‘ishlovchi mushaklar sochilib, bir-biridan go‘zal, maftunkor manzaralar xosil qiladi. Bamisoli mustaqillik nashidasi ana shu manzaralarda namoyon bo‘layotganday tuyuladi. Dillarda beg‘ubor tuyg‘ular tug‘yon uradi: “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O‘zbekistonim!”. Gulla, yashna, kamol top. Bayraming muborak, aziz xalqim!
Bayram shodiyonalariga bag‘ishlangan madaniy - ma’rifiy tadbirlar vohamiz bo‘ylab davom etmoqda. Ayyom shodiyonalari barcha eldoshlarimizni yorug‘ va nurli manzillarga, yangi-yangi mehnat g‘alabalariga, yutuqlarga undamoqda.

Abdulla SAFOYEV.
“Xorazm haqiqati” 2015 yil 1 sentyabr №70 (19208)