Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



UNUTILMAS LAHZALAR
01.02.2018

O‘zbek milliy akademik drama teatri jamoasi spektakllari katta qiziqish bilan tomosha qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 11 yanvardagi majlisida Toshkent shahridagi teatrlarning respublika hududlari bo‘ylab gastrol safarlarini amalga oshirish lozimligi ta’kidlangan edi. Ana shunga muvofiq O‘zbek milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasining  Xorazm viloyatidagi gastrol safari davomida namoyish etilgan spektakllar eldoshlarimizda unutilmas taassurot qoldirdi.
Viloyat markazidagi "Yoshlar markazi"da namo-yish etilgan dramaturg Qo‘chqor Norqobilning "Taqdir sinovlari" spek-taklini tomoshabinlar zavq bilan tomosha qildilar.  Teatrning taniqli aktyorlari o‘zlari ijro qilayotgan obrazlarning ichki dunyosi, ruhiyatini yuksak mahorat bilan ochib berdilar.
- Spektaklni diqqat va maroq bilan tomosha qildim. Sahnadagi rol ijro qilgan mashhur aktyorlarni televizor orqali ko‘p marotaba ko‘rganman. Ularning viloyatimizdagi gastrol safaridagi spektakllarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilish imkoniyati yaratilganidan xursandmiz, - deydi urganchlik Muborak Sobirova.
Teatr spektakllarini  tomosha qilishga viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, boshqarmalar, tashkilotlarning rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari oila a’zolari bilan tashrif buyurdilar.
O‘z muxbirimiz.