Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



TURKMANISTONLIK MEHMONLAR XORAZMDA BO‘LDI
30.11.2017

TURKMANISTONLIK MEHMONLAR XORAZMDA BO‘LDI

 

Turkmaniston Respublikasining Dashoguz viloyati delegatsiyasi Xorazmga tashrif buyurdi.

Dashoguz viloyati hokimi M.Bayramguliyev boshchiligidagi mehmonlar dastlab Shovot tumanidagi "Katqal’aTeks” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, bu erdagi ishlab chiqarish jarayonlari ularda katta qiziish uyg‘otdi.

 

Shundan so‘ng, Dashoguz va Xorazm viloyatlari hokimlari boshchiligida har ikkala viloyatning xalq xo‘jaligi, madaniyat va san’at namoyandalarining uchrashuvi tashkil etildi. Yig‘ilishda ikki viloyat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xorazm viloyat iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i J.Avezov viloyat iqtisodiyot tarmoqlarining bugungi holati, kelgusi taraqqiyot rejalari haqida mehmonlarga atroflicha ma’lumot berdi va turkmanistonlik tadbirkorlarni hamkorlikka chorladi.

Shuningdek, Urganch shahridagi «Yoshlik» sport majmuasida sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Keyin Xonqa tumanida joylashgan qoramol va parrandalar uchun ozuqa ishlab chiqarishga mo‘ljallangan «Feedgran» korxonasini borib ko‘rildi. Delegatsiya a’zolari Hazorasp tumanidagi "GM Uzbekistan” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali faoliyati bilan ham tanishdilar.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar qadim va navqiron Xiva shahrini, jumladan, «Nurullaboy» va «Ichonqal’a» yodgorlik majmualarini ham ziyorat qilishdi. Shu bilan Dashoguz viloyati delegatsiyasining Xorazm viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi.

Ma’ruf Mangliyev