Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Turizm rivojida soliq imtiyozlari
28.05.2018

Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish, joylarda yangi ish o‘rinlari yaratishda turizm sohasi, xususan, mehmonxona xizmatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda ushbu sohani jadal rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini ko‘paytirish, ichki turizmni kengaytirish borasida turizm sohasida ham soliq to‘lovlaridan imtiyoz va imkoniyatlar yaratilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5326-sonli farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda. Ushbu hujjat ijrosini ta’minlash, ayniqsa, ichki sayyohlik xizmatini rivojlantirish borasida Xorazm viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati bo‘limi bilan hamkorlik tashkil etilgan davrv suhbatida ham asosiy e’tibor mazkur farmonning mazmun-mohiyati hamda ijrosiga qaratildi. 

Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat bo‘limi mutaxassislari, mahalliy turistik firmalar xodimlari, mehmonxona xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar hamda OAV vakillari  ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran turizm mahsulotlarini sotish va turizm xizmatlarini onlayn bronlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarga elektron to‘lovlar, bronlash, ekvayring va boshqa elektron xizmatlarni tatbiq etish, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirishga hamda o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi subektlarga tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlari haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. 

– Bugungi tadbirda Yurtboshimiz tomonidan qabul qilingan  5326-sonli farmonning mazmuni va ijrosini ta’minlashda soliq xizmati xodimlarining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi, - deydi, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Saidov. – Endilikda mazkur farmon bilan asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish bo‘lgan yuridik shaxslarni ular tomonidan tematik xiyobonlar foydalanishga topshirilgan kundan e’tiboran 3 yil muddatga foyda solig‘i, er solig‘i va mol-mulk solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovini to‘lashdan ozod etiladigan bo‘ldi. 

Shuningdek, farmonda turizm sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalridan ham unumli foydalanish borasida soliq imtiyozlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran turizm mahsulotlarini sotish va turizm xizmatlarini onlayn bronlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subektlarga elektron to‘lovlar, bronlash, ekvayring va boshqa elektron xizmatlarni tatbiq etish, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlarini taqdim qilish; o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi subektlarga tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo’naltirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish belgilangan. 

Bundan tashqari mazkur farmon bilan turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar (davlat muzeylari, galereyalar, madaniy meros obektlari va qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar ma’muriyatlari va boshqalar) o‘z faoliyatidan tushadigan tushumlarning kamida 5 foizini o‘z faoliyati hamda taqdim etayotgan turizm xizmatlari bayon etilgan reklama-tarqatish materiallarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlash va adadini ko‘paytirish uchun majburiy tartibda yo‘naltiradi. Bunda ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan harajatlar summasi bu tashkilotlarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarib tashlanadi. 

Hozirgi kunda viloyatda 60 ga yaqin mehmonxona xizmati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’eklarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ular asosan Urganch va Xiva shaharlarida joylashgan bo‘lib, ushbu mehmonxonalarda zamonaviy talablarga, jahon standartlariga javob bera oladigan xizmatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 

– Mamlakatimizda tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlayotgani tufayli mehmonxona xizmati faoliyatini yanada kengaytirishga harakat qilmoqdamiz, – deydi xivalik tadbirkor Zaynab Abdullaeva. – Viloyatga kelayotgan turistlar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Ularga xalqaro me’yorlar asosida xizmat ko‘rsatish borasida soliq imtiyozlaridan foydalanish biz uchun yana bir imkoniyat. Bugungi tadbirda soliq xizmati xodimlari tomonidan tadbirkorlar uchun bu sohada yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida ko‘p ma’lumotga ega bo‘ldim. Kelajakda faoliyatimizni yana kengaytirish, xizmatlar turini ko‘paytirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lash bilan birgalikda, imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanamiz. 

Bir so‘z bilan aytganda, hududlarda turizmni jadal rivojlantirish maqsadida davlat rahbari tomonidan yaratib berilayotgan bunday imkoniyatlar va imtiyozlar hududlarda xorijlik turistlar oqimi va turizm xizmatlari eksportini kengaytirish, tarmoqda yangi ish o‘rinlari yaratish asosida aholining bandlik darajasini oshirish, mehmonxonalar, sayyohlarni joylashtirishning boshqa vositalari va turizm faoliyati subektlari sonining ko‘payishiga xizmat qiladi. 


Dilrabo KURYAZOVA

Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i