Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy

Tug’ilgan vaqti: 780 yil, Xorazm, O’zbekiston 
Vafot vaqti: 850 Bog'od, Iroq

Abu Ja'far (Abu Abdulloh) Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy al-Majusi al-Katrabbuli (783, Xiva – 850, Bag'dod) – o'rta osiyolik buyuk matematik, astronom, geograf, fan tarixidagi ilk qomusiy olimlardan. Dastlabki ma'lumotni Xiva shahrida olgan va yetuk olim bo'lib shakllangan. Bunda arab istilosidan so'ng muayyan darajada saqlanib qolgan qadimgi Xorazm fani ananalari asosiy rol o'ynagan. Xalifa Horun ar Rashidning o'g'li va uning Xurosondagi voliysi al-Ma'mun huzuriga – Marvga taklif etilgan. 819 yilda Bag'dodni egallagan al-Ma'mun turkistonlik olimlardan Xorazmiy, Ahmad al-Farg'oniy, Habash al-Hosib Marvaziy, Abul Abbos Javhariy va boshqalarni o'zi bilan olib ketib, o'ziga xos ilmiy jamoa tashkil etgan. Bu jamoa fan tarixidagi dastlabki rosmana akademiya deb qaraladigan ilmiy muassasa - "Bayt ul-hikmat" ("Donishmandlik uyi") ning o'zagini tashkil etgan. Bu akademiyada Xorazmiy yetakchi olim va ilmiy rahbar bo'lgan. U shu davrdan boshlab Bag'dodda al-Ma'mun (813 – 833), so'ng al-Mo'tasim (833 842), al-Vosiq (842 – 847) xalifaligi davrlarida yashab ijod etgan.
Xorazmiyning bizgacha o'ntacha asari to'liq, qisman yoki ayrim parchalar tarzida yetib kelgan. Shu asarlarning o'ziyoq ko'rsatadiki, Xorazmiy insoniyat sivilizatsiyasiga buyuk hissa qo'shgan olimdir. Amerikalik fan tarixchisi Jorj Sarton Xorazmiyni "O'z zamonasining eng buyuk matematigi, agar barcha holatlar e'tiborga olinsa, barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri", deb baholagan. Bunday baho Xorazmiyning matematika tarixida tutgan bekiyos o'rni tufaylidir.
Xorazmiy algebra faniga asos solgani, bu fan atamasi uning "Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala" ("Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob") asari nomidan kelib chiqqani yaxshi ma'lum. Lekin ba'zan Xorazmiy faqat o'zidan avval ma'lum bo'lgan chiziqli va kvadrat tenglamalar yechish usulini tizimga solgan, degan nuqtai nazar uchraydi. Bu fikr Xorazmiy asari shu mavzudan boshlanganligi tufayli paydo bo'lgan. Holbuki, Xorazmiyning kitobi, birinchi navbatda, algebraik hisobga bag'ishlangan. Bu shundan ham ko'rinadiki, kitob nomi ikki muhim algebraik amal — aljabr va almuqobala bilan atalgan. Xorazmiy algebraik amallarni, avval tenglamalarni yechishda qanday qo'llanishini bayon etib, so'ng algebraik shakl almashtirishlariga o'tgan. Aks holda kitobning maqsadini tushunish qiyin bo'lar edi. Xorazmiy asari 12-asrning boshlarida kremonalik Gerardo, chesterlik Robert tomonidan lotinchaga tarjima qilingan, nomi qisqarib "aljebra" (fransuz, ingliz tillarida), "algebra" (nemis, rus tillarida) deb atala boshlagan va fan nomiga aylanib ketgan.
Xorazmiyning ilmiy merosiga qiziqish uning hayotlik davridayoq boshlangan. Zamondoshlaridan Ahmad al Farg'oniy, Xuttaliy va b. uning asarlariga sharhlar yozishgan. Xorazmiy uzining "Zij"ini yozishda xind "Sindhanta"lariga va Ptolemeyning "Almagest" asariga tayangan bulsa, "Algebra", "Arifmetika"va boshqa asarlari batamom original asarlar sanaladi. Xorazmiy asarlarining mundarijasi, tuzilishi va bayon uslubi keyingi olimlar uchun namunaga aylanadi. Shu bilan birga uning ijodi fanning keyingi taraqqiyoti uchun muxim pogona vazifasini utadi. Masalan, Beruniy Xorazmiyning "Zij" iga atab uchta risola bitgan.