Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.


Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy
(973-1048)

Tug’ilgan vaqti: 973 yil 15 Sentabr qadimgi Xorazm imperiyasining Kot shahri (hozirgi Qoraqalpog’iston)
Vafot vaqti: 13 Dekabr 1048 G'azna (xozirgi Afganistan)

Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o‘rta asrlarning buyuk qomusiy olimi, 973 yili Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tavallud topgan. U yoshlik va o‘spirinlik yillarini o‘z vatanida o‘tkazib, o‘sha yerda turli ilmlarni o‘rgandi va olim sifatida shakllandi. Zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo‘lida ta’lim oladi, o‘sha paytlar Buxoroda yashayotgan bo‘lajak olim Abu Ali Ibn Sino bilan yozishmalar orqali ilmiy muloqotda bo‘ladi. U ona tilidan tashqari arab, sug‘diy, fors, suryoniy, yunon tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o‘rganadi. Bu esa o‘z navbatida, Beruniyga mazkur tillardagi asarlar bilan chuqur tanishishga imkoniyat yaratadi.
Olimning buyukligi o‘sha davrning deyarli barcha fanlariga qo‘shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo‘ladi. Beruniyning olimlik salohiyatiga mashhur sharqshunos olimlardan biri "uning qiziqqan ilm sohalaridan ko‘ra qiziqmagan sohalarini sanab o‘tish osondir", deb baho bergan edi. G‘arb tadqiqotchilaridan ba’zilari esa "Beruniy musulmon fanining namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo‘lishi kerak" degan fikrni bildiradi.
Asrlar davomida Beruniy asarlari tengsiz deb xisoblangan. Yerning sharsimon ekanligini va uning radiusi 6000 km tashkil qilishini taxmin qilgan edi. Shuningdek Beruniy Grek va Hind faylasuflarining astronomik ta’limotlarini davom qildirgan. Beruniyning ilmiy izlanishlari natijasida yulduzlar va quyoshning asosini olovdan tashkil topgan va xajm jixatdan yerdan ancha katta ekanligi va tortishish kuchining mavjudligini isbotlagan va yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylinishini ta’kidlagan. 
Xorazmdagi siyosiy vaziyatning o‘zgarishi natijasida Beruniy 998 yili Jurjon shahriga ketishga majbur bo‘ladi. U bu davrga qadar Kot va Ray shaharlarida o‘zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab yuborgan edi.
Beruniy 1004-1017 yillarda Xorazmga qaytadi. Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o‘z saroyi katda izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Olim Xorazmshoh Ma’mun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko‘rsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylandi. Xorazmning Mahmud G‘aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo‘ydi. U Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abual-Xayr Xammar va boshqalar bilan birga G‘azna shahriga asir qilib olib ketiladi.
Ma’lumki, Xorazm ilmiy markazi olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahya Masihiylar Mahmud G‘aznaviy zulmidan xavotirlanib, G‘aznaga emas Jurjonga qarab yo‘l olgan edilar. Beruniyning 1014-1048 yillarda G‘aznada kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo‘lishiga qaramasdan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo‘ldi. U Mahmud G‘aznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e’tibor berdi.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha "Geodeziya" deb yuritiladigan "Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" nomli astronomiya va geografiyaga bag‘ishlangan asari 1025 yilda yozib tugatildi.
Olim yozib qoldirgan 160 dan ortiq asarlari bilan astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tabobat, farmakognoziya, tarix, filologiya va boshqa fanlarning rivojiga noyob hissa qo‘sha oldi.
Beruniyning betakror ijodi uning vatani O‘zbekistonda alohida e’tibor qozongan. Uning qator yirik asarlari o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinib Toshkentda nashr etilgan.