Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



TO‘YLAR MUBORAK! deya qutlashmoqda yurtdoshlarimiz yoshlarni
18.05.2017

TO‘YLAR MUBORAK!

deya qutlashmoqda yurtdoshlarimiz yoshlarni

 

"Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida butun mamlakatimizda bo‘lgani singari viloyatimizda ham "Prezi­dent e’tibori - muruvvat tadbirlarida” shiori ostida nikoh to‘ylari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘­mitasi va qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan nikoh to‘ylari azaliy qadriyatlarimizga xos tashabbuslar ko‘lamini kengaytirish, ezgulik rishtalarini mustahkamlash, inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgani bilan barchaga manzur bo‘layotganini alohida e’tirof etish joiz.

Bu borada viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan chora- tadbirlar rejasiga ko‘ra, ushbu to‘ylarni har jihatdan namunali o‘tkazish uchun tashkiliy qo‘mita faoliyati shakllantirildi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj ehtiyojmand oilalaro‘rganilib, kelin-kuyovlarni joylardagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlaridan imtiyozli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish, tibbiy ko‘rikni tashkil etish va zaruriyat bo‘lganda bandligini ta’minlash borasida kerakli barcha ishlar amalga oshirildi. To‘ylar­ni o‘tkazishda milliy an’ana va qadriyatlarni namoyish etuvchi sahna ko‘rinishlari, lapar va o‘lanlar, mumtoz va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, milliy sport o‘yinlari, musobaqalarini tashkil etishga alo­hida e’tibor qaratilmoqda.

Urganch shahridagi "Tanho” to‘yxonasida Xonqa, Xiva va Urganch tumanlaridan 16 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkazildi. Mazkur tantanada kelin-kuyovlarning ota-onalari, yaqinlari, do‘stlari, mehnat faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Nikohlanayotgan yoshlar karnay-surnaylar sadosi ostida muhtasham to‘yxonaga kirib kelishdi. Eldoshlarimiz ularni gullar, kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olishdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi S.Abdikarimova, O‘zbekiston aviaxodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashi raisi Sh.Mingaliev va boshqalar so‘zga chiqib, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat, bagrikenglik, xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash borasida ibratli ishlar amalga oshirilayotganiga alohida to‘xtaldilar.

- Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bunday to‘ylar xalqimizga xos bag‘rikenglik va saxovatpeshalikning yorqin ifodasidir, - deydi viloyat kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi Ravshan Jabborov. - Yoshlar chehrasidagi shodlik bizni ham behad quvontiradi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan ushbu loyiha doirasida viloyatimizda 50 juft kelin-kuyovning nikoh to‘ylari o‘tkazilishi har bir fuqaro davlat e’tiborida ekanligining yorqin namunasidir.

To‘yga tayyorgarlik doirasida oila qurayotgan yoshlarning uy-joylari ta’mirlandi, xonadonlarida an’analarimizga ko‘ra milliy urf-odatlar amalga oshirildi, osh damlandi. Ularga Prezident sovg‘asi hamda viloyat hokimligi, tuman hokimliklari va boshqa homiy tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, kelin-kuyovlarning ish bilan ta’minlangani o‘rganilib, tumanlarning bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan yoshlarga tegishli tartibda ko‘mak berilib, mehnat daftarchalari topshirildi.

- Tumandagi "Shoxruh tadbirkor" xususiy korxonasi ishchisi sifatida mehnat daftarchasiga ega bo‘lganim to‘yimizga o‘ziga xos sovg‘a bo‘ldi, - deydi xonqalik Umid Meyliev. - Bu esa yangi oilamizning moddiy farovonligini ta’minlash, orzularimizni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

To‘y tantanasida kelin-kuyovlarga fuqarolik holati dalolatnomalari yozish bo‘limlari tomonidan nikoh guvohnomalari ham topshirildi.

- To‘yimiz viloyatimiz markazida o‘tgani, Urganchdek go‘zal va ko‘rkam shaharning diqqatga sazovor va tarixiy joylarini ziyorat qilganimiz bir umr yodimizdan chiqmaydi, - deydi xivalik kuyov Baxtiyor Xudoyberganov. - Bizga tashkilotchilar yosh oila uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barini sovg‘a qilishdi. Barchasi uchun Prezidentimizdan minnatdormiz. Bunday yuksak g‘amxo‘rlikni oqlash uchun sidqidildan mehnat qilamiz.

Bayramona bezatilgan to‘yxonada mehnat faxriylari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, kelin-kuyovlarning ota-onalari va do‘stlari samimiy tilaklar bildirishdi, sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar yangradi, qadrdon ohanglar barchani shodon davraga chorladi.

- Farzandim Elyorning nikoh to‘yini o‘tkazyapmiz, - dey­di Xivaning «Lolazor» mahallasida yashovchi Ziyoda Abdullayeva ko‘zida sevinch yoshi bilan. - O‘g‘lim kelinim bi­lan davraga kirib kelayotganida barchamiz yanada sevindik. Bunday ezgu ishlar boshida turgan Prezidentimizga, hukumatimizga, barcha saxovatli insonlarga chin dildan minnatdorlik bildiraman. Kam ta’minlangan oilalar va ularning farzandlariga ko‘rsatilayotgan alohida g‘amxo‘rlikdan boshimiz ko‘kka etmoqda.

To‘y tantanalari davomida kelin-kuyovlar va ularning ota-onalari, yaqin qarindoshlari, nuroniy otaxon va onaxonlar yoshlarning baxtiyor va farovon yashashi, hayotda munosib o‘rin topishi, Prezidentimiz va mehrmuruvvatli hamyurtlarimiz sog‘-salomat bo‘lishlari, jondan aziz O‘zbekistonimiz yanada gullab-yashnashi, buyuk kelajak yo‘lida dadil odimlashi uchun duoga qo‘l ochishdi. Ezgu - niyatlar, yaxshi tilaklar izhor etildi.

San’atkorlarning navolari davraga o‘zgacha fayz, olam-olam zavq bag‘ishladi.

Dilrabo QURYAZOVA.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017-yil 17-may №39