Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TOMORQADAN FOYDALANISH – DOLZARB MASALA
12.04.2018

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi viloyat bo‘limi hamda viloyat Bandlik va mehnat munosabatlari boshqarmasi hamkorligida aholi tomorqa xo‘jaligidan samarali foydalanish bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi.  

Unda shahar va tumanlardagi aholi tomorqa xo‘jaliklariga mas’ul bo‘lgan barcha ishchi guruh a’zolari, oilaviy tadbirkorlaramda OAV vakillari ishtirok etdi. 

Tadbirda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga qaratildi. Seminarda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i J.Temurov so‘zga chiqdi va yurtimizda kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish uchun yaratilayotgani keng imkoniyatlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. 

Aholi bilan o‘tkaziliyotgan  bu kabi seminarlarda mutaxassislar tomonidan qishloq joylarida yashovchi yurtdoshlarimizga  bankdan kredit olish, urug‘lik va ko‘chat etkazib berish, erning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 291-moddasiga asosan yakka tartibdagi uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan er uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilmagan yoki uni obodoshlashtirilmagan hollarda 3 barobar miqdorda er solig‘i to‘lanishini belgilovchi qo‘shimchalar kiritilgani haqida aholining xabardorligi oshirilmoqda.

Ayni paytda mamlakatimizing barcha hududlarida aholi tomorqasidan samarali foydalanishga qaratilgan e’tibor sabab, nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari etishtirish hajmi ortmoqda, balki oilalarning turmush farovonligi, daromadi ham yuksalmoqda, - deydi, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.Saidov. 

Seminarda  viloyatimizning barcha tumanlarida “Ekin ekish oyligi” davomida qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Aholi tomorqasida ekin ekilishining monitoringini yuritish, shahar va tumanlar hokimlarining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kam ta’minlangan oilalarga berilgan mevali va boshqa daraxt ko‘chatlari ekilganini to‘liq o‘rganish, byudjet tashkilotlari xodimlarining, kamida 20 foizini qamrab olgan holda, tomorqasida ekin ekilganini o‘rganish ishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi. 

Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i