Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



TOMORQA – RO‘ZG‘ORGA BARAKA, OILADA DAROMAD
11.05.2018

Xorazm viloyatida 289 ming 452  dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari tasarrufida 39 ming 404 gektardan ortiq tomorqa mavjud. Aksariyat xonadonlar undan unumli foydalanib, nafaqat oilasiga daromad keltirmoqda, balki bozorlar to‘kinligi, yurtimiz farovonligiga ham munosib hissa qo‘shmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyatning barcha tumanlarida maxsus ishchi guruhlari tashkil etilgan. Ular xonadonlarga uyma-uy kirib, tomorqadan unumli foydalanish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borayotir. 

Xorazm viloyati to‘rtinchi sektori, davlat soliq boshqarmasiga biriktirilgan Qo‘shko‘pir tumanida ham ishchi guruh a’zolari xonadonma-xonadon yurib, aholining tomorqadan foydalanish holatini o‘rganmoqdalar.

Ayni paytda mazkur tumanning “Oqdarband” qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi asosida bunyodkorlik ishlari jadal davom etmoqda. Shuningdek, ushbu hududda yashovchi aholining tomorqadan unumli foydalanishida amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Qishloqning “Ittifoq” mahallasida yashovchi tadbirkor Baxtiyor Kenjaev o‘zi tadbirkor. U o‘z tomorqasida ixchamgina issiqxona qurib, pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon ko‘chatlarini parvarishlamoqda. O‘rik, olma, nok kabi mevali va boshqa manzarali daraxtlar hovliga yanada fayz bag‘ishlab turibdi. Shuningdek, hovlida qoramol, qo‘y va parranda ham boqiladi. 

– Hududimizda tomorqadan samarali foydalanayotgan xonadonlar ko‘payib bormoqda, – deydi Qo‘shko‘pir tuman hokimi v.b Odilbek Artiqov. – Xonadonma-xonadon o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining erga bo‘lgan munosabati butunlay o‘zgargan. Bugun tomorqaga qo‘shimcha daromad manbai sifatida qaralmoqda. Erdan samarali foydalanish uchun tomorqada issiqxona barpo etib, sabzavot, turli ko‘kat va tsitrus mevalar etishtirishdan yaxshi daromad olinayotir. Hatto 2-3 sotixli tomorqadan yiliga 9-10 million so‘m daromad qilayotgan oilalar ko‘p. Bu bilan har bir xonadon o‘z oilasining farovonligini ta’minlash barobarida bozorlarimiz serobligiga ham hissa qo‘shmoqda. 

Qadamboy aka Jumaniyozov ham shu qishloqda istiqomat qiladi. Xonadoni atrofida mavjud 8 sotix tomorqasida pomidor, bodring, piyoz va turli ko‘katlar etishtiradi. Shuningdek, mazkur xonadonning 12 sotix qo‘shimcha tomorqa erida kartoshka ekiladi. Tomorqadan olingan xosilning ortgani bozorga olib chiqilib, oilaning daromadiga ko‘makchi bo‘lmoqda

– Har tong barq urib turgan ko‘chatlarni ko‘rib, ko‘zim quvnaydi, charchog‘im ariydi, – deydi Q.Jumaniyozov. – Mana yaqinda viloyat 4-sektori rahbarining amaliy yordami bilan tomorqamizda issiqxona tashkil etdik. Tomorqaning daromadi yomon emas. Endilikda issiqxonamizda erta bahorda ko‘kat, keyin bodring, pomidor undan so‘ng qulupnay etishtirishni rejalashtirdik. Shu yo‘sin yil davomida uch marta hosil olamiz. Tomorqadan daromadimiz yaxshi, turmushimiz yil sayin farovonlashib bormoqda.

Afsuski, kuzatuvlar natijasida erning umrini behuda o‘tkazayotgan xonadonlar ham borligi ma’lum bo‘ldi. Ishchi guruh a’zolari xonadonlarni o‘rganish davomida tomorqasidan mutlaqo foydalanmayotgani uchun ba’zi xonadon egalari bilan tushuntirish ishlarini olib bordi. 

– Ekin erlaridan maqsadli va samarali foydalanib, yiliga kamida ikki-uch marta hosil olayotgan, parranda va chorva bosh sonini ko‘paytirishga erishgan tomorqa er egalariga er solig‘i stavkasining pasaytiruvchi koeffitsientini qo‘llash tarzidagi soliq imtiyozi yaratilgani tushuntirilmoqda, – deydi Qo‘shko‘pir tumani davlat soliq inspektsiyasi boshlig‘i O‘ktam Axmedov. – Agar buning aksi, ya’ni er uchastkasi obodonlashtirilmasa, tomorqa egasiga joriy yil uchun er solig‘ining uch barobari miqdorida jarima hisoblanishi ham aytib o‘tilmoqda. Bunday tushuntirishlar o‘z samarasini bermoqda. O‘zgarishlarni qishloq va mahallalar aholisi tomorqada har qachongidan faol ishlayotganida ham ko‘rish mumkin.

Bugun viloyatda davlat soliq xizmati xodimlari tomonidan aholining tomorqa erlaridan unumli foydalanishga amaliy yordam berish bo‘yicha qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ular tomonidan tomorqada etishtirilgan mahsulotlarni ulgurji sotish, korxonalar tashkil etish hamda aholini ish bilan ta’minlash borasida tegishli tashkilotlar bilan amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Bir so‘z bilan aytganda, bugun yurtdoshlarimizda erga munosabat butunlay o‘zgarmoqda. Aholi tomorqa ham ro‘zg‘orga baraka, ham qo‘shimcha daromad manbai ekanini tushunib etmoqdalar.



Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i