Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



TIBBIY XIZMAT SIFATI OSHMOQDA
04.09.2017

TIBBIY XIZMAT SIFATI OSHMOQDA

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sog‘liqni saqlash masalasi har bir odamning kundalik hayotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri daxldor. Sohadagi yutuq yoki kamchilik ijtimoiy kayfiyatga, hech shubhasiz, eng kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun tibbiyotda to‘planib qolgan muammolarni echish boshqa soha va tarmoqlarda olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi, desak aslo xato qilmagan bo‘lamiz.

Davlatimiz rahbari qaysi hududga tashrif buyurmasin, avvalo aholining salomatligi bilan qiziqib, sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati bilan tanishadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev viloyatimizga tashrifi davomida respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya markazi viloyat filiali faoliyati hamda Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiali morfologiya binosi bilan tanishgan, ushbu muassasalar bilan Rossiyaning etakchi tibbiyot muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yuzasidan qimmatbaho takliflarni ilgari surgan edilar. O‘tgan davr mobaynida viloyatimizda Yurtboshimiz tavsiyalari asosida qator ishlar amalga oshirildi.

Istiqlol yillarida inson sog‘lom bo‘lsa, butun jamiyat sog‘lom bo‘ladi, degan qarash ongu shuurimizga chuqur kirib bordi. Sohani kun talablari asosida isloh qilish tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Tibbiyot tizimida olib borilayotgan islohotlar natijasida zamonaviy tibbiyot muassasalari qad ko‘tardi. 2016 yilga qadar Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimida davolash profilaktika muassasalarini ta’mirlash ishlariga 38 mlrd. so‘mlik byudjet mablag‘lari, 6,5 million so‘mlik homiylar hisobidan, 1 mlrd. so‘mlik byudjetdan tashqari mablag‘lar sarflandi. 2017 yilda Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash tizimidagi jami 9 ta ob’ektda qurilish ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 2, 3 mlrd. so‘m ajratilgan.

Tibbiyot muassasalarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. 2013-2017 yillarda "Salomatlik-3” loyihasi doirasida muassasalarimiz 7, 8 mlrd. so‘mlik eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Buning natijasida amaliyotda ilgari qo‘llanilmagan ko‘plab diagnostika va davolash, jarrohlik amaliyotlari tatbiq qilindi. Aytaylik, istiqloldan avval Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bittagina jarrohlik bo‘limi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, endilikda abdominal, torakal, qon tomir, neyroxirurgiya, LOR, plastik xirurgiya, ortopediya, septik jarrohlik bo‘limlari jahon andozalari darajasida faoliyat ko‘rsatmoqda. Markazda bir kunda 40 dan ziyod jarrohlik amaliyotlari bajariladi.

Bugungi kunda viloyatimizda respublika ixtisoslashtirilgan Kardiologiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiya, onkologiya markazlari filiallari faoliyat ko‘rsatadi. Shuningdek, bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, yuqumli kasalliklar dispanseri, sil kasalliklari dispanseri, teri-tanosil kasaliklari dispanseri, endokrinoloigya dispanserida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Qolaversa, viloyat perinatal markazi, "Ona va bola” skrining markazi va boshqa muassasalar orqali onalar va bolalar salomatligi muhofazaga olingan. Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy amaliy markazi viloyat filiali kecha-kunduz viloyat aholisiga beminnat shoshilinch yordam ko‘rsatadi.

Ta’kidlash joizki, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta tamoyiliga asoslangan haraktalar strategiyasi mamlakatimimiz taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Shu asosda viloyatimiz tibbiyoti ham rivojlanmoqda.

Xususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirishga oid qaror ijrosi doirasida viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelgan 163 ta qishloq vrachlik punktidan 80 tasini maqbullashtirish natijasida 29 tasi birlamchi tibbiy bo‘g‘in shifokorlari uchun uy-joy, 35 tasi tez tibbiy yordam shahobchasi sifatida qoldirildi. O‘zaro yaqin joylashgan, aholisi ko‘p bo‘lgan, bino va kommunikatsiya ta’minoti talabga javob beradigan 65 ta QVP negizida yangidan qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etildi. Uzoq hududda joylashgan va sharoitlari nisbatan yaxshi bo‘lgan 18 ta QVP faoliyati saqlab qolindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va "Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan viloyatimizga 19 ta reanimobil va 78 ta "Damas" tez tibbiy yordam avtomashinalari ajratilishi rejalashtirilgan. 20 iyul holatiga ulardan 37 tasi keltirildi.

Viloyat tez tibbiy yordam xizmati tomonidan bir yilda o‘rtacha 300-310 mingdan ortiq chaqiriq bajariladi.Barcha tez tibbiy yordam bo‘limidagi telefon tarmoqlariga avtomatik ovoz yozib olish moslamalari o‘rnatildi va kompyuterlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. Respublika byudjetidan markazlashgan tarzda ratsiya bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Kelgusida har bir «103» xizmati GRS kuzatuv bilan ta’minlanadi.

Albatta, aholi salomatligini mustahkamlashda dori vositalarining ham ahamiyati katta. Viloyat aholisining dori vositalari va tibbiy mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish ulgurji savdo xuquqiga ega bo‘lgan 4 ta, chakana farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 293 ta dorixonalar, shundan 11 tasi "Xorazm Dori-Darmon" MChJga qarashli markaziy dorixonalar va 217 ta dorixona shahobchalari orqali amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "Dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan hududlarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishga litsenziya berish uchun viloyat hokimi boshchiligidagi komissiya tashkil etildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi komissiyaning ishchi organi qilib belgilandi. Dori vositalarini chakana realizatsiya qilish uchun litsenziya berish yuzasidan barcha tashkiliy masalalar hal qilindi. Hozirda «Yagona darcha» orqali murojaatlar qabul qilinmoqda.

Viloyatdagi 30 nafar mutaxassisni chet eldagi ilg‘or klinikalarda va bevosita respublika markazlarida malakasini oshirish choralari ko‘rilmoqda. 2017 yilning aprel oyida viloyat onkologiya dispanseri va RShTYoIM viloyat filialidan 2 nafar mutaxassis Rossiya Federatsiyasi, viloyat onkologiya markazining 1 nafar mutaxassisi Xitoy Xalq Respublikasida tajriba almashib keldi. Hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi viloyat filialining 3 nafar mutaxassisi Ukrainaning Amosov nomida yurak qon-tomir xirurgiyasi markazida bolalar kardioxirurgiyasi va anesteziologiyasi sohasi bo‘yicha malaka oshirmoqdalar.

Chet davlatlarda tibbiyot sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xorazmlik 22 nafar mutaxassislar ro‘yxati shakllantirildi va ularni viloyatga qaytarib ish bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shu bilan birgalikda chet el klinikalari bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda. Bu hamkorlik natijasida mahalliy shifokorlarning bilim va malakalarini oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Yilning o‘tgan davrida viloyatimizda bir qator xorij davlatlarining etuk shifokorlari ishtirokida tibbiy ko‘riklar tashkil qilindi va shifokorlar uchun «Mahorat darslari» uyushtirildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi viloyat filiali negizida Rossiya Federatsiyasining Bakulev nomidagi yurak qon-tomir xirurgiyasi markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali bilan Rossiya Federatsiyasining Pavlov nomidagi 1-son Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti hamkorligida ko‘p tarmoqli klinikalarni tashkil qilish maqsadida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Har ikkala muassasa yil oxiriga qadar ishga tushadi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini tubdan yaxshilash maqsadida yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni aholiga yaqinlashtirish, viloyat ixtisoslashtirilgan markazlarining tuman tibbiyot muassasalari bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida 9 ta tuman tibbiyot birlashmasi negizida 380 ta shifo o‘rniga ega bo‘lgan 18 ta bo‘lim tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Bu bo‘limlarda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar ro‘yxati shakllantirilib, ular malakasini oshirish va qayta tayyorlash choralari ko‘rilmoqda.

Viloyat davolash-profilaktika muassasalari 13 ta tor soha bo‘yicha mutaxassislari reja asosida tumanlarga, jumladan, qishloq vrachlik punktlariga chiqib aholi tibbiy ko‘riklarida qatnashmoqda, qishloq shifokorlariga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, viloyatning ko‘zga ko‘ringan etuk tajribali mutaxassislari tomonidan hududlardagi kam ta’minlangan va hojatmand aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerak bo‘lsa tumanning o‘zida murakkab operatsiyalar bajarilmoqda.

Shuningdek, xususiy sektorni rivojlantirish borasida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda viloyatimizda156 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 12 tasi statsionar sharoitda faoliyat ko‘rsatib, jami 335 shifo o‘ringa ega, qolgan 144 ta xususiy muassasa ambulator sharoitda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Albatta, qilingan ishlar bilan bir qatorda hali amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan vazifalar bir talay. Har bir shifokor, hamshira o‘z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, eldoshlarimiz salomatligini asrashni farz va qarz deb bilishi shart va zarur.

Ko‘palboy TANGRIBERDIEV,

viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i.