Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



Tez tibbiy yordam sifati yaxshilanadi
13.01.2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning  2017 yil 16 martdagi "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq  tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanib bormoqda.Xorazm viloyatida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga 13 ta zamonaviy reanimobillarning topshirilishi aholiga tez tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. 
-Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bunday reanimobillarda  maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoit mavjud,-deydi Xorazm viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ko‘pal Tangriberdiev.-Og‘ir ahvoldagi bemordan ketayotgan qonni to‘xtatish,maxsus apparat yordamida sun’iy nafas berish, EKG va monitor yordamida yurak faoliyatini tekshirish, tomir ichiga va mushak orasiga xar xil muolajalarni  shifoxonaga etguncha amalga oshirish imkoni mavjud. Reanimobillarga GPS navigatorlari o‘rnatilgan bo‘lib,bu chaqiruvlarga o‘z vaqtida etib borish,markaz bilan doimiy aloqada bo‘lish imkonini beradi. 2017 yilda viloyatning barcha hududlaridagi maxsus dispetcherlik xizmati orqali 343 mingdan ortiq chaqiriqlar qabul qilingan va 102 ta tez yordam mashinalarida shifokorlar tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.Endilikda yangi reanimobillar bemorlarga tez va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.                                                                                             
                                                                                                                                         Odilbek Odomboev, "Xalq so‘zi” muxbiri