Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TARAQQIYOTIMIZ KAFOLATI
02.12.2017

TARAQQIYOTIMIZ KAFOLATI

Konstitutsiya inson, jamiyat va davlat o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va ta’minlaydi. Demakki, ushbu hujjat har bir insonning jamiyatda yashashi, ta’lim olishi, mehnat qilishi, ijtimoiy himoya olishi, hayoti havfsizligi hamda mulkining dahlsizligi kafolatidir. Biz mustaqillik yillarida nimaga erishgan va porloq kelajakka ishonch bilan boqayotgan bo‘lsak Konstitutsiyamiz tufaylidir. Buni Vatan taqdiriga dahldorlik tuyg‘usi bilan yashovchi, mamlakat taraqqiyoti uchun jon kuydiruvchi har bir fuqaro chuqur anglab etishi, hayotimiz qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamizni chuqur o‘rganishi lozim.

Shuning uchun ham O‘zbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘z oldiga aholining turli qatlamlarida huquqiy madaniyatni yuksaltirish vazifasini qo‘yar ekan o‘zining bu yuzadan o‘tkazayotgan ma’rifiy tadbirlarida Konstitutsiyamizning mamlakatimiz kelajagi uchun ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongiga singdirishga katta e’tibor qaratmoqda. Partiya Xorazm viloyat kengashi tomonidan Respublikamiz Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya – millliy taraqqiyotimizning huquqiy asosi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida shu to‘g‘rida atroflicha so‘z bordi.

Unda Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashlariga O‘zMTDP dan saylangan deputatlar, O‘zMTDP shahar va tuman Kengashlari raislari, partiya faollar ishtirok etdilar.

–Konstitutsiyamizning birgina muqaddimasining o‘zida qanchalik katta ma’no mujassam, -dedi davra suhbatini kirish so‘zi bilan ochar ekan partiya viloyat kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi Rajabboy Ro‘zmetov. – Muqaddimada Konstitutsiyani qabul qilishdan maqsad chuqur ochib berilar ekan, uning hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatni anglagan holda qabul qilinganligi e’tirof etiladi. Ya’ni ushbu hujjat mamlakatning buguni va ertasini belgilab berishi ayon bo‘ladi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, Mustaqillik yillarida, ya’ni tarixan qisqa, atigi chorak asrdan ziyod vaqt ichida O‘zbekiston sobiq Ittifoqning xomashyo etkazib beruvchi, qoloq respublikasidan olamshumul islohotlarni amalga oshirishi natijasida jahon sahnasida yuksak salohiyatga ega bo‘laolgan davlat sifatida qad rostlagani o‘zbek xalqining katta yutug‘idir. Mamlakatimizning yuksak iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, ta’lim, madaniyat va sportning rivojlanishi, barchasi butun dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda. Bu yutuqlar zamirida, avvalambor, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilgan islohotlarimiz uchun yaratilgan huquqiy asoslar yotadi. Chunki, siyosat hayotga tatbiq qilinishi uchun qonunlarda o‘z aksini topgan umummajburiy xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Qonunlar esa Konstitutsiya belgilab bergan talablardan kelib chiqadi va hech bir qonun Konstitutsiyaga zid bo‘lishi mumkin emas. Konstitutsiyamizni o‘rganar ekanmiz, unda mamlakatimizda barcha sohalarda yuritilayotgan siyosatning asoslari aks etganligini ko‘ramiz.

Shuningdek, davra suhbatida ma’ruzachilar Konstitutsiyamiz o‘zbek xalqi tarixining ko‘p asrlik huquqiy an’analari va jahon tajribasining eng ilg‘or jihatlarini, eng maqbul printsiplarini o‘zida mujassamlashtirganligi va amalda to‘la namoyon etayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Davra suhbati yakunida yaqinda partiya safiga qabul qilingan bir guruh yoshlarga partiyaga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Qudrat Xolmuratov, Xalq deputatlari Yangibozor tuman kengashi-dagi O‘zMTDP guruhi rahbari:

–Konstitutsiyammiz inson huquqlari va erkinliklari g‘oyasini o‘zida to‘la mujassam etadi. Shu boisdan ham unda aks etgan davlat suvereniteti va xalq xokimiyatchiligi, hokimiyatni tashkil etish, davlat bilan shaxs, jamiyat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning barchasi ushbu g‘oyadan kelib chiqib tartibga solinadi.

Xususan, baxtimiz qomusi bo‘lgan ushbu hujjatning 2-moddasida "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” deyilganligi ham ushbu haqiqatni yana bir karra tasdiqlaydi. Joriy yilning "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb nomlanishi ham ushbu modda talabiga hamohang, desak juda o‘rinli bo‘ladi.

Alisher RAHMONOV,

O‘zMTDP Xorazm viloyat

Kengashi yetakchi mutaxassisi.