Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK
25.11.2017

TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK

Tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar natijasida Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari soni 13 mingga etib,ularning ishlab chiqarilayotgan yalpi hududiy mahsulot hamda eksportdagi ulushi ortib bormoqda. Yaqinda viloyat tadbirkorlari uchun yana bir qulaylik yaratildi.Urganch shahrida o‘ziga xos dizayn,zamonaviy me’morchilik andozalari asosida bunyod etilgan biznes markazi foydalanishga topshirildi.Mazkur majmuani barpo etish uchun ”Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining 12 milliard so‘m mablag‘i yo‘naltirildi.Besh qavatdan iborat muhtasham binoning pastki qavatlarida bankning mintaqaviy filiali joylashgan bo‘lib, yuqori qavatlarda tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan xonalar, 140 o‘rinli anjumanlar zali,70 o‘rinli o‘quv zali va boshqa xizmat ko‘rsatish shaxobchalari joy olgan. Kelgusida bu erda taniqli biznesmenlar,iqtisodchi olimlar, turli soha mutaxassislari ishtirokida tadbirkorlar uchun o‘quv seminarlari,treninglar,tajriba almashish bo‘yicha davra suhbatlari,yosh ishbilarmonlar uchun mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan.

Biznes markazning tantanali ochilish tadbirida Xorazm viloyati hokimi I.Sobirov ishtirok etdi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri