Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SUV TA’MINOTI TUBDAN YAXSHILANADI
13.11.2017

Qaror va ijro

SUV TA’MINOTI TUBDAN YAXSHILANADI

Xorazmning sug‘orma dehqonchiligi tarixi bundan to‘rt ming yil avvalgi davrga borib taqaladi. Asrlar mobaynida yangi erlarni o‘zlashtirish hisobiga suvga bo‘lgan talab ortib, sug‘orish tizimlari ham takomillashib borgan.Bugungi kunda voha sharoitida dehqonchilik qilishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri boshqa mintaqalarga nisbatan suv sarfining birmuncha ko‘pligi bilan xarakterlanadi.Chunki, viloyatda ekin erlarining asosiy qismi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib,ekishdan oldin ana shu maydonlarning 2-3 marta sho‘rini yuvish uchun,qolaversa vegitatsiya davrida ham ko‘p miqdorda suv zarur bo‘ladi.

Hozirgi kunda viloyatda 276,7 ming gektar sug‘oriladigan maydon mavjud bo‘lib,uning 191,3 ming gektariga obi-hayot Toshsoqa tizimi kanallari orqali etib boradi, yoki boshqacha aytganda Yangibozor va Gurlan tumanlaridan boshqa barcha tumanlarni ushbu tizimga kiruvchi kanallar suv bilan ta’minlaydi. Toshsoqa tizimiga kiruvchi Toshsoqa, Shovot, Polvon-G‘ozovot, G‘ozovot kanallari o‘tgan asrning 30-40 yillari oralig‘ida qazilgan bo‘lib, so‘nggi yillarda ushbu kanallarda suv sathi pasayishi tufayli dalalarni suvning o‘z oqimi bilan sug‘orish imkoniyatlari cheklandi. Natijada obi-hayot ekin maydonlariga uch yuzdan ortiq nasoslar yordamida chiqariladigan bo‘ldi. Bu esa fermer xo‘jaliklari uchun ortiqcha mehnat, sarf-harajatlar qilish, pirovardida etishtirilayotgan mahsulotlar tannarxi oshib ketishiga, suv isrofgarchiligi hamda erlarning meliorativ holati yomonlashuviga olib kelayotgan edi.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 6 noyabrdagi Islom Taraqqiyot banki ishtirokida "Xorazm viloyatida Toshsoqa tizimi magistral sug‘orish kanallarini qayta tiklash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ro‘yobga chiqarilayotgan tadbirlar ana shu muammolarni hal etishga xizmat qiladi,-deydi Toshsoqa irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Otaxon O‘rozov.- Loyihaning asosiy maqsadi viloyatdagi magistral kanallarda suv oqimini to‘sib, uning sathini mutanosiblashtiruvchi inshootlar qurish orqali o‘zi oqar tizimga o‘tkazish, ekin maydonlarni nasoslar yordamida sug‘orish tajribasidan voz kechishni nazarda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 145 million AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan 90 million 370 ming AQSh dollari Islom Taraqqiyot banki hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan qisqa muddat davomida "Amubuxorokanalqurilish”, "Hisorakgidroqurilish”, "To‘palangsuvGESqurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va "O‘zmaxsussuvqurilish IK” davlat korxonasi bunyodkorlari tomonidan 120 kilometr uzunlikdagi magistral kanallar rekonstruktsiya qilindi, rejadagi 607 gidrotexnik inshootdan 318 tasi yangidan qurildi. Davlatimiz rahbari shu yilning 14-15 oktyabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Toshsoqa magistral kanalida amalga oshirilayotgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishib, kanal atrofidagi erlarni obodonlashtirish, tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib ekiladigan ko‘chat turlarini tanlash va kanal bo‘ylab besh qator daraxt ekish, yozning jazirama issiq kunlari odamlarga suv bo‘yida dam olish sharoitlarini yaratish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

- Xalqimiz bejizga suvni zarga, suvchini zargarga qiyoslamaydi, - deydi Qo‘shko‘pir tumanidagi " Baraka” fermer xo‘jaligi rahbari Sa’dulla Bobojonov. –Ayniqsa, suv etib kelishi qiyin bo‘lgan hududlardagi fermerlar suv qadrini juda yaxshi bilishadi. Amudaryoda suv kamchil davrlarda, ayniqsa, erta bahor va yoz faslining boshida ko‘pchilik fermerlar ekin maydonlariga suvni nasoslar yordamida oladi. Bizning fermer xo‘jaligimiz ham suv nasosi ehtiyot qismlari, elektr energiyasi xarajatlari uchun ancha mablag‘ va ishchi kuchi sarf qilardi. Endilikda ana shu mablag‘lar xo‘jaligimiz ixtiyorda qoladi va kanallarning betonlashtirilishi erlarning meliorativ holatini yaxshilashga xizmat qiladi.Bunday imkoniyatlar yurtimizda mo‘l-ko‘lchilikni ta’minlashimizga zamin yaratadi.

Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan "Toshsoqa tizimi magistral sug‘orish kanallarini tiklash” loyihasining salmog‘i ham, ahamiyati ham nihoyatda yuqori.Tizimdagi kanallarda qurilish-montaj va rekonstruktsiya ishlari yakunlangach dalalarni sug‘orish bo‘yicha yillik sarf-xarajatlar 8 milliard so‘mga qisqarishi mo‘ljallanmoqda.Toshsoqa,Polvon,Shovot kanallaridagi 304 ta suv chiqarish nasoslari ishi qisqarishi hisobiga yiliga 87,5 million kVT elektr energiya tejaladi. Shuningdek, Toshsoqa sug‘orish kanallari tizimining foydali ish koeffitsienti 15 foizga oshib, yiliga o‘rtacha 800-900 million kubometr hajmdagi suv tejaladi, viloyatdagi ekin maydonlarining 69 foiz qismida suv ta’minoti tubdan yaxshilanadi.

Odilbek Odamboyev,

"Xalq so‘zi” muxbiri