Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SPORTCHI QIZLARGA PREZIDENT SOVG‘ASI
24.03.2017

SPORTCHI QIZLARGA PREZIDENT SOVG‘ASI

Bugungi kunda bolalar sporti tobora rivojlanmoqda. Eng zamonaviy me’moriy uslubda qad rostlagan muhtasham sport saroylari, majmualar hammasi o‘g‘il-qizlarimiz ixtyayorida. Endilikda shahar va qishloqlardagi sport inshootlari bolalarning eng sevimli maskani bo‘lib, ular o‘zlari xohlagan sport turlari bilan shug‘ullanmoqdalar.

Shu tufayli ham yosh sportchilar Jahon, Osiyo, O‘zbekiston chempionatlarida, musobaqalarida yuksak natijalarga erishmoqdalar. Ularning qo‘lga kiritayotgan yutuqlaridan cheksiz faxrlanamiz.

Navro‘z bayrami arafasida sport bilan shug‘ullanayotgan qizlarning quvonchiga-quvonch qo‘shildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizdagi yosh sportchilarning faoliyatlari yanada samarali bo‘lishi yo‘lida katta g‘amg‘o‘rlik ko‘rsatmoqda. Prezidentimiz tomonidan bu yil ham an’anaga muvofiq yurtimizdagi sport turlari bilan shug‘ullanayotgan qizlarga sport liboslari tuhfa etildi.

Viloyat markazidagi "Yoshlik" sport majmuasida bir guruh yosh sportchi qizlarga milliy an’analarimiz asosida tayyorlangan sport libos­lari tantanali ravishda topshirildi.

- Prezidentimiz sovg‘asini olgan har bir qiz sport turlari bo‘yicha qiziqish bilan shug‘ullanishga, musobaqalarda faol bo‘lib, medallar shodasini qo‘lga kiritishga so‘z bermoqdalar, - deydi viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi S.Abdikarimova.

Shuningdek, bayram arafasida viloyatimiz shahar, tumanlaridagi yosh sportchi qizlarga ham Prezidentimiz sovg‘asi tan­tanali ravishda topshirildi.

- Bugun dugonalarim bilan quvonchimiz cheksiz. Prezidenti­miz sovg‘asini oldik. Kelgusida sport mashg‘ulotlarida murabbiylarimizdan mahorat sirlarini yanada qunt bilan o‘rganib, yuksak natijalarga erishamiz, - deydi O‘g‘iljon Ibodullayeva.

"Eshlik" sport majmuasida tashkil etilgan ko‘rgazmali chiqishlarda sportchi qizlarning iqtidori, mahorati yana bir bora olqishlandi.

Tadbirda olimlar, taniqli san’atkorlar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etib, barchani Navro‘zi olam bilan qutlashdi.

Prezidentimiz tomonidan tuxfa etilgan sport liboslarini kiyib olgan qizlar go‘zallik, nafosat, ezgulik bayrami bo‘lgan - Navro‘zi olam dasturlarida o‘z iste’dodlarini namoyon etishmoqda.

"Xorazm haqiqati” gazetasi,

2017 yil 24 mart, №24