Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SOLIQ XIZMATI XODIMLARI TADBIRKORLAR HUZURIDA
22.02.2018

Xorazm viloyati davlat coliq boshqarmasining rahbariyati va hududiy inspektsiyalar tomonidan viloyatning barcha tuman va shaharlarida tadbirkorlar, eksportyor tashkilotlar hamda fermer xo‘jaliklari mutaxassislari bilan seminar uchrashuvlari, ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda. 
Unda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, soliq sohasida mavjud muammolarni har tomonlama o‘rganish va zudlik bilan hal etish hamda ular tomonidan berilayotgan takliflarni  o‘rganishga qaratildi.  
Qo‘shko‘pir tumanida tashkil etilgan uchrashuv tadbirlarida viloyatda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, mamlakatimiz ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasining xalqaro reytingini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.
Tadbirda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i J.Temurov so‘zga chiqib, hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga barcha jabhalarda qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, shu jumladan soliq tizimida ham soliqqa oid qonunchilik soddalashtirilib, amaldagi tartiblar engillashtirilayotgani hamda soliq to‘lovlaridan imtiyozlar berilib, sohada tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotgani haqida o‘z fikr-mulohazalarining bildirib o‘tdilar. 
Tadbir davomida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan ko‘pgina tadbirkorlarning murojaati o‘z echimini topdi. 
Jumladan, Qo‘shko‘pir tumani G‘ozovot qishlog‘ida G‘ozovot dehkon bozori yonida joylashgan uzoq yillardan buyon foydalanilmasdan turgan qurilishi tugallanmagan bino shu qishloqda yashovchi fuqarolar Ilxom Matkarimov va Komiljon Nurimovga qonuniy berilish masalasi hal qilindi. 
Endilikda mazkur binoda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish shohobchasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. 
-Bugungi tadbirda murojaatim echim topganidan mamnunman. Menga ajratib berilgan binoda non va non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchiman. Joriy yilning yoz oyida korxonaning faoliyati to‘liq ishga tushadi. Ushbu qishloq yoshlaridan 5 nafarini ish bilan ta’minlashni rejalashtirganman. Soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarga berilayotgan amaliy yordam albatta o‘z samarasini beradi deb o‘ylayman, - deydi g‘ozovotlik fuqaro Komiljon Nurimov.  
Shuningdek, tadbir doirasida tumanning O‘zbekyop qishlog‘idagi "Qo‘shko‘pir parranda” MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Mazkur korxona tuxum va go‘sht yo‘nalishida (naslli) parrandachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Korxona rahbari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida Germaniyadan 8 ta parranda boqish uskunalari olib kelishni rejalashtirgan. Unda 15,0 milliard so‘mlik investitsiya kiritilishi va bu erda qo‘shimcha 50 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejaga kiritilgan. 
Jamiyat rahbari tomonidan viloyat davlat soliq boshqarmasidan korxona yaqinida joylashgan bo‘sh turgan binoni "0” qiymatda berilishida amaliy yordam so‘raldi. 
Kelajakda ushbu binoda tadbirkor  tomonidan go‘sht va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish, 1,0 milliard so‘mlik investitsiya kiritilishi hamda 13 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Mazkur murojaat ijrosi yuzasidan tumanning tegishli tashkilot rahbarlariga amaliy yordam berilishi haqida takliflar berildi. 
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar viloyatning barcha tumanlarida davom etmoqda. 
Dilrabo Kuryazova
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i