Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



«Soliq to‘lovchining Shaxsiy kabineti»: imkoniyat va afzalliklar
23.02.2018

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli farmoniga muvofiq, soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish vazifalari belgilab qo‘yilgan.
Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasining «Elektron davlat xizmatlari - my.soliq.uz» portali orqali 35 turdagi elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bulardan 10 tasi 2016-2017 yillar davomida joriy etilgan. Elektron davlat xizmatlaridan 15 tasi - axborot davlat xizmatlari, 20 tasi - interaktiv davlat xizmatlari tarkibiga kiradi. Portalda yuridik, jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetlari joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi O‘RQ-436-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksiga yangi «22-1. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti» moddasi kiritildi. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti tushunchasining kiritilishi bilan soliq to‘lovchilar bilan deyarli barcha munosabatlar elektron shaklda ham amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratildi.
Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali murojaatlarni, soliq organlarida hisobga turish, nazorat-kassa mashinalarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ortiqcha soliq to‘lovlarni qaytarish to‘g‘risida arizalarni, soliq hisobotlar va deklaratsiyalarni davlat elektron ko‘rinishda yuborish, soliq qarzi mavjud emasligi, soliq organlarida hisobga turganligi (STIR), O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotnomalarni soliq ognalariga tashrif buyurmasdan olish, hisoblangan, to‘langan summalar, soliq qarzi, ortiqcha to‘lov, penyalar hamda byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar bilan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining axborot resurslaridan bevosita olish va shu kabi boshqa imkoniyatlari yaratilganligi soliq organi xodimi va soliq to‘lovchilarni bevosita munosabatga kirishishini, soliq organlariga ortiqcha tashrif buyurishni kamaytirishga olib kelmoqda.
Olib borilgan amaliy ishlar natijasida, 2017 yil davomida my.soliq.uz portalining interaktiv xizmatlaridan viloyat bo‘yicha jami  74 ming 426 nafar fuqaro 22 million marotaba foydalangan. Ushbu interaktiv xizmatdan foydalanishrning 21 mingtasi yuridik shaxslar tomonidan tomonidan amalga oshirilgan. 11 milliondan ortig‘i hisobotlarni elektron ko‘rinishda topshirish bilan bog‘liq masalalarni o‘z ichiga oladi. Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholi o‘rtasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida 2017 yilda shaxsiy kabinetlar orqali tadbirkorlik sub’ektlari va jismoniy shaxslar tomonidan soliqlarni elektron shaklda to‘lash tizimining samaradorligi oshgan. Ya’ni hozirda har bir soliq to‘lovchi o‘zi uchun qulay bo‘lgan interaktiv xizmatlar orqali soliq to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarini tezkorlikda amalga oshirib kelmoqda. 
O‘tgan yil davomida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi xizmatlarga jismoniy shaxslar tomonidan 142,8 mingta, yuridik shaxslar tomonidan 516,1 mingta hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 5,5 mingta murojaatlar bo‘lgan. Mazkur interaktiv murojaatlarga o‘z vaqtida elektron shaklda javob berib kelinmoqda. 
Bugun soliq to‘lovchilar va soliq xizmati organlari o‘rtasidagi elektron shaklda amalga oshirilmayotgan muloqotlarni elektron shaklga o‘tkazish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga ko‘ra:
- Jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari, soliq solish ob’ekti vujudga kelganda davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish; 
- O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritilgan yuridik va jismoniy shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisob ma’lumotlaridagi har qanday o‘zgarishlar haqida ma’lum qilish; 
- davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilayotgan kameral nazorat jarayonda soliq hisobotini to‘ldirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobot va davlat soliq xizmati organlari ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan ziddiyatlar bo‘yicha tegishli tuzatishlar kiritish bo‘yicha xabardor qilish; 
- davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik sub’ektini tekshiruv o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda xabardor qilish;
- ortiqcha to‘langan soliq summasini mazkur soliq turi bo‘yicha penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olinganda, soliq to‘lovchiga bu haqda xabarnoma berish;
- soliq to‘lovchi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek moliyaviy jarima summalarini 6 oy mobaynida teng ulushlarda bo‘lib to‘lash uchun bildirishnoma yuborish;
- soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish bo‘yicha talabnoma berish;
- undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizalarni yuborish;
- soliq qarzini debitor hisobidan undirilishi yuzasidan, qarzdorning debitorlari shaxsiy kabinetiga elektron bildirishnomalar yuborish;
- soliq to‘lovchi soliq tekshiruvi dalolatnomasi bo‘yicha o‘zining yozma tushuntirishlari yoki e’tirozlarini soliq tekshiruvi tugagan kundan e’tiboran o‘n ish kuni ichida taqdim etishga haqligi, mazkur holda soliq tekshiruvi materiallari soliq to‘lovchining mansabdor shaxslari ishtirokida ko‘rib chiqilishi, davlat soliq xizmati organi tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish sanasi, vaqti va joyi to‘g‘risida soliq to‘lovchini ko‘rib chiqishdan kamida ikki ish kun oldin xabardor qilishni va boshqa muloqotlarni elektron shaklga o‘tkazish va soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirilishini joriy etish ko‘zda tutilgan.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratilgan ushbu imkoniyatlar, soliq to‘lovchilarning, ayniqsa tadbirkorlik sub’ektlarning soliq organlariga tashriflarini kamaytirishga, natijada vaqt, sarf-xarajatlarini tejashga olib kelib, tadbirkorlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. 
Kazbek G‘affarov 
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 
 Axborot texnologiyalari bo‘limi davlat soliq bosh inspektori