Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SOLIQ TIZIMIDA VIDEO-KONFERENTSIYA TASHKIL ETILDI
11.04.2018

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 sentabrdagi “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3300-son qarori doirasida amalga oshirilishi belgilangan vazifalarga bag‘ishlangan video-konferentsiya bo‘lib o‘tdi.  

Respublika darajasida tashkil etilgan mazkur tadbirda hududiy davlat soliq xizmati xodimlari, tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Video-konferentsiyada asosiy e’tibor tadbirkorlik sohasida soliq xizmatlarini yanada texnologik rivojlantirish, aholiga pullik xizmat ko‘rsatishda hisob-kitob qilishni tezkor hisobga olish va nazorat qilish tizimini kengaytirish maqsadida “onlayn” rejimda faoliyat yurituvchi nazorat-kassa mashinalarining amaliyotga samarali tatbiq etishga qaratildi. 

- Fiskal xotirali onlayn nazorat-kassa mashinalarini amaliyotga joriy qilinishi savdo qoidalariga rioya etilishini tartibga solishi bilan bir qatorda, soliq nazorati jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi, - deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Ataniyazov. Shu bilan birga, tadbirkorlik subektlari tomonidan hisoblanadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summasini kamaytirish, naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirmasdan yashirish maqsadida xaridorlarga nazorat-kassa mashinasi chekini bermaslik, nazorat-kassa mashinasini nosoz holatga keltirish, fiskal xotiradagi ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirish, nazorat-kassa mashinalarini yo‘qotish orqali amalga oshirilgan tovar aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soxtalashtirilishini oldini oladi. 

Tadbir davomida davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalarining aholimiz uchun afzalliklari, xususan, cheklarda xarid qilingan mahsulot ro‘yxati, narxi, soni, chek va kassa apparati raqami va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi hamda QR-kod yordamida qog‘oz chekidagi ma’lumotlarni elektron ma’lumotlar bilan solishtirish imkoniyati mavjud ekanligi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. 

Mazkur onlayn nazorat-kassa mashinalari tadbirkorlik subektlari tomonidan aholi bilan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fiskal xotirasida saqlash imkoniyatiga ega.shuningdek, ushbu nazorat-kassa mashinalaridan kelib tushadigan fiskal ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va Davlat soliq xizmati organlariga uzatish fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan amalga oshiriladi hamda tadbirkorning shaxsiy kabinetida ham aks ettiriladi. Shuningdek, uning yana bir qulayligi shundaki, onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali nafaqat savdo tarmoqlari tushumlarini nazorat qilish, balki alohida turdagi mahsulotlarning hududlar kesimidagi narxlarini, savdo hajmini tahlil qilish, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki pasaytirilishi holatlarini o‘rganish imkoniyati ham mavjud. 

Bugungi kunda viloyatimiz bo‘yicha 9 mingga yaqin chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga 9122 mingta nazorat-kassa mashinasi o‘rnatilgan. Kassa chekidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga avtomatik tarzda onlayn uzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali markazlashgan tarzda elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaholonki, bunday baza shu paytgacha mavjud emas edi. Ushbu ma’lumotlardan har bir savdo shohobchasi kesimida kunlik, oylik sotilgan tovarlar summasini tahlil qilish imkoniyati vujudga keladi. Hozirda viloyatimiz markazida 50 ta chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-sinov tariqasida o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. 

Tadbir davomida texnik xizmat ko‘rsatish markazlari va nazorat-kassa mashinalari mahalliy ishlab chiqaruvchilar vakillari bilan hamkorlikda onlayn nazorat-kassa mashinalarining imkoniyatlari ko‘rgazmali vositalar yordamida namoyish etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda qizg‘in muhokama qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish kontseptsiyasida ham tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimda ma’lumotlar uzatishni ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini joriy qilish jamoatchilik muhokamasiga havola etilgan bo‘lib, bu borada ko‘plab ijobiy fikrlar bildirilmoqda. 

Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i