Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SOLIQ SOHASIDA YANGI ISLOHOTLAR
12.04.2018

Ayni paytda soliq ma’muriyatchiligini, jumladan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish sohasini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Fiskal tizimga innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish mazkur o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishlaridan biri sanaladi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu yo‘nalishdagi ishlar sifatini yanada yuksaltirish maqsadida 2017 yil 29 sentyabrda imzolangan “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3300-sonli qarori muhim huquqiy ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur qarorda asosiy e’tibor yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan naqd pulga tovarlarni realizatsiya qilish, aholi bilan hisob-kitobni tezkor amalga oshirish va tizim nazorat funktsiyasi bo‘yicha ko‘plab vazifalarni yangi texnologiyalar asosida amalga oshirishga qaratilgan.

Soliq kodeksining 72-moddasida O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlarni realizatsiya qilish, ishlar bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatishda naqd pul bilan hisob-kitobni amalga oshirish nazorat-kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llagan holda bajarilishi qayd etilgan. Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanilishi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 17 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan nizomlar bilan ham tartibga solinadi. Bu tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan naqd pulda amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu mashinaning fiskal xotirasida saqlanadi, deganidir. 

Tan olish kerak, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan hisoblanadigan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summasini kamaytirish, naqd pul tushumlarini bank kassalariga topshirmasdan yashirish maqsadida xaridorlarga nazorat-kassa mashinasi chekini bermaslik, uni nosoz holatga keltirish, fiskal xotiradagi ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirish, nazorat-kassa mashinalarini yo‘qotish orqali bajarilgan tovar aylanmalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish kabi holatlar ham kuzatilmoqda. Qolaversa, yirik savdo tarmoqlarida tovarlar hisobini yuritish, xaridorlarga nazorat-kassa mashinasidan chek berish yagona kompyuter tizimi orqali amalga oshirilishi sababli ulardagi naqd pul tushumlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi kafolatlanmaydi.

          Naqd pul tushumlarining haqiqiy hajmini aniqlash maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari juda ko‘p vaqt talab etiladigan xronometraj tadbirlariga muntazam ravishda jalb qilinmoqda. Shu bois davlatimiz rahbarining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan soliq tizimini isloh etishning muhim yo‘nnalishlaridan biri sifatida soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy qilish, soliq to‘lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishga to‘liq o‘tish belgilandi. Ushbu vazifalar, shuningdek, Farmon bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari faoliyati va soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga binoan, o‘tgan yildan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagacha bo‘lgan onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-sinov tariqasida amaliyotga joriy etildi. 2018 yilning 1 iyulidan esa ushbu hududlardagi yuridik shaxslar, 2018 yilning 1 dekabridan boshlab mamlakatimizdagi hamma yuridik va jismoniy shaxslar tovarlarni realizatsiya qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan naqd puldagi hisob-kitoblarni majburiy tarzda faqat onlayn nazorat-kassa mashinalarini qo‘llagan holda amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tishi rejalashtirilgan. 

Onlayn nazorat-kassa mashinalaridan kelib tushadigan fiskal ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va Davlat soliq qo‘mitasiga uzatish fiskal ma’lumotlar operatori tomonidan amalga oshiriladi.

Bugungi kunda viloyatimiz bo‘yicha 9 mingga yaqin chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga 9122 mingta nazorat-kassa mashinasi o‘rnatilgan. Kassa chekidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga avtomatik tarzda onlayn uzatib borish tizimini yo‘lga qo‘yish orqali markazlashgan tarzda elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Vaholonki, bunday baza shu paytgacha mavjud emas edi. Ushbu ma’lumotlardan har bir savdo shohobchasi kesimida kunlik, oylik sotilgan tovarlar summasini tahlil qilish imkoniyati vujudga keladi. 

Hozirgi kunda viloyatimiz markazida 50 ta chakana savdo va pullik xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida onlayn nazorat-kassa mashinalari tajriba-sinov tariqasida o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ushbu qarorning qabul qilinishi orqali endilikda nazorat-kassa mashinasi orqali xaridorlarga berilgan cheklar haqidagi ma’lumotlarni qasddan o‘zgartirish, tushum summasini kamaytirish, ro‘yxatdan o‘tmagan NKMdan foydalanish, buzish yoki ikkilamchi buxgalteriya yuritish kabi salbiy holatlarga chek qo‘yiladi. Soliqlar to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashning oldi olinadi, -  deydi, viloyat davlat soliq boshqarmasi “Chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida xuquqbuzarliklarni profilaktika qilish” bo‘lim boshlig‘i Sardor Xayitboev.

Mazkur tizimning yaratilishi bilan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmayotgan savdo shoxobchalari onlayn aniqlanib, tezkor choralar ko‘rish, sub’ektlar tomonidan topshirilayotgan tushumlarni tahlil hamda nazorat qilish, naqd pulning bankdan tashqari aylanmaga chiqib ketishini qisqartirishga erishiladi. Natijada byudjetga soliq tushumlari ko‘payadi.

Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkor va aholi uchun yangi ko‘rinishdagi nazorat-kassa mashinalarining bir qancha qulay jihatlari mavjud. Ya’ni kassa cheklaridagi raqamlar unikal (takrorlanmaydigan) bo‘lganligi sababli ularni soxtalashtirishning iloji yo‘q. Qolaversa, tadbirkorlik subektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatilib, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etishning yangi bosqichga ko‘tarilishi ta’minlanadi. Tadbirkorlik sub’ektlarining naqd pul tushumi bilan bog‘liq faoliyatiga aralashish hamda turli nazorat tadbirlari o‘tkazilishi esa kamayadi. Bunday yangilanishlar iqtisodiyotimiz barqarorligi, aholi turmush farovonligi va manfaatlari himoyalanishiga xizmat qiladi.



Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi 

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi