Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



Soliq sohasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
24.02.2018

Xorazm viloyati davlat soliq xizmati idoralari xodimlari tomonidan tadbirkorlik sohasida fuqarolarning noqonuniy faoliyatini bartaraf etish, soliq solish bazasini yanada kengaytirish, yangi ishchi o‘rinlarini yaratish hamda narx-navo ko‘rsatkichlarining qo‘yilishi bo‘yicha savdo majmualari va bozorlarda profilaktik suhbatlar, targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borilmoqda. 
Kuni kecha Urganch shahar davlat soliq inspektsiyasi tomonidan "Markaziy dehqon bozori”da profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda tadbirkorlik sub’ektlariga hukumatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narx-navosini sun’iy ravishda o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik, yollanma ishchilarni belgilangan tartibda jalb etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Buning natijasida fevral oyining dastlabki kunlaridayoq, ko‘lab fuqarolar tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, savdo faoliyatini qonuniylashtirdi. Shuningdek, bir necha tadbirkorlik subektlarida yangi ish o‘rinlari yaratildi. Xususan,  mazkur dehqon bozorida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkor Ilxom Ollaberganov joriy yilda ikkita fuqaroni doimiy ish bilan ta’minladi. 
-Ish faoliyatimni 2017 yilda boshlagan edim. Asosan aholiga shirinlik, qandolat va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanib kelmoqdaman. Joriy yilning boshida ikki nafar o‘g‘limni ish bilan ta’minlandim. Endilikda farzandlarim bilan birgalikda tadbirkorlik sohasida elga sifatli xizmat ko‘rsatishga harakat qilmoqdamiz. Bugun soliq xizmati xodimlarining profiklatik suhbatidan keyin ishlab chiqarish sohasida ham o‘z faoliyatimni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirdim. Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun berilayotgan imkoniyatlardan mamnunmiz. Yurtoshimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz, - deydi urganchlik tadbirkor Ilxom Ollaberganov.
Shuningdek, davlat soliq xizmati xodimlarining tadbirkorlik faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan fuqarolar bilan o‘tkazgan profilaktik suhbatlari ham samarali bo‘lmoqda. Tushuntirish ishlari davomida yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliq stavkalarnining 30 foizga pasaytirilganligi targ‘ib qilinib, kerakli maslahatlar berililishi natijasida tadbirkorlar yana o‘z faoliyatini tiklab, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda davom etayotgani, albatta quvonarli. 
Dilrabo Kuryazova
Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i