Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SOLIQ SOHASIDA HUQUQBUZARLIKLAR OLDI OLINMOQDA
23.06.2018

Mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilinishi ham tadbirkorlik rivoji yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda. Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik faoliyatining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi bu soha rivojiga yanada keng yo‘l ochmoqda. Qabul qilingan qarorlar, farmonlar viloyatimizda tadbirkorlik faoliyati yaxshilanishida, mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishda, eksport salohiyatini oshirishda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda. Yurtboshimizning joriy yil 5 may kuni qabul qilingan “Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni bu sohada ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirishda, mavjud to‘siqlarga barham berishda hamda hududlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda huquqiy jihatdan katta yordam bermoqda. Soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot va profilaktik tadbirlar natijasida 2017 yil davomida yangidan 1 840 ta korxonalar ro‘yxatga olinda va ularda 10 204 ta yangi ish o‘rinlari tashkil qilingan bo‘lsa, joriy yil 1 iyun holatiga yangidan 821 ta korxonalar ro‘yxatga olinda va ularda 2 342 ta yangi ish o‘rinlari yaratilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida” PQ-2731-sonli qaroriga asosan viloyatda sanoat ishlab chiqarishi faoliyatini amalga oshiradigan korxonalarga yagona soliq to‘lovini to‘lashdan 5 yilga, Qo‘shko‘pir va Yangiariq tumanlarida esa 10 yilga soliq imtiyozlari berilishi viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim axamiyatga ega bo‘lmoqda. Qaror bo‘yicha 2017 yil 17 yanvardan keyin tashkil qilingan 8 ta sanoat korxonalariga 313,7 million so‘m hamda 2018 yil 1-choragida 6 ta sanoat korxonalariga 260,8 million so‘m soliq imtiyozlari berildi. Soliq imtiyozlaridan foydalanishi natijasida mazkur korxonalarda qo‘shimcha 275 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Budjetga qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish maqsadida viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan chora-tadbirlar belgilab olganmiz. O‘tgan 5 oy davomida o‘tkazilgan kameral nazorat natijalarida korxona-tashkilotlardan budjetga 16,6 milliard so‘m qo‘shimcha hisoblab tuzatilgan soliq hisobotlari talab qilib olinib, budjetga shuncha miqdorda qo‘shimcha manbaalar yaratildi. Fuqarolarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan manbaalarini aniqlash hisobiga 2 700 nafar fuqarolardan 959 million so‘mga budjetga qo‘shimcha hisoblab deklaratsiyalari talab qilib olindi. Biroq, viloyatda bu boradagi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishda kamchiliklar ham yo‘q emas. Sababi aholi, ayniqsa, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish o‘rniga, yashirincha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimizning noqonuniy faoliyati ham aniqlanmoqda. Viloyatimizda soliq organlari tomonidan olib borilayotgan uchrashuv va profilaktik tadbirlar davomida ushbu holatlarga chek qo‘yishda, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda yollanma ishchilar faoliyatini rasmiylashtirilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Amalga oshirilgan ishlar natijasida budjetga daromadlar jalb qilish bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari 2018 yilning 1-choragida 33,6 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarilgan bo‘lsa, 2018 yilning 2-choragini 40,0 milliar so‘m ortig‘i bilan yakunlash choralari ko‘rilmoqda. Mazkur mablag‘lar mahalliy budjetda qoldirilishi belgilangan bo‘lib, buning natijasida mablag‘larni xududni jadal rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Bu kabi chora-tadbirlar aholini ish bilan ta’minlashda, viloyat iqtisodiyotini yanada yaxshilashda, mahalliy budjetning daromadlari bazasini kengaytirish zahiralarini aniqlashda hamda xalqimiz farovonligini oshirish yo‘lida o‘z samarasini bermoqda.

Shuhrat SAIDOV

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi