Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-18
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    2017-2018 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Хоразм: Кеча ва бугун
Хоразм ўзининг қадим тарихи, бой маданиятига эга бўлган Ўзбекистондаги эътиборга молик ҳудудлардан биридир. Инсониятнинг илк ёзма ёдгорликларидан бири ҳисобланган зардуштийликнинг муқаддас китоби “Авесто” шу диёрда яратилган. Бундан уч минг йиллар илгари ҳам Хоразмнинг ўз ёзуви мавжуд эди. Батафсил...


Хоразм ҳақида битиклардаги илк ёзувлар. ДОРО I нинг Беҳсутун битиги
(ерамиздан аввалги 521-486 йиллар)

Ушбу битик Карманшоҳ яқинидаги денгиз сатҳидан 152 метр юқорироқда бўлган Беҳсутун қоясига ўйиб ёзилган. Битикнинг юқорисида улкан барелеф мавжуд. Унда тўққиз нафар шоҳ ва уруғларнинг бошлиқлари қўллари боғланган ва бўйинларига сиртмоқ солинган ҳолда Доронинг олдида тургани тасвирланган. Уларнинг ўнинчисининг устига шоҳ оёғини қўйиб турибди. Битик беш устун ва 414 сатрдан иборат. У уч тилда битилган (елам, бобил ва эски форс тилларида). Батафсил...



SOLIQ ISLOHOTLARI KONTSEPTSIYASI XALQ MUHOKAMASIDA
09.04.2018

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimini isloh qilish kontseptsiyasi mamlakatimizning barcha hududlarida soha mutaxassislari, eskpertlar, olimlar, iqtisodchilar, tadbirkorlar hamda   ommaviy axborot vositalari orqali qizg‘in muhokama etilmoqda. 

Soliq sohasida ilk marotaba amaliyotga joriy etilayotgan yangi kontseptsiyada yuridik shaxslar, tadbirkorlik subektlariga engillik yaratish bilan birga oddiy fuqarolarni soliqqa tortish yo‘nalishida ham o‘zgartirishlar kiritilishi rejalashtirilgan. 

Mazkur kontseptsiyani ishlab chiqishdan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan tadbirkorlarni, keng aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, ularga soliq ma’muriyatchiligida imkoniyatlar yaratish, hamda “Faol tadbirkorlik, innofatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining ijrosini ta’minlash orqali tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo‘l ochib berishga qaratilgan. 

- Ushbu kontseptsiya loyihasida ish beruvchi tomonidan to‘lanadigan turli soliq yukini engillashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, ulardan eng asosiysi qo‘shimcha qiymat solig‘ini kamaytirishga qaratilgan. Bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qo‘shimcha qiymat solig‘i 20 foiz etib belgilangan. Soliq kontseptsiyasi loyihasida esa bu miqdor O‘zbekistonda 12 foizga tushirilishi belgilanmoqda. Bunda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilar soni oshadi. Barcha tadbirkorlik sub’ektlari, shu jumladan yiliga 1 milliard so‘mdan ortiq oborotga ega yakka tartibdagi tadbirkorlar ham qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘laydilar. Soliq islohotlari kontseptsiya amaliyotga tatbiq etilsa tadbirkorlar uchun haqiqiy yordam vositasiga aylanadi. Birinchi navbatda, qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi pasaytirilishi va yuridik shaxslarning deyarli barchasi shu soliq to‘loviga o‘tishi juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, qo‘shimcha qiymat solig‘i juda foydali soliq. Bu qiymat tug‘dirish zanjiri uzluksizligini ta’minlash bilan birga umumiy soliq miqdorini qisqartiradi. Masalan, hozirda viloyatimizda 19 ming 330 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Mazkur yuridik shaxslarning faqatgina356 tasi (2 foizi) umumbelgilangan tartibda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘laydigan tadbirkorlar hisoblanadi. Qolgan 18 ming 970 tasi  ya’ni 98 foiz tadbirkorlik sub’ektlari soddalashtirishgan tartibda soliq to‘laydigan tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi. Ko‘pgina yirik tadbirkorlik sub’ektlari qo‘shimcha qiymat solig‘ini to‘lashdan qochib, tashkilotini 3-4 yuridik qismga bo‘lib yuborgan holatlari ham mavjud. Kontseptsiya ana shunday holatlarga jiddiy e’tibor qaratilganligi bilan ham ahamiyatlidir, - deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Shuhrat Saidov.

Shuningdek, soliq islohotlari kontseptsiyasida jismoniy shaxslar uchun ham soliq to‘lovlarida bir qancha engilliklar berilishi nazarda tutilgan. Ya’ni jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov hamda Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini 25 foiz miqdorida bo‘lgan yagona soliqqa birlashtirish taklif etilmoqda.

Kontseptsiya loyihasida sug‘orish va er qa’ridan foydalanuvchilarni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, soliq solish bazasini birxillashtirish va ustav kapitalining amaldagi turi bo‘yicha royalti to‘loviga o‘tkazish yo‘li bilan ustama foyda solig‘ini bekor qilish, aksiz solig‘i turlarini kamaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. 

Bir so‘z bilan aytganda, bugun xalq muhokamasiga taqdim etilgan mazkur huquqiy hujjat soliq sohasini tubdan isloh qilishda, uning ochiq va oshkoraligini ta’minlashda, tadbirkorlarning umummiy soliq yukini kamaytirishda hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqishning soddalashtirilgan mexanizmini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. 


Dilrabo KURYAZOVA 

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i