Gerb Bayroq Madhiya Davlat mukofotlari Bosh sahifa Mobil versiya Sayt xaritasi Forum
Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!   Click to listen highlighted text! Хоразм вилоят хокимлиги расмий веб сайтига хуш келибсиз!
Белгиланган матнни тинглаш учун ушбу тугмани босинг Матнни тинглаш!
0(362) 223-00-06
Ish tartibi 900 - 1800
  • xorazm.uz

    Yurtboshimizning tabiri bilan aytganda, Xorazm «O‘zbek davlatchiligining ilk tamal toshi qo‘yilgan muqaddas zamin!». Insoniyat tamadduni o‘choqlaridan hisoblanmish bu ko‘hna yurtdan ne-ne buyuk allomalar, qomuschi olimlar, ahli donishlar, avliyo-anbiyolar yetishib chiqgan.

  • xorazm.uz

    Istiqlol tufayli yurtimizdagi qadim shaharlar va qal’alar, madaniyat o‘choqlarini ko‘rish, ziyorat qilish uchun yetti iqlimdan kelayotgan sayyohlarning soni yildan-yilga oshmoqda. Jahon bizning mo‘tabar yurtimizni ko‘rishga orzumand!

  • xorazm.uz

    Prezidentimizning “2013-2015 yillarda Xorazm viloyati sanoati salohiyatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi tarixiy qaroridan keyin amaliyotga allaqachon tatbiq qilinayotgan ulkan qurilishu ta‘mirlash, eng zamonaviy asbob-uskunalar keltirish, kerakli mutaxassislarni o‘qitish, o‘rgatish jarayoni jadal yo‘lga qo‘yildi.

  • xorazm.uz

    Xalqimiz dasturxonining fayziyobligi, bozorlarimizning to‘kinligiyu oziq-ovqat mahsulotlarining serobligi, arzonligi, bir so‘z bilan aytganda yurtimiz farovonligi bobodehqonlarimizning mehnati mahsulidir. Xorazm voxasi qishloq xo‘jaligi soxasida xam yetakchilardan hisoblanadi.

Fotoalbom

» Barcha fotoalbomlar

Videoteka

» Barcha video fayllar

Tarix

Xorazm: Kecha va bugun
Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi. Batafsil...


Xorazm haqida bitiklardagi ilk yozuvlar. DORO I ning Behsutun bitigi
(eramizdan avvalgi 521-486 yillar)

Ushbu bitik Karmanshoh yaqinidagi dengiz sathidan 152 metr yuqoriroqda bo‘lgan Behsutun qoyasiga o‘yib yozilgan. Bitikning yuqorisida ulkan barelef mavjud. Unda to‘qqiz nafar shoh va urug‘larning boshliqlari qo‘llari bog‘langan va bo‘yinlariga sirtmoq solingan holda Doroning oldida turgani tasvirlangan. Ularning o‘ninchisining ustiga shoh oyog‘ini qo‘yib turibdi. Bitik besh ustun va 414 satrdan iborat. U uch tilda bitilgan (elam, bobil va eski fors tillarida). Batafsil...



SOLIQ IMTIYOZLARI TADBIRKORLIK RIVOJIGA XIZMAT QILMOQDA
15.11.2017

 

SOLIQ IMTIYOZLARI TADBIRKORLIK RIVOJIGA XIZMAT QILMOQDA

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016-yil 21-dekabrdagi "2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori hududlarda to‘qimachilik va sanoat sohasining rivojlanishiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirishga, korxonalarning xorijiy hamkorlar topishiga ko‘maklashish hamda eksport faoliyatini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilmoqda.

Ayni kunda viloyatda oziq-ovqat, engil sanoat va boshqa yo‘nalishlarda 19 ta yirik sanoat korxonasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu korxonalar tomonidan o‘tgan yili 1 trillion 416,2 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu yirik korxonalarda 11 mingdan ortiq aholi mehnat qilmoqda.

Bog‘ot tumani Beshariq qishlog‘idagi ip-kalava ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Xorazm tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib, jahon bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘layotgan ilg‘or ishlab chiqarish sub’ektlaridan biri sanaladi. 2014-yilda 100 nafar xodim bilan ish boshlagan ushbu korxonada hozirgi kunga kelib, 200 nafar kishi mehnat qilmoqda.

- Korxonamizda ish faoliyatimizning ikkinchi bosqichi, ya’ni kalava ip ishlab chiqarish jarayoni qizqin davom etmoqda, - deydi, "Xorazm tex” mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Qurbonboy Sodiqov. Oxirgi ikki yil ichida korxonamizda zamonaviy texnik uskunalarni ishga tushirdik. Ya’ni Shvetsariyaning "Rieter Macine Works LTD”, Turkiyaning "Tufekci makina SAN. ve TIC. LTD. STI”, Italiyaning "Marzoli” nomli zamonaviy to‘qimachilik jihozlari ishchi-xodimlarimiz ihtiyorida. Endigi galda uchinchi bosqich rejamizni amalga oshirish maqsadida, ya’ni xom surp-gazlama ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, 12,5 million AQSh dollari qiymatiga ega bo‘lgan xorij dastgohlarini olib kelishni rejalashtirganmiz. Ish faoliyatimizni kengaytirish yo‘lida davlatmiz tomonidan biz tadbirkorlar uchun bojxona hamda soliq to‘lovlarida imtiyoz va preferentsiyalar berilayotgani ishimizni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan "Xorazm tex” korxonasida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 11 mlrd. so‘m qiymatga ega bo‘lgan 1 yarim ming tonna kalava ip mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Yiliga 2 ming tonnadan ortiq sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mazkur korxona milliy mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Polsha, Turkiya davlatlariga eksport qilmoqda. Xususan, joriy yilda 2,5 mln. AQSh dollari qiymatiga ega bo‘lgan 1 ming 50 tonna kalava ip mahsulotlari jahon bozoriga eksport qilindi. Natijada, korxona 700 mln. so‘mga yaqin soliq imtiyozlariga ega bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish samaradorligi yanada oshirishga, korxona tsexlari faoliyatini kengaytirishga hamda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Bugun korxonada ish reja asosida 4 smenalik ish etilgan bo‘lgan, ishchi-xodimlar asosan kollej bitiruvchilari va yosh mutaxassislardan iborat. D.Rajabova, M.Sa’dullaeva, O‘.Jumaboeva, S.Xudoynazarovalar korxonaning eng faol yosh mutaxassislaridan sanaladi.

Kollejni tugatib mazkur korxonada operator bo‘lib ish faoliyatimni boshladim, - deydi, smena raxbari Zoxid Sapayev. Asta-sekin ishlab chiqarishni hamma sirlarini o‘rganyapman, endilikda yangi ishga kelgan xodimlarga texnika bilan ishlash tartibini o‘rgatyapman. Bu erda bizlar uchun hamma sharoit yaratilgan. Oshxona, dam olish xonasi, issiq ovqat, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanganmiz. Oylik maoshimizni o‘z vaqtida olamiz. Jamoamiz yoshlardan iborat. Ishim o‘zimga juda yoqadi. Eng zamonaviy texnik uskunalar bilan ishlashning o‘zgacha zavqi bor. Kelajakda mazkur korxonada amaliy tajribamni yanada mustahkamlab, eng tajribali mutaxassis bo‘lishni maqsad qilganman.

Bugun "Xorazm tex” singari ishlab-chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun yaratilayotgan imtiyoz va prefentsiyalar yoshlarni bandligini ta’minlashda, milliy bozorlarimizni boyitishda hamda mamlakatimiz eksport salohiyatini yanada rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur korxona mutasaddilari kelgusida yangi binoda ish hajmini kengaytirishni hamda kamida 200 ta ishchi o‘rin yaratishni rejalashtirganlar. Bu esa o‘z navbatida viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining rivojlanishida, aholi bandligini ta’minlashda hamda xalqimiz farovonligini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Dilrabo KURYAZOVA

Xorazm viloyat davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i